• 7.1.2-rasm. Elektromobil “TESLA”.
  • Atmosfera havosining sanoat ishlab chiqarish hisobiga ifloslanishi




    Download 0.73 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/11
    Sana05.06.2023
    Hajmi0.73 Mb.
    #69845
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    3-1 модул-Маъруза 2023 (1)
    Asliddin yer kadastir, 0UilY0tHXZxTCUAihKVhizJC2cCIiVp, 1-seminar ink (1)
    Atmosfera havosining sanoat ishlab chiqarish hisobiga ifloslanishi. 
    Atmosferani ifloslantiruvchi (Statsionar) manbalar


    - toshkoʹmir yoqish hisobiga, atmosferaga qurum, kul. SO2 cniqaradigan issiqlik elektr 
    stansiyalari (IES); 
    - atmosferaga ajratayotgan gazlar bilan birga qurum, chand, temir oksidi va SO2, ayrim 
    hollarda ftoridlar chiqaradigan metallurgiya zavodlari; 
    - koʹp miqdorda chang chiqaruvchi manba hisoblanadigan sement zavodlari hisoblanadi.
    Anorganik moddalar ishlab chiqaradigan korxonalar atmosferani SO2, SiF4, HF, NO, 
    N02 kabi gazlar bilan ifloslaydi. Selyuloza ishlab chiqarish, neftni qayta ishlash 
    korxonalari atmosferaga yomon hidli gaz holatdagi chiqindilarni tashlaydi.
    Quyida sanoat soxalarining, atmosfera havosini ifloslantirish ulushi (%) berilgan: 
    Transport 
    40 
    Elektroenergetika 
    28,5 
    Rangli metallurgiya 
    21,6 
    Qora metallurgiya 
    15,2 
    Neft qazib chiqarish 
    7,9 
    Neftni qayta ishlash 
    5,1 
    Mashinasozlik 
    3,6 
    Ko`mir sanoati 
    3,6 
    Gaz sanoati 
    3,3 
    Qurilish materiallarini ishlab chiqarish 
    3,2 
    Kimyo sanoati 
    2,7 
    Yog`ochni qayta ishlash 
    2,6 
    Oziq – ovqat sanoati 
    1,5 
    Mudofaa sanoati 
    0,6 
    Yengil sanoat 
    0,4 
    Bundan tashqari, barcha sanoat korxonalari oʹz energiya tizimlariga ega boʹlib, 
    uiardan ajralayotgan gazlar ham havoni ifloslaydi. 
    7.1.2-rasm. Elektromobil “TESLA”. 
    Abtomobilimni “tokka ulab”, batareyasini toʹliq quvvat olishini kutsam, eh-he, 
    bunga qancha vaqt ketadi?
    TESLA bosh direktori Ilon Maskning aytishicha, “tez 
    orada TESLA avtomobil batareyalarini sanoqli soniyalarda toʹliq quvvatlantirishga qodir 
    “SUPERCHAGER V3” nomli yangi avlod quvvatlantirgichlari ommaviy ishlab 
    chiqariladi”1.

    Texnika mojizalari: Bunaqasini hech kim koʹrmagan! Ekologiya xabarnomasi. № 1/2017 Yanvar. 


    Kimyo sanoati korxonalarining atmosferani ifloslashini bir necha guruhlarga 
    boʹlish mumkin: 
    1. Mahsulotni toʹliqsiz chiqishi voki xomashyoning 100% ini ishlatishga imkon 
    bermaydigan reaksiyaning oʹziga xos xususiyatlari, (masalan, kontakt usulida H2S04 
    ishlab chiqarish) yoki soʹnggi mahsulotni yoʹqotish (sement yoki koʹmir sanoatidagi 
    chang. NH3 ni oksidlash yoʹli bilan HNO3 ishlab chiqarishda N0x ning toliqsiz yuvib 
    chiqarilishi); 
    2. Xomashyoda mavjud boʹlgan chiqindi va boshqa zararli moddalarning atmosferaga 
    tashlash. Masalan, ftorni tabiiy fosfatdan, ruda va keramik xom ashyodan NF va SiF4 
    koʹrinishida, oltingugurtni tabiiy gaz, xom neft va toshkoʹmirdan va yana SO2 va H2 S 
    koʹrinishida sulfid saqlovclii rudadan, kaliy birikmalarini tsement, margimush, selen 
    ishlab chiqarishda va H 2S04 ishlab chiqarishda oltingugurt kolchedonini atmosferaga 
    tashlash; 
    3. Ishlab chiqarish jarayonlarida ishlatiladigan qator moddalarni, masalan sunʹiy shoyi 
    va viskoza tayyorlashda uchuvchan organik erituvchilar, CS2 va H2S larni, kamerali va 
    minorali usullarda H2S04 ishlab chiqarishda NOx larni, AL ishlab chiqarishda Fe 
    birikmalarini yoʹqotish. 
    4. Oksidlanish jarayonlari, qizdirish yoki quritish natijasida atrof-muhitga hidli yoki 
    oksidlanish mahsulotlarining tushishi, natronniy selluloza tayyorlashda qaynatish 
    jarayonida merkaptan va H2S ajralishi, nordon azot tuzlaridan olinadigan katalizatorlarni 
    kuydirishda NO2 larning, karbonatlardan CO, CO2 larning tushishi. 
    Atmosferani ifloslanishi oqibatlari. Ular quyidagilardan iborat: 
    1. Tirik organizmlar uchun zarur boʹlgan havoning sifati buziladi
    2. Insondar salomatligining yomonlashishi va kasalliklar turlarini ortib boradi; 
    3. Kislotali yomgʹirlarni yogʹishi natijasida oxakli, marmar, metall qoplamali qurilish 
    inshoatlarining yemiradi; 
    4. Karbonat angidridning (CO2) koʹpayib borishi natijasida iqlimni isishi (parnik effekti) 
    sodir boʹladi; 
    5. Oltingugurt (IV) oksidini (SO2) ortib borishi xisobiga iqlimni sovib ketishi sodir 
    boʹladi; 
    6. Freon gazini havoga tushishi natijasida ozon qatlamining yemirilishi kuzatiladi. 

    Download 0.73 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0.73 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Atmosfera havosining sanoat ishlab chiqarish hisobiga ifloslanishi

    Download 0.73 Mb.
    Pdf ko'rish