BOSHLANG‘ICH SINFLARDA FANLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION METODIKALARNING AHAMIYATI




Download 159 Kb.
bet4/6
Sana20.10.2022
Hajmi159 Kb.
#27629
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-SINF O\'QUVCHILARINI TA’LIMIY KREATIV FIKRLASHGA O\'RGATISH USULLARI
fffffffff (2), 3 dedline
2.1. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA FANLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION METODIKALARNING AHAMIYATI
O‘zbekiston Respublikasi ‘Ta’lim to‘g‘risida’gi qonuni va ‘Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’da ta’lim-tarbiya jarayonini yangi pedagogik taxnologiyalar bilan ta’minlash eng muhim vazifa qilib belgilangan. Yana bir dolzarb masalalardan biri yuqori malakali raqobatdagi o‘qituvchi kadrlar tayyorlash, ularning kasbiy omilkorliklarini oshirish, metodik mahoratlarini ko‘tarish, o‘qituvchilarni fanlarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalar bilan qurollantirish demakdir. Keng ko‘lamli islohotlarning muhim bo‘g‘ini – innovatsiyalar bugun har bir sohada bo‘lgani
kabi ta’lim tizimida ham o‘zining yangiliklarini namoyish etmoqda. Hozirgi vaqtda innovatsiya tushunchasi juda keng qo‘llanilmoqda. ‘Innovatsiya’ inglizcha so‘z bo‘lib, ‘yangilik kiritish’ degan ma’noni bildiradi. Ya’ni tizim ichki tuzulishini o‘zgartirish deb ta’riflanadi. Innovatsiya dalzarb muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bir tizimda shakllangan yangicha yondashishlardir. Ular tashabbuslar va yangiliklar asosida tug‘ilib, ta’lim mazmunini rivojlantirish uchun istiqbolli bo‘ladi. Shuningdek, umuman ta’lim tizimi rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Yangi innovatsion metodikalarning xislati shundaki, unda qo‘yilgan maqsadlarga erishish kafolatini beruvchi o‘quv jarayoni rivojlantiriladi va amalga oshiriladi. Darhaqiqat,
darslarning muvaffaqiyatli tashkillanishining 80% ta’lim jarayoning to‘g‘ri loyihalashtirish, tashkil etish va uni amalga oshirishga bog‘liqdir. Innovatsion metodikalar orqali o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni o‘zlari keltirib
chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonga o‘quvchining rivojlanishi, shakllanishi va bilim olishi, tarbiyalanishiga sharoit yaratadi. Shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik,yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Ta’lim olishda o‘quvchi asosiy bo‘g‘inga aylanadi. Natijada biz tarbiyalagan va ta’lim bergan o‘quvchilar har tomonlama rivojlangan, o‘z mustaqil fikri va maqsadiga erishgan, tatbiyalangan, ta’lim olgan, ko‘rganlarini tasavvur eta oladigan, o‘rganganlarini, oldin o‘zlashtirganlari asosida yangi bilimlarni taqqoslay oladigan, o‘z oldida turgan har qanday muammolarni tahlil qila oladigan va yechim topa oladigan komil inson bo‘lib yetishadi. Bu borada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ham muhim o‘rinni egallaydilar. Shu o‘rinda bir narsani aytib o‘tish joiz. Har bir dars jarayonida iunnovatsion texnologiyalarning, metodikalarning qay darajada amalga oshirilishi darslarning sifatini va natijasini belgilaydi. Bugungi jadal rivojlanib borayotgan davrda o‘quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga o‘rgatish, o‘z ustida ishlash ko‘nikmasini hosil qilishda o‘qituvchining roli katta. Bunda har bir o‘qituvchining oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri yangi pedagogik texnologiyaning innovatsion usullaridan dars jarayonida o‘rinli foydalanish va o‘quvchilarning yakka tartibda ishlashiga erishishdir. Masalan, ona tili darsini ko‘rib o‘taylik . Har bir so‘zning ma’nosi va tarkibini o‘rganishga qiziqish, til hodisalarini bilishga intilish, bilimga tashnalikni tarkib topdirish uchun ushbu tavsiyadagi turli xil boshqotirmalar, rebuslar, grammatik topishmoqlar darslarda qo‘llanib borilsa maqsadga muvofiq deb o‘ylayman.
‘Tafakkur buluti’ metodi. Ushbu metod ‘Klasster’ metodining bir shakli hisoblanib,
o‘quvchilarda ixtiyoriy muammo xususida erkin, ochiq o‘ylash va shaxsiy fikrlarini bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi.
Mazkur metod turli xil g‘oyalar o‘rtasidagi fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi.
