• 2010-yilgacha pochta aloqasi shoxobchalarini zamonaviylashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida xizmatlarning yangi turlarini joriy etish va rivojlantirish DASTURI
  • 4-amaliy ishi bajardi: Jo’rayev J. Tekshirdi: Norov. B




    Download 98,54 Kb.
    bet4/11
    Sana18.05.2024
    Hajmi98,54 Kb.
    #241449
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    RuaNCQs0lusToocQmWvLY81xXTZArivz

    Oldingi tahrirga qarang.
    Pochta aloqasi operatorlari va provayderlar uchun majburiy bo‘lgan pochta jo‘natmalari o‘tishining nazorat muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Pochta aloqasi boshqa xizmatlarini ko‘rsatish muddatlari pochta aloqasi operatorlari tomonidan mustaqil belgilanadi.
    (6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 15-maydagi 243-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2219-13, 05.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2023-y., 10/23/2219-13/0334-son)
    7. Milliy operator foydalanuvchilar uchun qulay joylarda oddiy xatlar va pochta varaqchalarini yig‘ish uchun pochta qutilari o‘rnatadi.
    Har bir pochta qutisida pochta qutisiga berilgan raqam, oddiy xatlar va pochta varaqchalarini olib ketish soni, birinchi va oxirgi olib ketish vaqti, shuningdek olib ketish amalga oshiriladigan kun ko‘rsatiladi.
    Qishloq joylardagi pochta qutilarida, yuqorida sanab o‘tilgan ma’lumotlardan tashqari, tegishli pochta aloqasi obyektining pochta indeksi ham ko‘rsatiladi.
    8. Pochta aloqasi obyektlarida adresatlar tomonidan oddiy yozma xat-xabarlar, davriy bosma nashrlar, pochta jo‘natmalari va pul o‘tkazmalari kelib tushganligi to‘g‘risidagi xabarnomalar olinishi uchun abonement pochta javonlari o‘rnatilishi mumkin.
    Abonement pochta javonining bitta qutichasidan bir nechta adresat foydalanishiga, shuningdek, band qilish davrida uning boshqa shaxsga berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
    Abonement pochta javonining qutichasi yoki uning qulfi abonent aybi bilan buzilganda, ta’mirlash va yangi qulfni o‘rnatish (kalitni almashtirish) pochta aloqasi operatorlari tomonidan abonent hisobidan amalga oshiriladi.
    9. Belgilangan haq evaziga abonement pochta javonining qutichalaridan foydalanish istagida bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar ariza beradi va pochta aloqasi operatori bilan shartnoma tuzadi.
    Jismoniy shaxslar arizada ko‘rsatiladigan hujjatning (ushbu Qoidalarning 136-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan birining) nomini va undagi ma’lumotlarni (raqami, seriyasi, agar pasport ko‘rsatilsa, qo‘shimcha tarzda, berilgan sanasini, kim tomonidan berilganligini) shuningdek, ro‘yxatda turadigan manzilni ko‘rsatishlari kerak.
    Oldingi tahrirga qarang.
    Yuridik shaxslar arizada davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumotlarini (nomi, seriyasi, raqami, ro‘yxatga olinganlik sanasi va kim tomonidan berilganligi), yuridik manzilni, joylashgan erni, telefon (faks) raqamini, bank rekvizitlarini ko‘rsatishi kerak. Ariza berish paytida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning asl nusxasi taqdim etiladi.
    (9-bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2018-yil 1-maydagi 169-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2219-8, 07.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 10/18/2219-8/1182-son)
    10. Abonent abonement pochta javonining qutichasidan foydalanishni rad etganda, qutichani band etish muddati tugagan sanadan boshlab bir oydan keyin boshqa abonentga foydalanishga berilishi mumkin. Band etish muddati tugagandan keyin kelib tushgan pochta jo‘natmalari va pul o‘tkazmalari arizada ko‘rsatilgan yangi manzil bo‘yicha jo‘natiladi yoki jo‘natuvchiga qaytariladi, jo‘natuvchining manzili bo‘lmaganda esa, tarqatilmaganlar qatoriga vaqtinchalik saqlashga beriladi.
    2. 2010-yilgacha pochta aloqasi shoxobchalarini zamonaviylashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida xizmatlarning yangi turlarini joriy etish va rivojlantirish
    DASTURI

    Ushbu dastur O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 19-iyuldagi 339-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

    Download 98,54 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 98,54 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-amaliy ishi bajardi: Jo’rayev J. Tekshirdi: Norov. B

    Download 98,54 Kb.