Atmosferada ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishi




Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana05.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#69845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-1 модул-Маъруза 2023 (1)
Asliddin yer kadastir, 0UilY0tHXZxTCUAihKVhizJC2cCIiVp, 1-seminar ink (1)
3.1.2. Atmosferada ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishi. Atmosferada
ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishiga meteorologik omillarnmg taʹsiri: Tutun 
quvurlari, oʹchoq yoki avtomobillarning chiqaruv quvurlaridan ajralayotgan gazlar 
atmosfera havosiga aralashib ketadi. Uning darajasi faqatgina masofaga emas, balki 
shamol va ob-havo sharoitlariga ham bogʹliqdir.
Sanoat korxonasini joylashtirish uchun hudud tanlashda chiqindi manbayi bilan 
aholi punkti orasidagi masofani yoʹqolib ketishi yoki kamayishi xavfini hisobga olish 
kerak.
Aholi zich joylashgan mavze yaqinida, ishlab chiqarish jarayoni muqarrar ravishda 
Atmosfera havosini nihoyatda qoʹlansa hidli moddalar bilan ifloslantirishi bilan bogʹliq 
boʹlgan sanoat korxonasi joylashtirilsa, texnikaning ilgʹor, zamonaviy rivojlanish 
darajasini hisobga olinganda ham, insonlar uchun albaita turli noqulayliklarni tugʹdirishi 
miqarrardir. 
Koʹpincha chiqindi gazlar manbayigacha boʹlgan masofani uzoqlashtirish uchun 
maʹlum yuqorilikdagi tutun quvurlari oʹrnatiladi, ular chiqindi gazlarning qoʹshimcha 
shimilishini va ularni quvur orqali atmosfera havosi bilan aralashib ketishini taʹminlaydi. 


Alohida qiyinchiliklarni inver siyalar tugʹdiradi. Odatda havo harorati yuqoriga 
koʹtarilgan sari pasayadi, buning natijasida yer yuzasi qavatidagi havo bilan uning ustida 
joylashgan sovuqroq va ogʹirroq havo oʹrtasida vertikal havo almashinishi yuz beradi. 
Bunga teskari vaziyat, yer yuzasidagi sovuq havo qatlami ustida issiqroq havo joylashib, 
sovuq havoning koʹtarilishiga toʹsqinlik qilsa, bu jarayon - inversiya deb ataladi. 
Koʹpchilik hollarda inversiya yilning sovuq mavsumida va barqaror yuqori atmosfera 
bosimda kotlovanlarda va daryo oldi pastliklarida kuzatiladi va u zich, hamda, barqaror 
tuman hosil boʹlishi bilan kechadi.Bunday hollarda yer yaizasi qatlamida toʹplanayotgan 
chiqindilar yetarlicha siyraklashmaydilar ayniqsa, tutun gazlaridagi oltingugurt gazi va 
kuyindilarning kumulativ taʹsiri oqibatida, sogʹliq uchun jiddiy xavf tugʹdirishi mumkin. 
Har doim ham tutun, quvurlarining balandligi, chiqindi gazlarning inversion qavatidan 
chiqish jarayonida zararlilik darajasini pasayishini va shu tariqa xatarli zonadan chiqib 
kctishini taʹminlamaydi. 
Yomgʹir va qor havoni tozalashga anchagina samarali taʹsir koʹrsatadi. Shuning 
uchun yogʹingarchilik pavtida yoki, yomgʹirlar mavsumida, havo tarkibini tekshirish 
toʹgʹri natijalar bermaydi. 
Meteosharoitlarga (havo namligi, quyosh radiatsiyasi) bogʹliq ravishda 
atmosferada havoni ifloslantiruvchi moddalar oʹrtasida turlicha reaksiyalar sodir boʹlib 
turadi. Shu tariqa koʹpgina zaharli moddalar atmosfera havosidan qisman ajralib chiqadi 
(masalan chang, SOi? NO., HP) ammo bunda zaharli mahsulotlar ham hosil boʹlishi 
mumkin. 

Download 0.73 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Atmosferada ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishi

Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish