• REK (ruhsat etilgan kontsentratsiya)
  • REK ni belgilash (ishlab chiqish) jarayoni juda uzoq (taxminan 1 yil) va qimmatlidir.
  • -TRK (taxminiy ruxsat etilgan kontsentratsiya).
  • REK va ruxsat etilgan tashlamalar me‟yori – RETM tushinchalari




    Download 0.73 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/11
    Sana05.06.2023
    Hajmi0.73 Mb.
    #69845
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    3-1 модул-Маъруза 2023 (1)
    Asliddin yer kadastir, 0UilY0tHXZxTCUAihKVhizJC2cCIiVp, 1-seminar ink (1)
    REK va ruxsat etilgan tashlamalar me‟yori – RETM tushinchalari. 
    Korxonalarni RETMini hisoblash. Havo, suv va tuproqning zararli kimyoviy moddalar 
    bilan ifloslanishini nazorat qilish ularning atrof-muhit obyektlaridagi miqdorini oʹlchash 
    natijalarini ushbu moddalarning ruxsat etilgan konsentratsiyalari (REK) bilan 
    taqqoslashga asoslangan. 
    REK (ruhsat etilgan kontsentratsiya) –zararli moddaning hajm (havo, suv) yoki 
    massa (tuproq) birligidagi shunday eng yuqori miqdoriki, cheklanmagan vaqt davomida 
    har kuni taʹsir qilganda organizmda hech qanday patologik oʹzgarishlar, shuningdek, 
    avlodlar uchun noxush irsiy oʹzgarishlar keltirib chiqarmashgi kerak.
    REK ni belgilash (ishlab chiqish) jarayoni juda uzoq (taxminan 1 yil) va 
    qimmatlidir. Shuning uchun soʹnggi yillarda koʹproq quyidagi vaqtinchalik gigiyenik 
    normativlar ishlab chiqishga koʹproq eʹtibor berllmoqda:
    -TTXD (taʹsirning taxminiy xavfsizlik darajasi); 
     
    -TRD (taxminiy ruxsat etilgan taʹsir darajasi); 
     
    -TRK (taxminiy ruxsat etilgan kontsentratsiya). Bu meʹyorlar toksikologik 
    bashoratining hisob-kitob va ekspress eksperimental usullari asosida ishlab chiqilmoqda. 
    Ular 3 yillik muddatga belgilanadi, bu muddat tugaganidan keyin ular qayta koʹrib 
    chiqilishi yoki REK oʹzgartirilishi kerak. 
    Atmosfera havosida ifloslovchi moddaning ruxsat etilgan kontsentratsiyasi (REK) 
    -uning butun umri davomida hozirgi va keyingi avlodlarga toʹgʹridan-toʹgʹri yoki bilvosita 
    noxush taʹsir koʹrsatmaydigan, Insonning mehnat qobiliyatini pasaytirmaydigan, uning 
    ahvolini va turmushining sanitariya-maishiy sharoitlarini yomonlashtirmaydigan 
    kontsentratsiyasidir. REK kattaliklari atmosfera havosi uchun 1 m3 havodagi moddaning 
    mg dagi miqdori (mg/m3) bilan ifodalanadi. 
    Ifloslovchi moddaning aholi turar joylari atmosfera havosidagi TTXD (taʹsirning 
    taxminiy xavfsizlik darajasi) aholi turar joylari atmosfera havosidagi ifloslovchi 
    moddaning eng yuqori ruxsat etiladigan miqdoriy meʹyoridir. TTXD (mg/m3) uch yil 
    muddatga belgilanadi. Bu muddat tugaganidan soʹng u qayta koʹrib chiqishi yoki REK 
    oʹzgartirilishi kerak. 
    Ishchi zona havosi uchun REK – har kungi 8 soatlik ishda va haftasiga 40 soatdan 
    oshmagan ishda (dam olish kunlaridan tashqari), butun mehnat staji davomida kasalliklar 
    keltirib chiqarmaydigan va sogʹliqda oʹzgarishlarga sabab boʹlmaydigan, ishlash 
    jarayonida hozirgi va kelajak avlodlarning keyingi hayoti mobaynida zamonaviy tadqiqot 
    usullari bilan aniqlanadigan konsentratsiyadir. 
    Zaharli moddalarning REK darajasidagi taʹsiri yuqori taʹsirchan kishilarning 
    salomatligida oʹzgarish boʹlishini istisno etmaydi. Ishchi zonasi havosi uchun REK 1 m3 
    havodagi moddaning mg miqdorida (mg/m3) ifodalanadi. 


    Ifloslovchi moddaning ishchi zonasi atmosfera havosidagi TTXD (taʹsirning 
    taxminiy xavfsizlik darajasi) - 3 yil muddatga belgilanadigan vaqtinchalik gigiyenik 
    meʹyor boʹlib, ushbu muddat davomida REK qayta koʹrib chiqilishi yoki almashtirilishi 
    kerak. TTXD 1 m3 havodagi moddaning mg miqdorida (mg/m3) ifodalanadi. 
    REK ni ishlab chiqishdagi asosiy usul hayvonlar bilan toksikologik tajriba boʹlib, 
    hayvonlar maxsus boʹlmalarda oʹrganilayotgan zaharli moddalarning turli kontsen- 
    tratsiyalari bilan taʹsirlanadilar. Tajribada anʹanaviy hayvonlar – sichqonlar, kalamushlar, 
    quyonlar, dengiz choʹchqalari ishtirok etadi. Toksikologik tajriba olib borish bilan bir 
    vaqtda toksik moddaning miqdorini muntazam nazorat qilish uchun miqdoriy kimyoviv 
    tahlil usuli ishlab chiqiladi. 
    Suvda ifloslovchi moddaning ruxsat eiilgan kontsentratsiyasi. REK - moddaning 
    suvdagi shunday eng yuqori konsentrasiyasiki, u shu miqdorda organizmga tushganda 
    butun umr davomida hozirgi va keyingi avlodlarga toʹgʹridan-toʹgʹri yoki bilvosita noxush 
    taʹsir koʹrsatmaydigan, insonning mehnat qobiliyatini pasaytirmaydigan, uning ahvolini 
    va yashash turmushining sanitariya-maishiy sharoitlarini yomonlashtirmaydigan 
    konsentratsiyasidir. REK kattaliklari 1 L suvdagi mg da ifodalanadi (mg/L). 
    Kimyoviy moddaning xoʹjalik-ichimlik va madaniy-maishiy suv obyektlari suvidagi 
    ruxsat etilgan kontsentratsiyasi TTRD (taʹsirning taxminiy ruxsat etilgan darajasi) 
    vaqtinchalik gigiyenik normativdir. TRI) toksiklik bashoratining hisob-kitob va ekspress 
    eksperimental usullari asosida ishlab chiqiladi va 3 yillik muddatga belgilanadi, muddat 
    tugagandan soʹng u qayta koʹrib chiqiladi yoki REK oʹzgartiriladi. REK singari, u ham 
    mg/L da ifodalanadi. 

    Download 0.73 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0.73 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    REK va ruxsat etilgan tashlamalar me‟yori – RETM tushinchalari

    Download 0.73 Mb.
    Pdf ko'rish