• Korxonalarni RETMini hisoblash.
  • Baliq xojʹaliklari hafzalari uchun REK va TTRDning oʹz normativlari mavjud




    Download 0.73 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/11
    Sana05.06.2023
    Hajmi0.73 Mb.
    #69845
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    3-1 модул-Маъруза 2023 (1)
    Asliddin yer kadastir, 0UilY0tHXZxTCUAihKVhizJC2cCIiVp, 1-seminar ink (1)
    Baliq xojʹaliklari hafzalari uchun REK va TTRDning oʹz normativlari mavjud. 
    -Tuproqda ifloslovchi moddaning Ruxsat etilgan kontsentratsiyasi (REK). 
    -Ruxsat etilgan kontsentratsiya (REK) – tuproqni ifloslovchi moddaning tabiiy muhitga 
    va inson sogʹligiga bevosita va bilvosita salbiy taʹsir koʹrsatmaydigan eng yuqori 
    kontsentratsiyasidir. 
    -Kimyoviy birikmaning tuproqdagi taxminiy ruxsat etilgan kontsentratsiyasi –TRK 
    hisoblash yoʹli bilan belgilanadigan vaqtinchalik normativ boʹlib, amal qilish muddati 3 
    yilga teng. 
    -REK va TRK tuproqning haydaladigan qatlamlari uchun belgilanadi va I kg tuproqqa 
    nisbatan mg larda ifodalanadi (mg/kg). 
     
    Gigiyenik (tibbiy) normativlardan tashqari 3 ta ekologik normativlar ham mavjud: 
    - Atmosfera havosi uchun –RET (ruxsat etilgan tashlama, t/yil); 
    - suvlar uchun –REOM (ruxsat etilgan oqava meʹyori, t/yil); 
    -tuproq uchun – ChJL (chiqindilarning joylashtirish limitlari). Ular tabiatdan 
    foydalanuvchilar hamda tegishli ixtisosdagi ilmiy muassasalar tomonidan ishlab chiqiladi 
    va tabiatni muhofaza qilish boʹyicha davlat idoralari tomonidan tasdiqlanadi. 
    Korxonalarni RETMini hisoblash. Ekologik tahlillar, odatda, zamonaviy 
    analitik asboblar bilan jihozlangan va malakali xodimlar ishlaydigan kimyoviy 
    laboratoriyalarda bajariladi (havo namunalari oʹsha yerga yetkaziladi). Bu hoi oʹzini 
    oqlaydi, chunki ekoanalitika murakkab tarkibli namunalarni tekshiradi, ularda turli 
    tabiatga ega oʹnlab va yuzlab ifloslantiruvchi moddalar mavjud boʹladi. Ularni 
    namunalarda identifikatsiya- lashtirish va miqdoriy aniqlash - murakkab va katta mehnat 
    talab qiladigan jarayondir. 
    Ammo soʹnggi paytlarda ahvol birmuncha oʹzgarmoqda - kimyoviy tahlil asta-sekin 
    laboratoriyalardan tekshiriladigan obyekt joylashgan yerga koʹchib oʹtmoqda. Bu, 
    masalan, texnologik jaravonlarni ekspress nazorat qilish, koʹmir konlari havosida metan 


