Shunday qilib, ushbu muammolarni bartaraf etish uchun ikkita asosiy vazifa




Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana05.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#69845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-1 модул-Маъруза 2023 (1)
Asliddin yer kadastir, 0UilY0tHXZxTCUAihKVhizJC2cCIiVp, 1-seminar ink (1)
Shunday qilib, ushbu muammolarni bartaraf etish uchun ikkita asosiy vazifa 
ilgari suriladi.
Bir tomondan, aholi punktlaridagi aholi sog‟lig‟ini muhofaza qilish maqsadida 
atmosferani tekshirish, shuningdek, ifloslangan havoning o‟simlik va hayvonlarga 
ta‟sirini aniqlash uchun qishloq xo‟jaligi hududlarida havo tarkibini tadqiq etish. 
Ikkinchi tomondan, xodimlar salomatligini saqlash uchun ishlab chiqarish binolarida 
ishchi zonalar havosining tozaligini nazorat qilish. 
Biz nafas olayotgan havo, atmosferani tashkil qiladigan gazlarning fizik 
aralashmasidan iborat. Havo tarkibida tabiiy va antropogen kelib chiqqan turli 
aralashmalar ham mavjud. 
Tabiiy sharoitda havoda doim suv bug‟i mavjud bo‟lib, uning miqdori doimo keskin 
o‟zgarib turadi. Havoning doimiy tarkibiy qismlaridan kislorod alohida ahamiyatga ega, 
u barcha tirik mavjudotlarning nafas olishi uchun zarur (anaerob mikroorganizmlaming 
ayrim turlari bundan mustasno). Havoning katta qismini azot tashkil qiladi. Ushbu 
element yerda hayotning pavdo bo‟lishi bilan bog‟liq, chunki u oqsillar hamda boshqa 
organik birikmalar tarkibiga, shuningdek, inert gazlar qatoriga kiradi va kislorod 
kontsentratsiyasini kamaytirishda muhim rol o‟ynaydi. CHunki sof kislorod hayotni 
ta‟minlay olmaydi. Boshqa inert gazlar (argon, neon, geliy, kripton, ksenon)ning insonga 
ta‟siri azotnikiga o‟xshashdir. 
Organik moddalardagi uglerod manbayi CO
2
dir. U nafas olish, bijg‟ish, achish va 
organik moddalarning oksidlanishi va parchalanishi jarayonlarida, shuningdek, 
yonuvchan qazilmalaming yonishidan atmosferaga ajraladi. 
Boshqa doimiy gazlarning ahamiyatlisi–Ozon. U fotokimyoviy reaktsiyalarning 
oraliq mahsuloti hisoblanadi. SHu bois uning zamonaviy shaharlar atmosferasida 
aniqlanishi, havoning ifloslanganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga Ozon 
atmosferaning yuqori qatlamlarida ekran hosil qiladi va bu ekran Yerni halokatli 
ultrabinafsha nurlardan himoya qiladi. 

Download 0.73 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shunday qilib, ushbu muammolarni bartaraf etish uchun ikkita asosiy vazifa

Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish