|
IV. Dasturni amalga oshirish bosqichlari va moliyalashtirish manbalari
|
bet | 7/11 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 98,54 Kb. | | #241449 |
Bog'liq RuaNCQs0lusToocQmWvLY81xXTZArivzIV. Dasturni amalga oshirish bosqichlari va moliyalashtirish manbalari
4.1. Amalga oshirish bosqichlari:
Dasturni ilovaga muvofiq Tadbirlar rejasiga binoan 2005—2010-yillar mobaynida amalga oshirish nazarda tutiladi.
Birinchi bosqichda (2005—2007-yillar) quyidagilar nazarda tutiladi:
telekommunikatsiyalar tizimini yaratish, unga tegishli miqdorda ish o‘rinlariga ega bo‘lgan pochta aloqasining 14 ta mintaqaviy va bitta ixtisoslashtirilgan filialini, 189 ta tuman va shahar uzellarini hamda 622 ta shahar va qishloq aloqa bo‘limlarini ulash;
pochta aloqasining avtomatlashtirilgan uzellari va bo‘limlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan yangi xizmat turlarini tashkil etish va joriy qilish;
maxsus pochta mebellari bilan jihozlash, xizmat ko‘rsatish infratuzilmalarini belgilangan talablarga muvofiqlashtirish;
avtomobil parkini yangilash va pochta xavfsizligi talablariga javob beradigan maxsus avtomobil texnikasini sotib olish.
Ikkinchi bosqichda (2008—2010-yillar) quyidagilar nazarda tutiladi:
pochta aloqasining qolgan 1865 ta shahar va qishloq bo‘limlarini avtomatlashtirishni tugallash, ularni tashkil etilayotgan korporativ tarmoqqa qo‘shimcha ravishda integratsiyalash;
pochta aloqasi bo‘limlari negizida 1065 ta foydalanish o‘rinlariga mo‘ljallangan, Internetdan jamoa bo‘lib foydalaniladigan 204 ta mintaqaviy punktlar tashkil etish;
pochta aloqasi uzellari va bo‘limlarini zamonaviy elektron o‘lchov vositalari bilan qo‘shimcha jihozlash;
mintaqaviy pochtani ishlash va yetkazib berish muddatlarini jadallashtirish uchun ikkita mintaqalararo ayirboshlash punktlari tashkil etish.
4.2. Dasturni moliyalashtirish:
“O‘zbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining o‘z mablag‘lari, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘lari, xorijiy investitsiyalar, tijorat banklarining kreditlari, shuningdek xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari Dasturni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish negizida pochta aloqasi shoxobchalarini zamonaviylashtirishga moliyaviy resurslarni maqsadli jalb etish faoliyatni faollashtirish va yangi xizmatlar komplekslarini shakllantirish imkonini beradi.
2010-yilgacha pochta aloqasi tarmog‘ini zamonaviylashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida xizmatlarning yangi turlarini joriy etish va rivojlantirish dasturiga
ILOVA
|
| |