IV. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish
12.
|
Qonun hujja�larini xalqaro amaliyot va standartlarga muvofiqlashtirish yuzasidan ularga o‘zgartirishlar kiritish, faoliyatning tegishli turlari bo‘yicha umumiy ravishda foydalaniladigan pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish yuzasi´an pochta operatorlari faoliyatini litsenziyalash mexanizmini joriy etish.
|
2005—2006-yillar
|
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi
|
“O‘zbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati mablag‘lari
|
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi
|
13.
|
Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha qabul qilingan Hukumat qaroridan kelib chiqqan holda pochta aloqasi korxonalari tomonidan pensiya va nafaqalarni yetkazib berish bo‘yicha normativ hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish.
|
2005-yil
|
Pensiya va nafaqalarni to‘lash to‘g‘risida yangi tahrirdagi nizomni tasdiqlash
|
“O‘zbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati mablag‘lari
|
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi
|
14.
|
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llangan holda pochta xizmatlarini joriy etish va ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni tartibga soluvchi pochta aloqasining tarmoq ishlab chiqarish-texnologik va normativ-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqish.
|
alohida jadval bo‘yicha
|
Tarmoq normativ-huquqiy hujjatlari
|
“O‘zbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati mablag‘lari
|
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, “O‘zbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati
|