• 3.2-rasm. Grozniy neft institutining yig‘ish tizimi.
  • Grozniy neft institutining yig‘ish tizimi




    Download 0.64 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/5
    Sana29.11.2022
    Hajmi0.64 Mb.
    #32272
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    КНГСЙТТ маруза-3 (1)
    Diyorbek ingiliz tili
    Grozniy neft institutining yig‘ish tizimi. Bu tizim o‘z ichiga jamlangan 
    to‘rtta yirik tizimlarni biriktirgan bo‘lib, Baronyan-Vezirov yig‘ish tizimidan 
    zamonaviyligi, 
    qulayligi 
    va 
    mahsulot 
    yo‘qotilishini 
    minimumgacha 
    kamaytirilganligi bilan farq qiladi (3.2-rasm). 
    Jamlangan to‘rtta yirik tizimga guruhiy o‘lchov qurilmasi, birinchi bosqich 
    gazsizlantirish qurilmasi (kerak bo‘lgan hollarda), markaziy gazsizlantirish 
    qurilmalari va neftni mukammal tayyorlash qurilmalari kiradi. 
    Bu yig‘ish tizimida yuqori bosimda favvora usuli bilan ishlayotgan quduqlar 
    (1) boshida 6-7 MPa bosim saqlanib turiladi, buning natijasida neft guruhiy o‘lchov 
    qurilmasi(2)gacha va undan keyin birinchi bosqich gazsizlantirish qurilmasi(3)ga, 
    hamda neftni tayyorlash tizimlarigacha o‘z bosimi bilan yetib borishi ta’minlanadi. 
    Quduqlar boshida 6-7 MPa bosimning saqlanib turilishi neftni tayyorlash tizimini 
    100 km masofagacha uzoqlikda o‘rnatish imkoniyatini beradi. 



    3.2-rasm. Grozniy neft institutining yig‘ish tizimi. 
    Guruhiy o‘lchov qurilmasida 14 tagacha quduqning mahsulot miqdori 
    o‘lchanishi mumkin. Agar erigan gaz miqdori juda katta bo‘lsa, guruhiy o‘lchov 
    qurilmasidan neft birinchi bosqich gazsizlantirish qurilmasiga yo‘naltiriladi. Bu 
    yerda dastlabki ajratib olingan gaz to‘g‘ri GQIZ (4)ga yoki boshqa bir iste’molchiga 
    yuboriladi. Neft birinchi bosqich gazsizlantirish qurilmasidan o‘tgandan so‘ng 
    markaziy gazsizlantirish qurilmalari(5)ga yo‘naltiriladi. Bu yerda neft uch bosqichli 
    gazsizlantirish jarayonidan o‘tadi. Ajratib olingan gazning o‘zi ham kondensat va 
    neft tomchilaridan tozalanadi, quritiladi va gazni qayta ishlash zavodiga yoki 
    iste’molchiga yuboriladi. Gazsizlantirilgan neft esa neftni tayyorlash qurilmalari (6) 
    ga yetib keladi. Bu yerda neft suv va qum zarrachalaridan tozalanib tayyor mahsulot 
    holiga keltiriladi va neftni qayta ishlash zavodlariga yoki temir yo‘l va neft quyish 
    estakadalariga quvur orqali jo‘natiladi. 
    Grozniy neft institutining yig‘ish tizimida quduqdan chiqayotgan neft, gaz va 
    suvli suyuqlik bitta katta quvur orqali uzoq masofaga (100km gacha) uzatilib, unda 
    quvurdagi oqimning uzluksizligiga, oqimni haydash tarziga katta ahamiyat beriladi. 
    Grozniy neft institutining yig‘ish tizimidagi neft yig‘ish, uzatish va 
    tayyorlash SHimoliy Kavkaz va Ukraina konlarida ko‘proq qo‘llaniladi. 
    Bu tizimning yana bir afzalligi 100km radiusda joylashgan bir necha konlar 
    uchun tayyorlash tizimlarini bir joyda jamlangan holda qurishning mumkinligidir. 

    Download 0.64 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0.64 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Grozniy neft institutining yig‘ish tizimi

    Download 0.64 Mb.
    Pdf ko'rish