Jahon axborot
tarmogʻida fitna va
maʼnaviy xurujlar va
ularning oqibatlari
Fitna va xurujlar jahon axborot tarmogʻida koʻrinadigan muammolardir. Fitna
tarqalishi, maʼlumotlar manipulyatsiyasi, dezinformatsiya, toʻgʻridan-toʻgʻri yoki
eʼtiborsiz axborotlar bilan toʻldirilishi, toʻplamda tartibsizlik va aniqsizlik keltirishi
mumkin. Xurujlar esa tarqalgan maʼlumotlar, boʻysundirish, gʻurur va maʼnaviyatga
salbiy taʼsir orqali toʻplamning maʼnaviy qadriyatlari va tinchligini buzishi bilan
bogʻliq muammolardir.
Bu muammolar bilan kurashish uchun sifatli maʼlumotlarga erishish,
obyektivlik va tahlilga asoslangan fikrlarni rivojlantirish, kritik fikr qilish,
murojaatlarni amalga oshirish, maʼnaviyatga hurmat koʻrsatish, provokatsiyalarga
va tarafdorliklarga qarshi oqibatlarni koʻrsatish, maʼlumotlarni tasdiqlash uchun bir
qadam avval oʻrganish va toʻgʻri maʼlumotlar izlash muhimdir. Bundan tashqari,
maʼnaviyatga qarshi boʻlgan fitna va xurujlarni nazorat qilish uchun huquqiy
mehanizmalar va oʻz nafaqat shaxslar, balki hamjamiyat tomonidan ham amalga
oshiriladigan taʼlim va maʼnaviyatning oshirilishi muhimdir.
Qadimgi davrda davlatlararo fitna va nizolar jangga olib kelgan va ular
oʻrtasidagi muammolar yechimi jang natijasi bilan bevosita bogʻliq boʻlgan. Biroq,
davrlar oʻtib, “harbiy yechim” S.Xantingtonning “madaniy raqobat”iga aylangan
boʻlsa, bugungi kunda esa bu muammo F.Fukuyamaning “gʻoyaviy-mafkuraviy
qobiq”qa oʻralgan “axborot urushi” doirasida olib borilmoqda. Miloddan avvalgi II
asrda xitoylik sarkarda Sun Szi tomonidan aytilgan: “Yuz marotaba jang qilib, yuz
marotaba gʻalaba qozonish gʻalabaning aʼlosi emas, gʻalabaning aʼlosi jangga
kirmasdan turib dushmanni mahv etishdir” gʻoyasi davrning dolzarb masalasiga
aylanib bormoqda.
Axborot urushi globallashuv jarayonining mahsuli boʻlib, hozirgi sharoitda u
mafkuraviy taʼsir oʻtkazishning nihoyatda oʻtkir quroliga aylanib, turfa xil siyosiy
kuchlar va markazlarning manfaatlariga xizmat qilayotganini aytish oʻrinli. Albatta,
bugungi kun uchun bu holat yangi emas. Insoniyat tarixida chuqur iz qoldirgan
qudratli shaxslar harbiy aslahalardan ming chandon ustun turgan “axborot
quroli”dan samarali foydalanib kelganlar. Taʼkidlash joizki, mazkur yoʻnalishdagi
izlanishlar xorijiy mamlakatlarning qator aqliy markazlarida XX asrning 60-
yillaridayoq boshlangan. Birlashgan Qirollik Bosh vaziri Uinston Cherchillning:
“Haqiqat oʻz shippagini kiyguniga qadar, yolgʻon butun dunyoni kezib chiqishga
ulguradi” iborasi aynan bugungi kundagi jahon axborot tarmogʻida fitna va
maʼnaviy xurujlarning mazmunini belgilab beradi.
Bugungi kunda mintaqa va yurtimizga qarshi qaratilgan jahon axborot
tarmogʻida fitna va maʼnaviy xurujlardan foydalanish koʻlami tobora ortib
bormoqda. Maʼlumki, fitna va maʼnaviy xurujlardan foydalanish harbiy xatti-
harakatlarga nisbatan juda arzon boʻlib, u yadro qurolidan ham qudratliroq kuchga
ega. Yaʼni, axborotga ega shaxs har qanday jarayonni nazorat qila olishi va undan
oʻz maqsad va manfaati yoʻlida samarali foydalana olishi imkoniyatini qoʻlga
kiritadi. Bu kurashning obyekti ham, subyekti ham inson sanaladi. Ayrim davlatlar
tomonidan ilgari surilayotgan konsepsiya va doktrinalarda “insonlardagi
ijtimoiylashuv gʻoyalarini yoʻqotish zarur”ligi ochiqdan-ochiq aytiladi.
