II bob. Foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish




Download 98,54 Kb.
bet3/11
Sana18.05.2024
Hajmi98,54 Kb.
#241449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
RuaNCQs0lusToocQmWvLY81xXTZArivz

II bob. Foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish
1-§. Pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish
Oldingi tahrirga qarang.
3. Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari pochta aloqasi xizmatlarini (pochta, kuryerlik jo‘natmalarini qabul qilish, qayta ishlash, tashish va yetkazib berish) ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni Umumjahon pochta ittifoqi aktlari, O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va ushbu Qoidalar asosida amalga oshiradilar.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 2-apreldagi 195-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2219-10, 20.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 10/19/2219-10/3152-son)
Pochta aloqasining milliy operatoriga (keyingi o‘rinlarda milliy operator deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida universal xizmatlarni majburiy ravishda ko‘rsatish bo‘yicha vazifalar yuklatiladi.
Oddiy xat va pochta varaqchalarini jo‘natish milliy operatorning mutlaq huquqi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy operator Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlariga muvofiq pochta aloqasini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasining tayinlangan pochta aloqasi operatori sifatida belgilangan. Umumjahon pochta ittifoqining blanklari va hujjatlari faqat tayinlangan operator tomonidan foydalanilishi mumkin.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 2-apreldagi 195-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2219-10, 20.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 10/19/2219-10/3152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy operator Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yo‘llanuvchi xat-xabarlarni yetkazib berish, yetkazilganligini tasdiqlash, ma’lumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimi operatori hisoblanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2022-yil 5-apreldagi 222-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2219-12, 27.04.2022-y.) asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 10/22/2219-12/0355-son)
Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari:
o‘z nomida, transport vositalarida joylashtiriladigan maxsus farqlanish belgilarida “Pochta” so‘zi va undan hosil bo‘lgan so‘zlardan foydalanadi;
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan, pochta aloqasi normativlari hisobga olingan holda, pochta aloqasi obyektlari tomonidan ko‘rsatiladigan pochta aloqasi xizmatlari ro‘yxatini mustaqil belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlariga muvofiq faoliyatning boshqa turlarini amalga oshiradi.
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
4. Pochta aloqasi obyektiga kiraverishda pochta aloqasi operatorining nomi, pochta aloqasi obyektining nomi va ish tartibi ko‘rsatilgan peshlavha joylashtiriladi. Milliy operator pochta aloqasi obyektiga kiraverishda, bundan tashqari, pochta indeksi ko‘rsatilgan peshlavha joylashtiriladi va pochta qutisi o‘rnatiladi. Shaharlarda joylashgan, o‘zgaradigan grafik, tushlik tanaffus yoki dam olish kuni bilan ishlaydigan milliy operator pochta aloqasi obyektlarida, shuningdek, boshqacha grafik bo‘yicha ishlaydigan eng yaqin pochta aloqasi obyektlarining joylashgan o‘rni va ish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumot ham joylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Peshlavhalar va e’lonlar matni davlat tilida bajariladi va qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa tillarda takrorlanishi mumkin.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
5. Pochta aloqasi operatorlari va provayderlarining pochta aloqasi obyektlari ichida ko‘rinadigan va foydalanuvchilar uchun qulay bo‘lgan joyda zarur bo‘lgan axborot beruvchi material, xususan:
ushbu pochta aloqasi obyektining manzili to‘g‘risidagi;
ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati to‘g‘risidagi;
ichidagi tekshirilgan holda, ochiq ko‘rinishda ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmalarini qabul qilish to‘g‘risidagi;
pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini (keyingi o‘rinlarda pul o‘tkazmalari deb yuritiladi) yo‘llash tartibi to‘g‘risidagi;
pochta jo‘natmalarini yo‘llash, o‘rovlash tartibi, ularning o‘lchamlari hamda cheklangan og‘irligi to‘g‘risidagi;
pochta aloqasi xizmatlari uchun haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi;
kuryerlik jo‘natmalarining miqdori va cheklangan vazni to‘g‘risidagi;
blanklarni to‘ldirish namunalari;
pochta aloqasi xizmatlariga tariflar to‘g‘risidagi;
jo‘natish taqiqlangan predmetlar va moddalar to‘g‘risidagi;
pochta jo‘natmalarining nazorat muddatlari o‘tishi to‘g‘risidagi;
pochta, kuryerlik jo‘natmalari va pul o‘tkazmalarini saqlash muddatlari to‘g‘risidagi;
bahosi ko‘rsatilgan holda, pochta tovarlarining namunalari;
bahosi ko‘rsatilgan holda, pochta, kuryerlik jo‘natmalari uchun tara namunalari;
gazeta, jurnallar sotish to‘g‘risidagi e’lon (mavjud bo‘lganda);
yuqori turuvchi pochta aloqasi tashkilotining hamda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilinishini amalga oshirishga vakolatli tegishli tashkilotlarning nomi, manzili va telefon raqami to‘g‘risidagi;
mazkur Qoidalar bilan, milliy operator pochta aloqa obyektlarida esa bundan tashqari pochta aloqasi obyektlarining pochta indekslari bilan tanishish mumkinligi to‘g‘risidagi. Ushbu hujjatlar pochta aloqasi obyektlarida bo‘lishi va foydalanuvchilarga ularning iltimosiga ko‘ra tanishish uchun berilishi kerak;
pochta aloqasi operatorlari va provayderlarining foydalanuvchilar oldidagi javobgarligi to‘g‘risidagi;
foydalanuvchilarning huquqlari va javobgarligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
xalqaro pul o‘tkazmalarini qabul qilish amalga oshiriladigan mamlakatlar ro‘yxati bo‘lishi kerak.
Milliy operator pochta aloqasi obyektlarining ichida ko‘rinadigan va foydalanuvchilar uchun qulay joyda ushbu pochta aloqasi obyektining pochta indeksi va pochta qutilaridan yozma xat-xabarlarni olib ketish vaqti normativlari to‘g‘risidagi ma’lumot bo‘lishi kerak. Shaharlarda va tuman markazlarida joylashgan pochta aloqasi obyektlari ichida, bundan tashqari, oddiy pochta varaqasini va oddiy xatlarni pochta konvertlarida jo‘natishga mo‘ljallangan pochta qutisi ham bo‘lishi kerak.
Pochta jo‘natmalarini tezkor pochta tartibida (keyingi o‘rinlarda tezkor pochtani jo‘natish deb yuritiladi) qabul qilish joyida, ko‘rinadigan va foydalanuvchilar uchun qulay joyda xalqaro tezkor pochta jo‘natmalari qabul qilinadigan mamlakatlar ro‘yxati bo‘lishi kerak.
6. Pochta aloqasi obyektlarining ish tartibi pochta aloqasi operatorlari tomonidan pochta aloqasi texnologiyalari hisobga olingan holda o‘rnatiladi va foydalanuvchilar uchun qulay bo‘lishi kerak.

Download 98,54 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 98,54 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II bob. Foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish

Download 98,54 Kb.