• Doimiy xotira
  • Kompyuter xotirasi va uning turlari




    Download 447.6 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet7/9
    Sana07.09.2022
    Hajmi447.6 Kb.
    #25667
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    ma`ruza-3
    Turar joy va jamoat binolarini loyihalashning tipologik asoslari, ЛИРА версия 9, qurilish mexanikasi
    Kompyuter xotirasi va uning turlariXotira kompyuterda dasturlar va berilganlarni, amal 
    natijalarini saqlaydigan qurilmadir. Xotiraning turlari ko`p: tezkor, doimiy, tashqi, kesh, video va 
    boshqalar. 
    Tezkor xotira (RAM – Random Access Memory – ixtiyoriy kirish mumkin bo`lgan) 
    kompyuterning muhim qismi bo`lib, protsessor undan amallarni bajarish uchun dastur
    berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani yana saqlaydi. Shuni alohida takidlash lozimki, 
    kompyuter o`chirilsa, tezkor xotirada saqlanayotgan dasturlar va berilganlar yo`q bo`lib ketadi. 
    Tezkor xotira juda tez yozishi va o`qishi bilan farq qiladi. Uning «tezkor» nomini olishining 
    sababi, u juda tez ishlaydi va protsessor berilganlarni xotiradan o`qishida yoki yozishida 
    kutishiga hojat yo`q. 
    Kompyuterda tezkor xotira standart panellarda joylashgan, ular modullar deb ataladi. 
    Tezkor xotira modullari sistema platasida mos hajimlarda qo`yiladi. Xotira modullari ikki xil 
    bo`ladi: bir qatorli (SIMM modullar) va ikki qatorli (DIMM modullar). Pentium protsessorli 
    kompyuterlarda bir qatorli modullarni juft ishlatish kerak (sistema platasiga o`rnatishda hamma 
    vaqt juft sonda bo`ladi). DIMM modullarni bittadan o`rnatish mumkin. Bitta platada har xil 
    modullarni o`rnatish mumkin emas. 
    Tezkor xotira modullarining asosiy xarakteristikasi quyidagicha: 
     
    xotira hajmi; 
     
    murojaat vaqti. 
    SIMM modullari 4, 8, 16, 32, 64 Mbayt hajimga ega; DIMM modullariniki esa 16, 32, 64, 
    128, 256, 512 Mbayt. Murojaat vaqti xotira yacheykalariga murojjat qilishda qancha kerak 
    bo`ladigan vaqtni ko`rsatib, vaqt qancha kam bo`lsa shuncha yaxshidir. Bunda vaqt nanosekunda 
    o`lchanadi. SIMM modullarida – 50 – 70 ns, DIMM modullarida esa – 7 – 10 ns. 
    Doimiy xotira (Read Only Memory – ROM – faqat o`qish uchun). Bunda, berilganlar 
    (standart dasturlar) unga avvaldan xotira mikrosxemasiga ishlab chiqarilgan zavodida 
    joylashtirilgan bo`ladi va berilganlarni o`zgartirish talab qilinmaydi. Bunday xotiradan faqat 
    unda saqlanayotgan ma’lumotlarni o`qish mumkin. Shuning uchun ham u ROM deb ataladi. 
    ROM da kompyuter o`chirilganda ham ma’lumotlar saqlanadi. IBM PC kompyuterlarida bu 
    xotira kompyuter jihozlarining ishlashini tekshirish, operatsion tizimning boshlang`ich 
    yuklanishini ta’minlash, qurilmalarga xizmat ko`rsatishning asosiy funksiyalarini bajarish uchun 
    ishlatiladi. 
    Kompyuter ishga tushganda uning tezkor xotirasida hech qanday ma’lumot bo`lmaydi, 
    chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek tezkor xotirada kompyuter o`chirilganidan so`ng hech 
    qanday ma’lumot saqlanmaydi. Lekin, kompyuter ishga tushganidan protsessorga buyruq kerak. 
    Shuning uchun protsessor unga ma’lum bo`lgan maxsus boshlang`ich manziliga murojaat qiladi, 
    ya’ni birinchi buyrug`iga. Bu manzil ROM yoki doimiy xotiradir. Doimiy xotiradagi dasturlar 
    majmuyi BIOS (Basic Input Output) kiritish/chiqarish tizimning bazasini tashkil qiladi. 
    Bu dasturlarning asosiy vazifasi shundan iboratki, ular tizimning tarkibi va ishga 
    yaroqliligini tekshiradi hamda klaviatura, monitor, yumshoq va qattiq disklar orasidagi 
    bog`lanishni ta’minlaydi. 
    4
    Discovering Computers 2016. Tools, Apps, Devices,and the Impact of Texnology. 56 page.



    Download 447.6 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 447.6 Kb.
    Pdf ko'rish