Siyosatshunoslarining fikrlariga koʻra fitna va maʼnaviy xurujlardan
foydalanish quyidagilardan iborat: 1. Sof mafkuraviy taʼsir oʻtkazish; 2. Mamlakat
aholisiga notoʻgʻri maʼlumot berish (davlat va hukumat rahbarlariga ishonchsizlik
uygʻotish, davlat siyosatining ayrim yoʻnalishlariga norozilik kayfiyatlarini
tugʻdirish, rasmiy targʻibot va axborot manbalari va kanallariga ishonchni
yoʻqotish); 3. Fuqarolarga psixologik bosim oʻtkazishga urinish (mish-mishlarni
tarqatish, nosogʻlom kayfiyat tugʻdirish, turli ijtimoiy guruhlar orasida dushmanona
kayfiyatlarni – millatchilik, ratsizm, diniy ekstremizm va fanatizmni yuzaga
keltirish). Shu bois, davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan farmonda maʼnaviy-
maʼrifiy jarayonlarni tashkil etishda yaxlit tizimning mavjud emasligi, xalqimiz,
ayniqsa, yoshlarni maʼnaviy tahdidlardan himoya qilish borasida yetarli darajada
tashkiliy-amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlarining olib borilmayotganligi, ushbu
yoʻnalishda davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot
vositalari hamda xususiy sektorning ijtimoiy hamkorligi samarali yoʻlga
qoʻyilmaganligi taʼkidlab oʻtiladi.
Bugun atrofimizda madaniyat sohasida kechayotgan voqealarni tahlil qilib
koʻrsak, individualizm – shaxsiyatparastlik gʻoyalarining targʻibotini koʻramiz.
Aksariyat badiiy film, reklama, jumladan koʻchalardagi bannerlarda, musiqa va
kliplarda faqat pul, boylik va maʼnaviyatsizlik targʻibotiga koʻzimiz tushadi. Ayrim
hollarda mutlaqo milliy maʼnaviyatimizga zid koʻrinishlar, sahnalar namoyish
etiladi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlarida bunday “badiiy asarlar” yaratilishida
faqat ayrim “sarmoyadorlar” homiylik qilishi ham hech kimga sir emas.
Abu Rayxon Beruniy “Inson zoti barcha hayvonlardan ustun yaratilgan, zero
unga yuksak sharaf – aql kuch berilgan” degan fikrni bildiradi. Oʻz fikrini davom
ettirar ekan “Inson oʻz ehtiyojlarining koʻpligi va himoya vositalaridan
cheklanganligi hamda dushmanlarning koʻpligi oqibatida oʻz yaqinlari bilan oʻzaro
qoʻllab-quvvatlash va muayyan vazifalarni bajarish orqali mavjudligini taʼminlash
maqsadida jamoalarga birlashishlariga zaruriyat sezdi”, deb aytadi.
Milliy-maʼnaviy qadriyatlarimizga xuruj kecha yoki yaqin oʻn yilliklar oldin
emas, balki bir necha asr avval boshlangan. “Demokratik nur” olib kelishga intilgan
qator yozuvchi-shoirlar, kinorejissyorlar, sanʼat arboblari ajdodlarimiz naqadar
qoloq, madaniyatsiz boʻlganliklarini ifoda etuvchi asarlar ijod etganlar. Afsuski ular
orasida xalqimizning manqurtlashgan “farzandlari” ham boʻlib, ularning bu
boradagi jonbozliklarini hali-hanuz koʻrish mumkin. Tabiiyki, “ommaviy
madaniyat” degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zoʻravonlik, individualizm,
egosentrizm gʻoyalarini tarqatish, kerak boʻlsa, shuning hisobidan boylik orttirish,
boshqa xalqlarning necha ming yillik anʼana va qadriyatlari, turmush tarzining
maʼnaviy negizlariga bepisandlik, ularni qoʻporishga qaratilgan xatarli tahdidlar
odamni tashvishga solmay qoʻymaydi. Yurtimizda shaxsiyatparastlikni
kuchaytirish, jamiyatni parokanda qilish, madaniyatimizni yoʻqotishga qaratilgan
axborot xuruji tizimli asosda olib borilmoqda. Mazkur jarayonlar xorijiy aqliy va
tahliliy markazlar doirasida ishlab chiqilishi bilan birga, ushbu jarayonga
yurtdoshlarimizning ham jalb etilishi, afsuski kuzatilmoqda.