‘To‘p orqali tilak’ o‘yini. Ushbu o‘yin o‘quvchilarni chaqqonlik va tezkorlikka o‘rgatibgina qolmasdan, ularning so‘z boyligini yanada oshiradi va bir-biriga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini yanada kuchaytiradi.
‘Harflarni o‘zgartirib, so‘z tuzing!’ o‘yini.
Bunda xattaxtaga so‘zlar qator qilib yozib qo‘yiladi. O‘quvchilar 2 guruhga bo‘linadilar. Undosh harflarni o‘zgartirib, yangi so‘zlar tuzishlari kerak bo‘ladi. ‘Olti qalpoqcha’, ‘Nima uchun?’, ‘Savollar xujumi’, ‘Sehrli sandiq’. Bu kabi nomlarni ko‘plab keltirish mumkin. Boshlang‘ich sinf ta’limida o‘quv jarayonini tashkil etish holati jiddiy bo‘lib, o‘quv faoliyatini bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim. Darslarning tushunarli va sifatli amalga oshirilishida innovatsion texnologiyalardan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, hamkorlikka
asoslangan o‘quvchilarning faolligini oshirishga mo‘ljallangan o‘quvchilarni boshqarish, fikrini eshitish, tushunish, hurmat qilish, o‘zgalar manfaati bilan hisoblashish, ularga o‘rgatish, ta’sir qila olish, o‘zining va boshqalarning ‘men’ini sezish, his qilish, o‘zini boshqarish, fikrini aniq, lo‘nda bayon eta olishga o‘rgatishdan iborat. Dars davomida o‘quvchining ta’lim faoliyati innovatsion texnologiyalar asosida amalga oshirilsa, uning axborotni qabul qilishi oson kechadi va ta’lim samaradorligi ortadi. Innovatsion texnologiyalardan foydalanib o‘tilgan darsda o‘quvchilar o‘z qobilyati va imkoniyatlarini namoyish qilishga erishadilar, jamoa bilan ishlash malakasiga ega bo‘ladilar, o‘zgalar fikrini hurmat qilishni o‘rganadilar. Bu esa darsning samaradorligini oshirib, ta’lim sifatini kafolatlashga xizmat qiladi. O‘quvchiga bilim berish, har bir dars mazmunini boyitish, qiziqarli mashg‘ulotlarni dars jarayoniga singdirishni talab qiladi. Ruhshunoslarning aniqlashicha, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘qituvchining oddiy tushuntirishi orqali egallab olgan ma’lumotlarga qaraganda turli xil ruhiy kechinmalar orqali o‘zlari mulohaza yuritib, mustaqil bajargan ishlari vositasida o‘zlashtirilgan bilimlarini uzoq esda saqlab qoladilar. Chunki o‘quvchi mustaqil mashqlarni bajarishda faoliyat ko‘rsatib, ilgari olgan bilimlariga tayanganholda ko‘plab o‘quv materiallarini hayolidan o‘tkazadi. O‘xshash hodisalarni taqqoslaydi. O‘zicha mulohaza yuritib mustaqil hukm chiqaradi. O‘qituvchilarning tayyor holda bergan ma’lumotida esa o‘quvchi fikrlash faoliyati to‘la ishga kirishmasdan to‘g‘ri javobni o‘zlashtirib oladi. O‘xshash hodisalarga duch kelishi bilan o‘qituvchi bergan bilimni amaliyotga taqbiq qilishda qiynalib qoladi. Davlat ta’lim standarti va amaldagi maktab dasturlarida o‘quvchi egallashi lozim bo‘lgan materiallarancha murakkab bo‘lib, bolalarning bu bilimlarnibosqichma - bosqich egallab olishlarini, kengaytirib va rivojlantirib borishlarini taqozo etadi. Bugungi Davlat ta’lim standarti va ta’lim tizimi biz boshlabg‘ich sinf o‘qituvchilari oldiga o‘ta mas’uliyatli vazifalar yuklamoqda. O‘qituvchi har bir o‘tilayotgan darsga ijodiy yondashishi, mashg‘ulotlarni ilg‘or pedagogic texnologiyalar asosida qurishi, darsning har bir minutidan unumli foydalanishi zarur. Mashg‘ulotlarni shunday tashkil etish kerakki, o‘quvchi har bir dars davomida egallashi lozim bo‘lgan bilimlar hajmini, o‘zida hosilqiladigan ko‘nikma va malakalarni oldindan belgilab olishi lozim. Bu o‘z navbatida o‘quvchining mashg‘ulotlarga aniq maqsad bilan qatnashishini taqozo qiladi. Chunki o‘quvchi darsning oxirida belgilangan maqsadga erishganligini bilish
