• Asosiy bosqich
  • Misol. Bilimlar maydonini shakllantirish bo`yicha ekspert bilan ishlash usuliga misol keltiramiz. Tayyorlovchi bosqich




    Download 177.31 Kb.
    bet14/23
    Sana31.10.2023
    Hajmi177.31 Kb.
    #91305
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
    Bog'liq
    4-маруза1 (Билимлар ва типлари)
    portal.guldu.uz-Metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari, 2.9. hozirgi o`zbek adabit tilidan kurs ishi metodikasi
    Misol. Bilimlar maydonini shakllantirish bo`yicha ekspert bilan ishlash usuliga misol keltiramiz.
    Tayyorlovchi bosqich [1-4, 13-16]:

    1. Loyihalanayotgan tizimning masalalarini, kirish va chiqishda nima bo`lishini, ish rejimi, maslahat olish, o`rgatish va boshqalarni aniqlash.

    2. Ekspertlarni tanlash: ekspertlar sonini aniqlash; kompetentlik darajasini tanlash (har doim ham birdaniga eng yuqori darajani tanlash yaxshi emas); ekspertlarni ishga qiziqtirish imkoniyatlari va usullarini aniqlash; ekspertlarni sinovdan o`tkazish;

    3. Bilimlar injenerini predmet sohasidagi maxsus adabiyotlar bilan tanishtirish.

    4. Bilimlar injeneri va ekspertlar tanishuvi (bundan keyin soddalik uchun ekspert bitta deb hisoblaymiz). Ekspertni SI bo`yicha mashhur adabiyotlar bilan tanishtirish.

    5. Bilimlar injenerining adabiyotlardagi aprior bilimlardan bilimlar maydonining birinchi yaqinlashishini qurishga harakati(bilimlar maydonining prototipi).

    Asosiy bosqich:

    1. Bilimlar maydonining «Tayyorgarligi»:

    a) predmet sohasiga bog`liq holda intervyu olish usulini tanlash;
    b) fikrlarni ovoz chiqarib protokollashtirish yoki ekspert mulohazalarini magnitofonda yozish (bilimlar injeneri iloji boricha hozircha mulohazalarga aralashmasligi lozim).
    2. «Uy ishi». Bilimlar injenerining ekspert mulohazalaridan ba’zi bir sababiy – natijaviy aloqalarni ajratishga harakati; predmet sohasining lug`atini tuzish va ekspertga savollarni tayyorlash;
    3. Bilimlar maydonini «biroz tayyorlash». Bilimlar maydoni prototipi va uy ishi, shuningdek, bilimlar injenerining savolga javobini ekspert bilan muhokama qilish.
    4. Kontseptual modelni shaklllashtirish.
    5. Ikkinchi yaqinlashishning bilimlar maydonini qurish.

    Ekspertlardan bilimlar olish tizimlari. MORE tashxis tizimi [20] misolida intervyu olish texnikasi tavsiflanganidek, mohiyatlar, farazlar, simptomlar, shartlar, aloqalar va yo`llarni tushuntirishga yo`naltirilgan:


    • farazlar – identifikatsiyasi o`zining tashxis natijasiga ega hodisa;

    • simptomlar – farazning mavjudligi natijasi hisoblangan hodisadir, uni kuzatish keyingi farazlarni qabul qilishni yaqinlashtiradi;

    • shartlar – qandaydir faraz uchun to`g`ridan to`g`ri simptomatik

    hisoblanmaydigan, ammo qandaydir boshqa hodisalar uchun tashxis qiymatlarga ega
    bo`la oladigan hodisalar yoki hodisalar to`plami;

    • aloqalar – mohiyatlar birlashmasidir(shu jumladan boshqa aloqalarning);

    • yo`llar – farazlarni simptomlar bilan ulovchi aloqalarning ajratilgan turi.