Toʻgʻri, insonlarda bir xil qadriyat va bir xil ehtiyojlar boʻlmaydi. Forobiy
fikriga quloq tutsak, “insonda majburiyat va masʼuliyat boʻlishi fozil shahar”ga, aksi
boʻlsa johil shaharga olib kelishini aytadi. Insonlar esa qaysi jamiyatda yashashni
afzal koʻrishlarini tanlashi zarur boʻladi. Aynan shu sababli ommaviy axborot
vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda Markaziy Osiyo mintaqasidagi voqealarni
shishirib koʻrsatishga urinishlar orqali muntazam axborot xuruji olib borilishi
kuzatiladi. Bugungi voqelikni ilmiy tahlil qilish asosida quyidagi yoʻnalishlarda
“axborot xuruji” olib borilayotganini koʻrish mumkin:
Birinchi yoʻnalish, davlat rahbari, deputatlar, hukumat aʼzolari shaʼni va
faoliyatiga nisbatan xuruj;
Ikkinchi yoʻnalish, olib borilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar
mohiyatini tushirish, xalqning ishonchini yoʻqotishga qaratilgan intilish;
Uchinchi
yoʻnalish, jamiyatni
turli
guruhlarga
ajratish orqali
defragmentatsiyalash, ularni bir-birlariga qarshi qoʻyish;
Toʻrtinchi yoʻnalish, milliy va maʼnaviy qadriyatlarni barbod qilish,
“ommaviy madaniyat”ga asoslangan soxta qadriyatlarni singdirish;
Beshinchi yoʻnalish, huquqni muhofaza etuvchi organlar – ichki ishlar,
mudofaa, xavfsizlik idoralari faoliyatiga nisbatan salbiy kayfiyatni tugʻdirish;
Oltinchi yoʻnalish, kelgusida muayyan maqsadlarni amalga oshirishi mumkin
boʻlgan shaxslarni ommalashtirish, ularni “xalq qahramonlari”ga aylantirish.
Demak, axborot xurujini bartaraf etish maqsadida axborot xavfsizligini
taʼminlash borasida huquqiy, tuzilmaviy va gʻoyaviy asoslarni oʻzida mujassam
etgan yagona davlat siyosatini ishlab chiqishga ehtiyoj tugʻilgan. Bu borada, axborot
xavfsizligini taʼminlash, tashqi xurujlar manbalarini aniqlash, baholash va bashorat
qilish, davlat hokimiyati organlari va axborot-matbuot xizmatlari faoliyatini
muvofiqlashtirish, mamlakat milliy manfaatlarining axborot sohasidagi milliy
manfaatlarini kafolatli taʼminlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Maʼlumki, davlat siyosati milliy manfaatlar hamda tashqi siyosatga javob
tariqasida olib borilishi bilan birga, “aqliy markazlar”ning ilmiy konsepsiya va
nazariyalariga tayangan tavsiyalari asosiga ham tayaniladi. Mamlakatimizda ham
shunday tahliliy ilmiy-amaliy markazlar boʻlishi maqsadga muvofiq deb
hisoblaymiz. Globallashuv jarayonida siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yoʻnalishlardagi
ilmiy-tadqiqot markazlari oʻrni va roli tobora ortib bormoqda. Shuningdek, tegishli
muassasalar mazkur yoʻnalishlarda doimo izlanishda boʻlishni, ustuvor
yoʻnalishlarni muntazam ravishda korreksiyalash, ularni amalga oshirishda keng
oʻlchamli va chuqur oʻylangan faoliyat olib borishni, geosiyosiy va geostrategik
tendensiyalarni (“geostrategik ishtirokchilar” yondashuvini) kuzatib borishni talab
etadi.
2
Turk yozuvchisi, shoir va publitsist Nihal Atsizning “Millat va Vatan xoini
boʻlish uchun dushmanlarga harbiy sirlarni oʻgʻirlab, sotishi shart emas.
Dushmanlarni alqash, ularning maqsadlarini hayotga tatbiq etish, oʻz madaniyati va
tarixini inkor etish – bu ham xiyonat sanaladi”, degan fikrini eslash oʻrinli.
|