|
FVlar vaqtida ishdan chiqqan ishlab chiqarishni tiklash ishlarini bajarishga tayyorlanish
|
bet | 14/19 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 56,71 Kb. | | #159320 |
Bog'liq 1-mustaqil ish HFX fanidan4. FVlar vaqtida ishdan chiqqan ishlab chiqarishni tiklash ishlarini bajarishga tayyorlanish:
ehtimol qilinayotgan favqulodda vaziyatlar holatlarini oldindan bilish va baholash, etkazilgan zarar hamda tiklash uchun zarur kuch va vositalar miqdorini aniqlash;
tiklash ishlarini bajarish uchun kuch va vositalarni tashkil etish va doimiy tayyor holda saqlash;
reja, loyiha va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish va ishonchli saqlash;
tiklash ishlari bo‘yicha boshqarish organlarini tashkil etish va b.
5. FVlar masalalarini hal qilish uchun xo‘jalik boshqaruv tizimini tayyorlash:
boshqaruv organini dublirlash;
markazlashmagan boshqaruv tizimiga o‘tishga tayyorlanish;
markaziy boshqaruv buzilganda xo‘jalikni boshqarishning mahalliy boshqaruv organlarini tayyorlash;
kadrlar zahirasini tayyorlash;
boshqaruv organi va kadrlari FV vaqtida ishlashga tayyorlash;
ma’lumot to‘plashni tashkil etish va takomillashtirish;
avtomat boshqaruv tizimini FVlar vaqtida ishlashga tayyoralash va b.
Ob’ektlarning FVlar vaqtida barqaror ishlashini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar kompleksi ichidan asosiy ikkita quyidagi tadbirlar muhim rol o‘ynaydi:
FVlarda ishchi va xizmatchilar hayot faoliyati xavfsizligini
ta’minlash;
ikkilamchi xavfli omillar hosil bo‘lishini bartaraf etish.
FV vaqtida ishchi-xizmatchilarni himoyalash tadbirlari:
texnologik jarayonlarda portlashga va yong‘inga xavfli hamda zaharli va radiaktiv moddalar ishlatiladigan ish sharoitlarida ish rejimini to‘g‘ri tashkil etish;
zaharlanish o‘chog‘ini bartaraf etishga qaratilgan ishlarni aniq bajarish yo‘llari bo‘yicha o‘qitish;
ob’ektdagi ishchi va xizmatchilar hamda ob’ekt yaqinidagi aholiga, ob’ektda hosil bo‘lgan xaf to‘g‘risida xabar berishning lokal tizimini tashkillashtirish va uni doimiy tayyor vaziyatda saqlash.
FV larning xavfli va zararli omillari ta’sirida yuz beradigan yong‘inlar, portlashlar, zaharli, radiaktiv moddalarni muhitga tarqalishi ikkilamchi omillar jumlasiga kiradi. Ma’lumki, me’yoriy ish sharoitida ob’ektning xavfsiz va halokatsiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan qator tadbirlar amalga oshiriladi. Lekin, bu omillar FVlar uchun etarli hisoblanmaydi. Shu sababli, FVlarning ikkilamchi omillaridan himoyalashga qaratilgan qo‘shimcha quyidagi tadbirlarni ham amalga oshirish talab etiladi:
saqlanadigan portlashga, yong‘inga xavfli va zaharli moddalar zahirasini minimum darajagacha kamaytirish;
saqlash omborxonalarini xavfsiz joyda, mustahkam qilib, shamol yo‘nalishini, yong‘in oraliqlari va yo‘laklarini, yong‘inga qarshi suv ta’minotini hisobga olgan xolda qurish;
barcha binolarni yong‘in o‘chiruvchi vositalar, zahira elektr manbalari, aloqa vositalari avtomat signalizatsiya kabi vositalar bilan ta’minlash.
|
| |