|
4. Favqulodda vaziyatlar vaqtida hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni rejalashtirish
|
bet | 13/19 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 56,71 Kb. | | #159320 |
Bog'liq 1-mustaqil ish HFX fanidan1. Ob’ektni joylashish shartlari – yadroviy raketa zarbasi berish mumkin bo‘lgan shahar yoki boshqa nishonlardan uzoqligi, ob’ekt joylashgan hududda yuqori xavflilikdagi ob’ektlarning mavjudligi (AES, kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar omborlari), halokatlar va tabiiy ofatlar vaqtida ob’ektni suv bosish ehtimoli va b.
2. Ob’ektning injener-texnik kompleksi tavsifi – qurilish zichligi, bino va inshootlarning yong‘inga chidamlilik darajasi, konstruktiv xususiyatlari.
3. Ishlab chiqarish jarayonlari - tavsifi, yong‘in va portlashga xavflilik kategoriyalari.
FV vaqtida ob’ektning barqaror ishlashini ta’minlashga qaratilgan asosiy yo‘nalishlar:
1. Ob’ekt va uning bino va inshootlarini ratsional joylashtirish:
region(hudud)ni kompleks rivojlantirish;
ob’ektni sanitar me’yorlar va qoidalar (SM va Q) Q-01-51-90 talablari asosida qurish va joylashtirish;
tinchlik vaqtidagi ehtiyojlar va mudofaa uchun er osti maydonlaridan foydalanish;
ishlab chiqarish infrastrukturasini shahardan tashqari zonada shakllantirish;
ob’ektlarning kategoriyalarini o‘rnatish va b.
2. Ishlab chiqarish xodimlari va aholini FVlar vaqtida himoyalashni tashkil etish:
aloqa va xabar berish tizimini takomillashtirish;
himoyalashning asosiy usullaridan kompleks foydalanish;
evakuatsiya (xavfsiz joyga ko‘chirish)ni tashkil etishni takomillashtirish;
zararlangan hududda aholi faoliyati rejimini ishlab chiqish;
zararsizlantirish ishlarini o‘tkazishga tayyorlanish;
oziq-ovqatlarni himoyalash.
3. Ob’ektdagi sanoat ishlab chiqarish ishlarini FVlar sharoitiga tayyorlash:
mahsulot ishlab chiqarishni dublirlash;
ishlab chiqarishni FVlar vaqtida mahsulot ishlab chiqarish uchun texnologik tayyorlash, FVlar sharoitida mahsulot ishlab chiqarish rejimiga o‘tkazish (harbiy vaqtlarda);
xavfsiz ishlab chiqarish texnologiyasi va qurilish materiallarini joriy etish;
kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar zahirasini kamaytirish;
binolarni engil materiallardan qurish va b.
|
| |