|
I. O‘zbekiston Respublikasi pochta aloqasining hozirgi ahvoli
|
bet | 5/11 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 98,54 Kb. | | #241449 |
Bog'liq RuaNCQs0lusToocQmWvLY81xXTZArivzI. O‘zbekiston Respublikasi pochta aloqasining hozirgi ahvoli
Mamlakatning pochta aloqasi shoxobchalari tarkibiy jihatdan “O‘zbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati shoxobchalaridan iboratdir, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
189 ta tuman va shahar uzellaridan, 2991 ta aloqa bo‘limlaridan (ulardan 2305 tasi qishloq joylarda) iborat bo‘lgan 14 ta mintaqaviy filiallar;
3 ta ixtisoslashtirilgan filial — “Xalqaro pochtamt”, “Xalqaro tezkor pochta”, “O‘zbekiston markasi”;
pochta jo‘natmalarining muntazam ravishda tashilishini ta’minlovchi 1 ta temir yo‘l, 34 ta avia, 529 ta avtomobil yo‘nalishlari.
“Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va Vazirlar Mahkamasining “Pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 19-iyuldagi 339-son qaroriga muvofiq “O‘zbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasining butun hududida universal xizmatlarni eksklyuziv amalga oshiruvchi milliy operator hisoblanadi, shuningdek xalqaro pochta ayirboshlashni amalga oshiradi.
Pochta xizmatlari bozorida an’anaviy xizmatlar, shu jumladan yozma xat-xabarlarni, jo‘natmalarni, pochta pul jo‘natmalarini yuborish va boshqa xizmatlar ko‘rsatiladi. “O‘zbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati tabiiy monopolist hisoblanadigan pochta aloqasining mahalliy xizmatlari segmentidan farqli ravishda, xalqaro xizmatlar segmentida raqobat mavjud, unda 10 tadan ortiq mahalliy, xorijiy firmalar faoliyat ko‘rsatmoqda.
“Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish umumiy ravishda foydalaniladigan pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish sohasida belgilangan. Pochta xizmatlarining rivojlanayotgan bozori sharoitlarida umumiy ravishda foydalaniladigan pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish sohasida davlat tomonidan tartibga solishni faoliyatning tegishli turlari bo‘yicha umumiy ravishda foydalaniladigan pochta aloqasi operatorlari faoliyatini litsenziyalash vositasida joriy etish zaruriyati paydo bo‘ladi.
Asosiy vositalar va mol-mulkning (pochta tarozilari, mebellari va shu kabilar) eskirishi 57 foizni, pochta avtotransporti parki bo‘yicha — 73 foizni tashkil qiladi, bu mintaqalarda pochta jo‘natmalarini ayirboshlash va manzillar bo‘yicha ajratish jarayonining tezligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi hamda ularni yetkazib berish muddatlarini qisqartirish imkonini bermaydi (viloyat markazlari o‘rtasida 3 kun, boshqa aholi punktlarigacha — 10 kungacha).
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yetarli joriy etilmaganligi sababli pochta aloqasi korxonalari tomonidan xizmatlarning yangi turlari ko‘rsatilmayapti, ularning turlari kengaymayapti, pochta jo‘natmalarini ishlash va yetkazib berishni avtomatlashtirish darajasi pastligicha qolmoqda, bu ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
|
| |