• III. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida pochta aloqasi shoxobchalarini zamonaviylashtirish va xizmatlarning yangi turlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari
  • II. Dasturning asosiy maqsadi va vazifalari




    Download 98,54 Kb.
    bet6/11
    Sana18.05.2024
    Hajmi98,54 Kb.
    #241449
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    RuaNCQs0lusToocQmWvLY81xXTZArivz

    II. Dasturning asosiy maqsadi va vazifalari
    Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida xizmatlarning yangi turlarini rivojlantirish, O‘zbekistonning barcha hududida pochta aloqasi universal xizmatlarining kafolatli va sifatli ko‘rsatilishini ta’minlash ushbu Dasturning asosiy maqsadi hisoblanadi.
    Qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi maqsadli vazifalarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda:
    normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, pochta aloqasi faoliyat ko‘rsatishining bozor mexanizmlarini keng joriy etish, tarmoqda zamonaviy va samarali infratuzilmani shakllantirish, raqobatni rivojlantirish;
    umumiy ravishda foydalaniladigan pochta aloqasi shoxobchalarini zamonaviylashtirish, texnika bilan qayta jihozlash va yanada rivojlantirish;
    xizmatlarning yangi turlari kompleksini joriy etish, ularning turlarini kengaytirish, sifatli pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash;
    pochta aloqasi tarmoqlarida yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish;
    umumiy ravishda foydalaniladigan pochta aloqasi shoxobchalari infratuzilmasini zamonaviylashtirish va rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni, shu jumladan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish.
    III. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida pochta aloqasi shoxobchalarini zamonaviylashtirish va xizmatlarning yangi turlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari
    3.1. Pochta shoxobchalarini zamonaviylashtirish:
    turli xil pochta jo‘natmalarini yetkazib berishda aniq tarifikatsiyani ta’minlash uchun pochta aloqasi uzellarini va bo‘limlarini zarur miqdordagi elektron o‘lchov vositalari bilan jihozlash;
    viloyatlararo, viloyatlar va tumanlar ichki avtomobil pochta yo‘nalishlarini maqbullashtirish uchun mintaqalararo ayirboshlash punktlarini tashkil etish;
    pochta jo‘natmalarini va pul mablag‘larini tashuvchi pochta avtomobil texnikasi parkini yangilash, shuningdek ularni ko‘chma aloqa vositalari bilan qo‘shimcha jihozlash;
    pochta aloqasi korxonalarida videokuzatish va foydalanishni elektron nazorat qilish tizimlarining texnik imkoniyatlarini kengaytirish;
    pochta jo‘natmalarini va davriy matbuotni ishlash, manzillar bo‘yicha ajratish ayirboshlash punktlarini portativ rentgen-televizion qurilmalar bilan jihozlash, shuningdek qo‘lda ishlatiladigan metall detektorlar bilan qo‘shimcha jihozlash;
    3.2. Pochta aloqasining yangi xizmat turlari kompleksini joriy etish:
    pochta xizmatlari — elektron pochta, gibrid pochta, elektron pochta markasi, “Tovarlarni pochta orqali yetkazib berish”, pochta jo‘natmalarini yetkazib berishni Internet yoki telefon orqali nazorat qilish tizimi;
    interaktiv xizmatlar — kompyuter texnologiyalariga asoslangan so‘zlashuv punktlaridagi telefon, faksimil aloqa xizmatlari, elektron ma’lumotnoma tizimi, Internetdan foydalanish;
    moliyaviy xizmatlar — plastik kartochkalardan foydalangan holda moliyaviy to‘lovlar bo‘yicha operatsiyalar, elektron pul jo‘natmalari, hisob-kitob-kassa operatsiyalari bo‘yicha xizmatlar;
    pochta jo‘natmalarini ishlash, hisobga olish va nazorat qilish jarayonlarida yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish.
    3.3. Pochta aloqasi shoxobchalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish:
    pochta jo‘natmalarini yetkazib berish, ishlash, manzillar bo‘yicha ajratish va monitoringini yuritish tizimini tegishli ravishda zamonaviylashtirgan holda pochta infratuzilmasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
    ma’lumotlarni uzatishning mavjud korporativ tarmog‘ini zamonaviylashtirish yo‘li bilan pochta aloqasining avtomatlashtirilgan tizimini yaratish, unga pochta aloqasining barcha filiallarini, tuman, shahar uzellari va bo‘limlarini ulash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida yangi xizmatlar turlarini ko‘paytirish uchun ish o‘rinlarini kompyuter texnologiyalari bilan tegishli ravishda jihozlash;
    ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali gazetalarga, davriy, boshqa matbaa nashrlariga va turli tovarlarga buyurtmalarni qabul qilish, shuningdek ularni buyurtmachilarga tegishli pochta aloqasi bo‘limlari orqali yetkazib berish yo‘li bilan elektron savdo tizimini tashkil etish;
    ma’lumotlar uzatishning zamonaviy texnologiyalari (ATM, Frame Relay, Fast Ethernet, Gigabit Ethernet)ni qo‘llangan holda xalqaro pul jo‘natmalarini yetkazib berish bo‘yicha pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
    2002—2010-yillarda kompyuterlashtirishni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturini amalga oshirishda qatnashish.
    3.4. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish:
    qonun hujjatlarini xalqaro amaliyot va standartlar talablariga muvofiqlashtirish yuzasidan ularga o‘zgartirishlar kiritish, tegishli faoliyat turlari bo‘yicha umumiy ravishda foydalaniladigan pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha pochta operatorlari faoliyatini litsenziyalash mexanizmini joriy etish;
    budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha qabul qilingan Hukumat qaroridan kelib chiqqan holda pochta aloqasi korxonalari tomonidan pensiyalar va nafaqalarni yetkazib berish bo‘yicha normativ hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish;
    axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llangan holda pochta xizmatlarini joriy etish va ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni tartibga soladigan pochta aloqasining tarmoq ishlab chiqarish-texnologik va normativ-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqish.

    Download 98,54 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 98,54 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II. Dasturning asosiy maqsadi va vazifalari

    Download 98,54 Kb.