imkoniyatiga ega bo‘lishi zarur. Albatta, boshlangich sinf o‘quvchisiga bilim berish, har bir dars mazmunini boyitish, qiziqarli mashg‘ulotlarni dars jarayoniga singdirishni talab qiladi. Bunda o’qituvchining dars uchun oildindan puxta tayyorgarlik korishi va darsda foydalanidigan usullari bolalarning mustaqil ishlashiga qaratilishi zarurdir. Chunki o‘quvchi mustaqil mashqlarni bajarishda faoliyat ko‘rsatib, ilgari olgan bilimlariga tayangan holda ko‘plab o‘quv materiallarini hayolidan o‘tkazadi. O‘xshash hodisalarni taqqoslaydi. O‘zicha mulohaza yuritib mustaqil hukm chiqaradi. O‘qituvchilarning tayyor holda bergan ma’lumotida esa o‘quvchi fikrlash faoliyati to‘la ishga kirishmasdan to‘g‘ri javobni o‘zlashtirib oladi. O‘xshash hodisalarga duch kelishi bilan o‘qituvchi bergan bilimni amaliyotga taqbiq qilishda qiynalib qoladi. Davlat ta’lim standarti va amaldagi maktab dasturlarida o‘quvchi egallashi lozim bo‘lgan materiallar ancha murakkab bo‘lib, bolalarning bu bilimlarni bosqichmabosqich egallab olishlarini, kengaytirib va rivojlantirib borishlarini taqozo etadi. Pedagogik texnologiyalar asosida darslarning tashkil etilishi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarni o‘zi bajarayotgan mashg‘ulotga nisbatan ongli munosabatda bo‘lishga o‘rgatadi. O‘quvchi har bir mashg‘ulot jarayonida ixtiyoriy diqqatini ishga soladi, darsda ilg‘orlikka, g‘alaba
qozonishga intiladi. Maktab bola hayotida judamuhim o‘rin turadi. Shu davrda u atrof-muhit, jamiyat va kishilar mehnati, maktab-maorif haqidagi bilimlarni egallaydi. Kecha o‘yin bilan band bo‘lib, erkin faoliyat ko‘rsatib yurgan bolaning birdan maktabning ichki qonun-qoidalariga moslashishi, belgilangan tartib asosida mashg‘ulotlarga o‘z vaqtida qatnashishi oson kechmaydi. Shu tufayli kichik maktab yoshidagi bolalar o‘yin bilan bog‘liq darslarda juda faol qatnashadi. Biz o‘qituvchilar buni hisobga olib, darslarga o‘yin elementlarini kiritishimiz va undan ta’lim-tarbiyaviy maqsadlarda samarali foydalanishimiz lozim.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan bilimlarning o‘zlashtirib olinishiga erishish uchun ana shularga tayanish va uni parvarish qila borish lozim. Bu o‘rinda zamonaviy pedagogic texnologiyalarning o‘rniva ahamiyati juda kattadir. «Tasavvur qiling, bola ma’lum amaliy va ruhiy tayyorgarlikdan keyin maktab o‘quvchisi bo‘ladi. Uning vazifasi o‘zgaradi. Bir kecha -kunduzda o‘rtacha 4 soat ta’lim oladi. Kechagi o‘yinqaroq bola bugun 40-45 daqiqa davomida diqqatini bir joyga joylab, o‘qituvchi bilan muloqatda bo‘ladi. O‘quv axborotini qabul qiladi va
idrok etadi. Ana shu vaqtda o‘qituvchi loqayd, mas’uliyatsizlik qilsa, uning bu holati ota-onalarning holati bilan hamohang bo‘lib qolsa, ota-ona ham yordam berishdan ojiz, nazorat qilishga «vaqti yo‘q» bo‘lsa, o‘sha o‘quvchilar bo‘sh o‘zlashtiruvchi, tartibsiz yomon o‘quvchilarga aylanadilar. O‘z kasbining mohir ustasi bo‘lgan fidokor o‘qituvchi ana shu paytda o‘quvchilarni qo‘lga oladi, ularning mehrini, ishonchini qozonadi: o‘quv mashg‘ulotlariga qiziqish uyg‘otadi.
Davlatimiz tomonidan ta’lim tizimini takomillashtirishga bo‘lgan e’tibor, bu ulug‘ xalqimiz, kelajagimiz va ertangi kunimizga bo‘lgan e’tibordir. Kelajagimiz vorislari bo‘lgan yosh avlodning mustahkam bilim olishlari, olgan bilimlarini kundalik faoliyatda qo‘llay olishlariga,komil insonlar bo‘lib voyaga yetishlariga imkoniyatlar yaratishimiz, ta’lim tizimiga bo‘lgan e’tiborning yaqqol namunasidir. Bu esa buyuk kelajagimizga bo‘lgan ishonch garovidir.

Download 159 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 159 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BOSHLANG‘ICH SINFLARDA FANLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION METODIKALARNING AHAMIYATI

Download 159 Kb.