|
4. Favqulodda vaziyatlar vaqtida hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni rejalashtirish
|
bet | 7/19 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 56,71 Kb. | | #159320 |
Bog'liq 1-mustaqil ish HFX fanidanSo‘nash bosqichida ma’lum vaqt oralig‘ida xavf manbasining tarqalish chegarasi cheklanadi, ya’ni FV lar lokal xarakterga o‘tadi.
FVlarni barcha turdagi ya’ni, birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va h.k. oqibatlarini to‘liq bartaraf etish yillab, ba’zan esa o‘n yillik vaqt talab qiladi. FVlar sodir bo‘lishining aniq sharoitlardagi sabab-oqibat zanjiri tarkibini va yuzaga kelish sharoitini bilish, bunday hodisalarni sodir bo‘lish xavfini kamaytiradi va FVlar vaqtida hushyorlikni oshiradi.
Favqulodda vaziyatlar vaqtida hayot faoliyat xavfsizligini ta’minlash
Favqulodda vaziyatlar vaqtida hayot faoliyat xavfsizligini ta’minlash insonning barcha sohadagi faoliyati davrida uning hayoti va sog‘ligini saqlashga qaratilgan tashkiliy, muxandis-texnik tadbirlar va vositalar majmuidan iboratdir.
Hayot faoliyat xavfsizligini ta’minlash borasidagi asosiy yo‘nalishlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
FV lar sodir bo‘lish ehtimolini oldindan bilish va baholash;
FVlarni sodir bo‘lishining oldini olish yoki susaytirish tadbirlarini rejalashtirish;
FVlar ta’sir doirasi masshtabini qisqartirish;
FVlar vaqtida xalq xo‘jaligi ob’ektlarining turg‘un ishlashini ta’minlash;
FV lar vaqtidagi harakat qoidalari bo‘yicha aholini o‘qitish;
FV lar asoratlarini tugatish.
FVlardan himoyalanishning dastlabki asosi uning kelib chiqish sababi, sharoiti va mexanizmini bilishdan iboratdir. FVlar vaqtida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan jarayonlar mohiyatini bilgan holda, ularning oqibatlarini oldindan aniqlash mumkin.
FV lar asosan quyidagi vazifalarda ruy berishi mumkin:
gravitatsiya ta’sirida, er aylanishi yoki harorat farqi ta’sirida yuzaga keluvchi tezkor tabiiy jarayonlar:
meterial va konstruksiyalarning korroziyalanishi, fizik va kimyoviy xususiyatlarini o‘zgarishi va bino hamda inshootlarning emirilishiga olib keluvchi tashqi tabiiy omillar:
inshootlarning loyihalash va qurish vaqtidagi kamchilik hamda nuqsonlari (qidiruv va loyihalashdagi kamchiliklar, qurilish materiallari va konstruksiyalarning va ularni bajarish sifatini pastligi, XT qoidalarini buzilishi va b.);
bino va inshootlarning konstruksiyalari va materiallariga sanoat ishlab chiqarishi texnologik jarayonlarining ta’siri (REM dan ortiq kuchlanish, yuqori harorat, titrash; oksidlovchi bug‘-gaz va suyuq agressiv muhit, mineral yog‘, emulsiya va dispersiyalar);
bino va inshootlardan foydalanish qoidasini buzilishi va natijada bug‘ qozonlarini, kimyoviy moddalarni, shaxtalardagi ko‘mir changlari, don elevatorlaridagi don changlari va boshqa shu kabilarni portlashi;
har xil ko‘rinishdagi harbiy harakatlar.
|
| |