|
Bosh direktor X. MUXITDINOV
|
bet | 2/11 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 98,54 Kb. | | #241449 |
Bog'liq RuaNCQs0lusToocQmWvLY81xXTZArivzBosh direktor X. MUXITDINOV
Toshkent sh.,
2011-yil 22-fevral,
1-yu son
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 22-fevraldagi 1-yu son buyrug‘iga
ILOVA
Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish
QOIDALARI
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar Umumjahon pochta ittifoqi aktlari, “Aloqa to‘g‘risida”gi, “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-iyuldagi 339-son “Pochta aloqasi sohasida faoliyatni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatuvchi pochta aloqasi operatorlari, provayderlari va ushbu xizmatlardan foydalanuvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi va pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tartibini, pochta aloqasi operatorlari, provayderlari hamda foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining 2015-yil 12-yanvardagi 96-mh-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2219-4, 27.01.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 4-son, 46-modda)
I bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Qoidalarning amal qilishi qonunchilik hujjatlariga muvofiq pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatuvchi pochta aloqasi operatorlari va provayderlariga va bunday xizmatlardan foydalanuvchilarga taalluqlidir.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
2. Ushbu Qoidalarda O`zDSt 1225:2009 “Pochta aloqasi. Atamalar va ta’riflar”da belgilangan atamalar tegishli ta’riflari bilan qo‘llaniladi.
|
| |