|
Favqulodda holatlar vaqtida aholini himoya qilish prinsiplari va usullari
|
bet | 8/19 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 56,71 Kb. | | #159320 |
Bog'liq 1-mustaqil ish HFX fanidanFavqulodda holatlar vaqtida aholini himoya qilish prinsiplari va usullari
Aholini FVlar vaqtida himoya qilish - ularning salbiy oqibatlarga olib kelish xavfini oldini olish yoki ta’sir darajasini maksimal kamaytirishga qaratilgan kompleks tadbirlar majmuidir.
Aholini FVlardan himoyalash samarasiga FVlarda xavfsizlikni ta’minlash prinsiplarini to‘liq hisobga olish va uning barcha vositalari hamda usullaridan unumli foydalanilgandagina erishiladi.
Xavfsizlikni ta’minlash prinsiplari ularni amalga oshirish belgilariga ko‘ra 3 guruhga bo‘linadi:
1. Oldindan belgilangan tayyorgarlik ishlari. Bunga FVlarning xavfli va zararli omillaridan ximoyalanishga qaratilgan shaxsiy va jamoa himoya vositalarini g‘amlash va ularni aholi foydalanishi uchun tayyor vaziyatda saqlash hamda xavfli zonalardan aholini evakuautsiya qilish tadbirlarini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rish kabi tadbirlar kiradi;
2. Differetsial yondoshish. FVlarning mahalliy manbalarini hisobga olgan holda himoya tadbirlarining xarakteri va xajmi belgilanadi;
3. Kompleks tadbirlar. FV lardan himoyalanishning barcha bir qatorda zamonaviy texnoijtimoiy muhitdagi hayot faoliyatni ta’minlaydigan boshqa barcha tadbirlarni amalga oshirishni ko‘zda to‘tadi.
FV lardan himoya qilishning usullariga esa aholini evakuatsiya qilish, himoya inshootlariga yashirinish, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish va tibbiy profiklaktik vositalar kiradi.
Aholini himoya inshootlariga yashirish zamonaviy qirg‘in qurollari ishlatish bilan kechadigan harbiy-siyosiy mojarolar va radiaktiv hamda kimyoviy moddalar ajralishi bilan kechadigan FV lar vaqtida ishonchli himoya usuli hisoblanadi.
Himoya inshootlari – aholini fizikaviy va biologik xavfli va zararli omillardan himoya qilishga qaratilgan muhandislik inshooti hisoblanadi.
Shaxsiy himoya vositalari (ShHV) ichki a’zolarga, teriga va kiyimlarga radiaktiv va zaharlovchi moddalar hamda bakteriyalar tushmasligidan himoyalanish maqsadida ishlatiladi.
Shaxsiy himoyalanishning tibbiy vositalaridan FVlar vaqtida aholiga profilaktika va tibbiy yordam ko‘rsatish uchun foydalaniladi. Ular yordamida inson hayotini saqlab qolish, insonlarni zararlanish darajasi rivojlanishining oldini olish, ayrim xavfli va zararli omillar ta’siriga insonlar organizmi chidamliligini oshirish ishlarini bajarish mumkin. Bunday vositalarga radioprotektorlar (masalan, sistamen – ionli nurlar ta’sirini susaytiradi), antidotlar (zaharli moddalar ta’sirini cheklaydi yoki susaytiradi), bakteriyalarga qarshi vositalar (antibiotiklar, anterferonlar, vaksinalar, anatoksinlar va sh.k.) hamda qisman sanitar ishlov berish vositalari (shaxsiy bog‘ichlar paketi, kimyoviy zararlanishga qarshi shaxsiy paketlar va b.) kiradi.
Yuqoridagi tadbirlardan tashqari FVlar vaqtida aholi hayot faoliyatini ta’minlashda quyidagi tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish ham muhim rol o‘ynaydi:
aholini FV lar vaqtidagi harakat qoidalari bo‘yicha o‘qitish;
FV lar xavfi to‘g‘risida o‘z vaqtida xabar berishni tashkillashtirish;
radiatsion, kimyoviy va biologik razvedkani hamda dozimetrik va labaratoriyaviy
(kimyoviy) tekshirish ishlarini tashkil etish;
yong‘inga va epidemiyaga qarshi profilaktik hamda sanitar-gigienik tadbirlarni amalga oshirish;
aholini qutqarishda va boshqa muhit ishlarni amalga oshirishda zarur bo‘ladigan material vositalar zaxirasini tashkil etish.
|
| |