|
4. Favqulodda vaziyatlar vaqtida hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni rejalashtirish
|
bet | 3/19 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 56,71 Kb. | | #159320 |
Bog'liq 1-mustaqil ish HFX fanidanTexnogen halokatlar. Katta territoriyalarda portlash, yong‘in, radiaktiv, kimyoviy va biologik zararlanishlarni hamda insonlar hayotiga xavf solib, guruhli o‘limlarga olib keluvchi, ishlab chiqarish jarayonini keskin ishdan chiqishi bilan kechadigan hodisalar, ya’ni mashina va mexanizmlarni qo‘qqisdan, kutilmaganda foydalanish davrida ishdan chiqishi texnogen halokatlar deb ataladi.
Texnogen halokatlarga sanoat ob’ektlaridagi, qurilish, temir yo‘l, havo va avtomobil transporti, suv transportidagi quvurlar, gaz-neft quvurlari va boshqa shu kabi ob’ektlardagi ko‘ngilsiz hodisalar misol bo‘ladi.
Antropogen halokatlar – insoniyatning xo‘jalik faoliyati tufayli yuzaga keluvchi antropogen omillar ta’sirida biosferaning sifat jihatidan o‘zgarishi va natijada insonlar hayotiga, o‘simlik va hayvonot dunyosiga hamda atrof-muhitga tahdid va katta xavf tug‘diruvchi hodisalardir.
Ijtimoiy-siyosiy va harbiy-siyosiy mojarolar - ikki davlatning o‘zaro qarama-qarshiligi natijasida harbiy urushlarni kelib chiqishi, urushda ommaviy qirg‘in qurollaridan foydalanish xavfi tug‘ilishi va shunga bog‘liq holda boshqa turdagi muammolar, masalan, harbiy mojoralar vaqtidagi qochoqlar muammosi, yuqumli kasalliklarni kelib chiqish va katta hududlarda tarqalish xavflarini kelib chiqishi hamda milliy krizislar, mintaqaviy mojarolarni yuzaga kelish kabi holatlar.
Favqulodda vaziyatlar xavfni tarqalish tezligiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
qo‘qqisdan (er qimirlashlar, portlashlar, transport halokatlar va b.);
shiddatli (yong‘inlar, gidrodinamik halokatlar va b.);
o‘rtacha (suv bosishlar, vulqonlar otilishi, radiaktiv moddalar chiqish bilan kechadigan halokatlar va sh.k.);
tekis-sekin tarqaluvchi xavflar (qurg‘oqchilik, epidemiya, sanoat tozalash inshootlarining halokatlari, tuproqlarni ifloslanishi va suvlarni zararli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi va b.)
FVlar tarqalish masshtabining ko‘rsatkichlariga uning tarqalish territoriyasi o‘lchamidan tashqari, xavfli omillarni tashkiliy, ijtimoiy, iqtisodiy va shu kabi muhim bog‘lanishlarga bevosita ta’sir etishi ham kiradi. Yuqoridagilarga bog‘liq holda FVlarning kompleks belgilarini quyidagi besh turga ajratish mumkin: lokal (ob’ekt bo‘yicha); mahalliy; regional; milliy; global (umumiy, dunyo miqiyosida).
Lokal FV lar xalq xo‘jaligining ma’lum bir ob’ekti chegarasida yuzaga kelib, ushbu ob’ektlarning kuchi va resurslari yordamida bartaraf etilishi mumkin.
Mahalliy FVlar aholi yashash punktlari, shaharlar, ma’muriy rayonlar, bir necha rayonlar va viloyat hududida tarqalib, ushbu viloyatning kuchlari va resurslari asosida bartaraf etiladi.
Regional FVlar bir necha viloyatlar yoki iqtisodiy rayonlar chegarasida tarqalib, davlat kuchlari va resurslari yordamida bartaraf etiladi.
Milliy FVlar bir necha iqtisodiy rayonlar yoki davlat chegarasidagi muxtor respublikalar chegarasida tarqalib, ushbu davlatning kuchlari hamda resurslari, ayrim hollarda chet davlatlarning yordami asosida bartaraf etiladi.
Global FVlar davlat chegarasidan chiqib boshqa davlatlarga ham tarqaladi. Bunday FVlar ushbu davlat chegarasida o‘z kuchlari va resurslari hamda xalqaro jamiyatlar ko‘magida bartaraf etilishi mumkin.
FVlar vaqtidagi xavfli va zararli omillar ta’sir etuvchi territoriya zararlanish o‘chog‘i (markazi) deb ataladi. Zararlanish o‘chog‘i oddiy (bir turdagi) va murakkab (kombinatsiyalashgan) turlarga bo‘linadi.
Oddiy zararlanish o‘chog‘i deb bitta zararlovchi omil ta’sirida yuzaga keladigan FV markazi tushuniladi. Masalan, portlash tufayli buzilish va nurashlar, yong‘in, kimyoviy yoki bakteriologik zaharlanishlar va sh.k.
Murakkab zararlanish o‘chog‘i FVlarning bir necha omillarini birgalikdagi ta’siri natijasida yuzaga keladi. Masalan, kimyoviy korxonadagi portlash yong‘inni, buzilishlarni, joy muhitini kimyoviy zaharlanishini va boshqa turli xil ko‘ngilsiz oqibatlarni keltirib chiqaradi.
|
| |