• . Arifmetik masalalar yechish
  • O‘quvchilarning kreativ fikrlashga o‘rgatishda qiziqarli masalalarni yechish usullarini qo‘llash




    Download 159 Kb.
    bet3/6
    Sana20.10.2022
    Hajmi159 Kb.
    #27629
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    3-SINF O\'QUVCHILARINI TA’LIMIY KREATIV FIKRLASHGA O\'RGATISH USULLARI
    fffffffff (2), 3 dedline
    1.2. O‘quvchilarning kreativ fikrlashga o‘rgatishda qiziqarli masalalarni yechish usullarini qo‘llash
    Masalalarni tasvirlash usuli. Masaladagi berilgan sonlarning nechtaligini ta‘kidlashga va ular oʼrtasidagi munosabatlarini aniqlay bilish koʼnikmasini rivojlantirishga imkon beruvchi eng muhim matn usuli-masalani tasvirlashdir. Bolalarning narsalarning chizmada tasvirlash usullari bilan tanishishi ham foydalidir. Dastlabki 1-2 ta masalani oʼqituvchining oʼzi tasvirlab chizadi.
    Oʼqituvchi doskaning ichiga 5 ta qoʼziqorin va uning oldiga bitta qoʼziqorin solingan savatchaning rasmini chizdi. Bolalar oʼqituvchi qanday maslalni chizganini topganlaridan kiyin oʼzlari hohlagan narsalar haqida masala tuzadi. Bolalarni masalaning javobi emas, balki masala shartini chizish kerakligi haqida bosh qotirish kerak, oʼqituvchi tez chiziladigan narsalarni tanlash haqida maslahat beradi. U bir nechta yaxshi chiqqan va 1-2 ta yaxshi chiqmagan rasmlarni tanlab oladi. Bolalar
    kim qanday masala tuzganini topadilar. Ular qaysi rasm boʼyicha masala tuzish mumkin, qaysi rasm buyicha.masla tuzib boʼlmasligini, nima uchun xatosi nimada ekanligini aniqlaydilar. Rasmda masalada berilgan sonlar koʼrsatilishi kerakli haqida ishonch hosil qilinadi oʼzaro tekshirish olib borilsa yaxshi boʼladi. Ayirishga oid masala tuzishda koʼpincha ikkita rasm chizishga toʼgʻri keladi, birida kamayuvchi, ikkinchisida qoldiq va ayiruvchi chiziladi. Masalan: birinchisida 6 ta archa,
    ikkinchisida 5 ta archa chiziladi.Bolalarga hisoblash usulini o‘rgatish. Bolalar arifmetik amallarni ifoda etishga va uni asoslab berishga oʼrganib olganlaridan kiyin ularni hisoblash usullari bilan tanishtirish mumkin. Ular qoʼshish va ayirishni 1 ni qoʼshib va ayirib oʼrganib olishlari kerak. Bolalar ushbu usullarni egallab borishda qoʼshni sonlar oʼrtasidagi bogʼlanish va munosabatlarni tushunishga hamda sonlaming birliklaridan iborat tartibini bilishga tayanishlari lozim. Arifmetik
    amallarni oʼrgatish jarayonidagi mashgʼulotning bir qismi sonlarni solishtirish va sonlarning birliklaridan iborat tarkibi haqidagi bilimlarni mustahkamlashga oʼrgatadi. Bolalarga hisoblash usullarini qanday oʼrgatish mumkin? Rasm buyicha quyidagi masalani tuzishni taklif etish mumkin. Bolalarni arifmetik amallarni ifoda etishni hisoblash usullaridan farq qila bilishga oʼrgatish uchun qoʼshishda + ‘ga’ ayirishda -’dan’ qoʼshimchalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bolalar hisoblash vaqtida olingan javob bilan birga arifmetik amallarni takrorlaydilar. Shunday kiyingi ular masala savoliga javob beradilar. Dastlab bolalar koʼrsatma
    material asosida keyinroq miyada sonlarning toʼgʻri va teskari ketma- ketligi haqidagi bilimlar hamda ular masala oʼrtasidagi bogʼlanish va munosabatlarni tushunishiga asoslanib hisoblaydilar. Arifmetik masalalar yechish. Masala echishda ‘ qoʼshish ‘ ‘ ayirish’ ‘ barobar’ matematik atamalaridan foydalanish zarur. Bolalar ‘ yozishni’ mashq qiladilar. 1-2 bola mustaqil ‘ yozganlarini ‘oʼqib beradilar. ‘3 ta sharga 1 ta shar qoʼshilsa 4 ta shar boʼladi’. Bolalar koʼpincha masalani hikoya,
    topishmoq bilan aralashtirib yuboradilar. Masalan: Akvariumda 6 ta baliq bor edi. Yana bir necha baliq solib quyishdi. Bu masalani echish mumkinmi? Yoki 4 ogʼayni bitta tom tagida yashaydi. Bular masala emas, balki hikoya va topishmoqdir. Masalada eng kamida ikkita son ishtirok etishi uqtiriladi. Geometrik figuralar Bolalarni geometrik figuralar bilan tanishtirishning asosiy vazifasi koʼpburchaklar bilan tanishtirishdir. Uchburchak, kvadrat, toʼgʻri toʼrtburchaklar koʼpburchaklarning turlari sifatida qaraladi. Dastur mazmuni shunday tuzulganki uni oʼzlashtirish natijasida bolalarning koʼpburchaklar turlari haqidagi umumiy bilimlari kengayadi. Bu bolalarda elementar matematik tafakkurni oʼstirishga imkon beradi. Figuralarning moddalari bilan shugʼullanish jarayonida bolalarning koʼpburchakning ba‘zi bir xususiyatlari haqidagi tasavvurlari shakllanadi. Koʼp burchaklar tomonlari burchaklari tengligi bilan aniqlanadi.

    Download 159 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 159 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘quvchilarning kreativ fikrlashga o‘rgatishda qiziqarli masalalarni yechish usullarini qo‘llash

    Download 159 Kb.