    miqdorini nazorat qilish, avtomobildan chiqadigan gazlarda CO ni aniqlash, stratosferada 
    ozon miqdorini aniqlash, kosmik tadqiqotlar, zaharlovchi moddalarni aniqlash, suvni 
    (jumladan ichimlik suvini) tezkor tahlil qilish, shuningdek, sanoat korxonalarining ishchi 
    zonalarida zaharli va portlovchi moddalarni aniqlashdir. 
    Dala tekshiruvlari koʹchma laboratoriyalarda-avtomobillarda, qayiqlarda, samol- 
    yotlarda va hokazolarda amalga oshirilishi mumkin. Bunday hollarda oddiy laboratoriya 
    asboblaridan foydalaniladi. Aksariyat hollarda ular tebranishlarga va changga nisbatan 
    barqaror ishlanadi, elektr taʹminoti tarmoqdan emas, akkumulator yoki batareyalardan 
    olinadi, lekin umuman olganda–bular odatdagi laboratoriya uskunalarining oʹzginasi 
    boʹladi. 
    Avtomobillarga oʹrnatilgan bunday laboratoriyalarni hozirgi kunda faqat xorijiy 
    firmalar ishlab chiqarmoqdalar, ular ichida – “Ximavtomatika” ilmiy-ishlab chiqarish 
    birlashmasi (Moskva), dengiz suvida neft mahsulotlarini aniqlash uchun qayiq namunasi 
    (Sank-Peterburgda) yaratildi. Samolyotdagi laboratoriyada asosan aerozollar tekshiriladi, 
    bu Moskvadagi konversion firmalarning birida tashkil etilgan. 
    “Ekomobil” laboratoriyasi (Moskva) yuk avtomobilining shassisiga montaj qilingan 
    boʹlib, u yerda bir nechta analitik jamlamalar oʹrnatiladi: 
    -kompyuter–xromatografik tizim “ILAN-KX” - havoda va suvda organik birikmalarni 
    aniqlash uchun; 
    -ionli–xromatografik kompleks “ILAN-IX” - ishchi zonadagi suvda va havoda, 
    atmosferada va sanoat chiqindilarida anorganik ionlar miqdorini aniqlash uchun; 
    -rentgen–flyuoressentr kompleks “ILAN-RF” – suvda ogʹir metallar miqdorini aniqlash 
    uchun; 
    -“EKO” asbobi negizida spektrofotometrik va spektro-lyuminessent kompleks “ILAN-
    SL” –ichimlik, oqava va tabiiy suvlarda ogʹir metallarni. shuningdek, ishchi zona 
    havosida anorganik gazlar va formaldegidni aniqlash uchun, xizmat qiladi. 
    Laboratoriyalardan tashqaridagi tahlillar portativ analitik asboblarda (batareya- 
    lardan quvvat olib) bajarilishi mumkin.
    Soʹnggi paytlarda koʹchiriladigan koʹp funksional uskunalar (masalan, 
    xromatograflar) ishlab chiqarila boshlandi. Yaqinda mutlaqo istiqbolli yoʹnalish paydo 
    boʹldi–mikroelektron tipdagi koʹp funksional asboblar (mikroasboblar) yaratildi. Bunday 
    asboblarga gazli xromatografiya, capilyar elektroforez, oqava-infeksion tahlil uchun taʹrif 
    berilgan dala tahlillari uchun kimyoviy sensorlar tizimidan ham foydalaniladi. Bular 
    kichik oʹlchamli datchiklar boʹlib, tekshirilayotgan suvga joylashtiriladi. 
    Datchik muntazam va tiklab boʹlmaydigan tarzda muhitning qaysidir komponenti 
    miqdorini qayd qiladi – xuddi gigrometr uzluksiz namlikni, termometr esa haroratni qayd 
    qilganidek. Kimyoviy sensorlar laboratoriyadan tashqari diagnostika, nazorat va 
    boshqarish tizimlari, masalan, kimyoviy reaktorlaming taʹsirchan qismlari sifatida 
    istiqbolga egadir. Hozirgi kunda, shunga oʹxshash tizimlar kosmik kemalarda ham bor. 
    Laboratoriyadan tashqari keng koʹlamli nazorat masalasini oddiy ijrochi darajasida 
    hal qiluvchi yana bir guruh vositalar ham bor. Gap bu yerda tahlilning test usuli haqida 
    bormoqda.
    Tahlilning test usuli–bu moddalarni aniqlashning ekspress, oddiy va arzon yoʹllari 
    boʹlib, odatda namuna tayyoriash, murakkab asboblardan foydalanish, asosiysi – 
    xodimlarni oʹqitishni talab qilmaydi. 
    Shunday sohalar ham borki, unda test-usullar anchadan beri qoʹllaniladi, bular, 
    masalan, klinik tahlil, jangovar zaharlovchi moddalarni va narkotiklarni aniqlash, ishchi 
    zona havosida va sanoat chiqindilarida zararli moddalarni aniqlashdir. Ayni paytda bu 


    usullar ekologik tahlillarda borgan sari katta ahamiyat kasb etmoqda. Kimyoviy test-
    usullar bilan bir qatorda, (bularga ferment usullar ham kiradi), immunotestlar, 
    shuningdek, biotestlar guruhi ham mavjud boʹlib, ular tirik organizmlar, ayniqsa 
    mikroorganizmlar, alohida aʹzolar yoki toʹqimalardan foydalanishga asoslangan. 
    Aksariyat kimyoviy test-usullarning umumiy ishlash prinsipi–vizual va oson 
    oʹlchanadigan sharoitda va shaklda maʹlum boʹlgan analitik reaksiyalar va reagentlardan 
    foydalanishdir. Koʹpincha bu–qogʹozni rangga kirishining jadalligi va rangi yoki 
    indikator trubkaning rangga kirgan qismi uzunligi bilan aniqlanadi. Hammaga maʹlum ph 
    miqdorini oʹichashda ishlatiladigan lakmus qogʹoz yoki havoda alkogol bugʹlarini 
    aniqlaydigan naychalarni misol qilish mumkin. Ayni paytda test usullar atrof-muhit 
    obyektlarida ifloslantiruvchi moddalar miqdorini sanitar-kimyoviy (ekologik) nazorat 
    qilishning anʹnaviy usullarining oʹrnini bosa olmaydi. 

    Download 0.73 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0.73 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Baliq xojʹaliklari hafzalari uchun REK va TTRDning oʹz normativlari mavjud

    Download 0.73 Mb.
    Pdf ko'rish