    Shunga mos holda quyidagi intervyu strategiyalari ishlatiladi: farazlar differentsiatsiyasi, simptomlarni farqlash, simptomli shartlashish, yo`llarni bo`lish va boshqalar.
    Farazlarni differentsiallash farazlarni aniqroq farqlash(ajratish) imkonini beradigan simptomlarni izlashga yo`naltirilgan. Bu ma’noda, eng kuchli simptomlar tashxis qilinadigan hodisalarning biridan kelib chiqadigan simptomlar hisoblanadi. Simptomlarni ajratish uning maxsus xarakteristikalarini aniqlaydi. Bu xarakteristikalar bir tomondan, uni biror bir farazning natijasi sifatida identifikatsiyalaydi, boshqa tomondan, boshqalariga qarama-qarshi qo`yadi. Simptomli shartlanganlik salbiy simptomlarni, ya’ni ularning bo`lmasligi mavjudligidan ko`ra katta og`irlikka ega bo`lgan simptomlarni aniqlashga yo`naltirilgan. Yo`llarni bo`lish topilgan simptomlar yo`lida yotgan simptomli hodisalarni topishni ta’minlaydi. Agar bunday simptom mavjud bo`lsa, u holda u topilgan simptomga ko`ra katta tashxis qiymatga ega.
    Ekspert intervyu olishning o`xshash strategiyalari IDIS [66] texnik tashxis tizimni yaratishda qo`llanilgan.
    KRIION [1-4, 21] tizimida bilimlarni egallash uchun 2 ta manba ishlatiladi: Ekspert, uning amaliyotida hosil qilingan bilimlari bilan(bu bilimlar, qoida bo`yicha, to`liqsiz, bog`lanmagan, yomon strukturalashtirilgan), kitobiy bilimlar, hujjatlar, qo`llanmalar tavsifi (bu bilimlar yaxshi strukturalashtirilgan va an’anaviy vositalar yordamida qayd qilingan). Birinchi manbadan bilimlarni olish uchun KRIIONda repertuar panjara va darajalarga bo`lish strategiyalarini qo`llovchi intervyu texnikasi qo`llanilgan. Bunda strategiyalarga o`tish usuli qo`llaniladi: agar semantik bog`langan tushunchalar uchligini ko`rsatishda ekspert ularning ikkitasini uchinchisidan ajratadigan belgini aniqlash holatida bo`lmasa, tizim darajalarga bo`lish strategiyasini ishga tushiradi va ularni ajratuvchi belgilarni aniqlash maqsadida bu tushunchalarning taksonomik strukturasini aniqlashga kirishadi.
    KRIIONda ekspertning protsedurali bilimlarini aniqlash uchun protokolli tahlil usuli qo`llanilgan. U 5 qadamda amalga oshiriladi. Birinchi qadamda ekspert yozuv jarayonida qiladigan to`xtashlar asosida protokollar segmentlarga bo`linadi. Ikkinchi qadam – segmentlarning semantik tahlili, har bir segment uchun mulohazalarni shakllantirish. Uchinchi qadamda matndan operator va argumentlar ajratiladi. Keyin BBda mulohazalardagi o`zgaruvchilarni topish uchun namuna bo`yicha izlashga kirishiladi. Oxirgi qadamda tasdiqlar ularning protokolda hosil bo`lishi bo`yicha tartiblanadi. KRIION da matnni tahlil qilish kitoblardan, hujjatlardan, tavsiflardan, qo`o`llanmalardan yaxshi strukturalashtirilgan bilimlarni olish uchun ishlatiladi.
    Predmet sohasi modelini aniqlashda [22] birinchi faza – bilimlar injeneri tomonidan predmet sohasining qo`pol modeli, ya’ni predmetlar va ularning ma’lum argumentlari turlari hamda sohaning ushbu predikatlar bilan ifoda etiladigan faktlar tizimiga ma’lumot berish yo`li bilan shakllantiriladi. Tizim predikatlarning xususiyatlarini aks ettiradi va ularni strukturalashtiradi, o`zaro munosabatni o`rnatadi. Ikkinchi fazoda insonning fikrlash xususiyatlarini aks ettiruvchi metabilimlar (umumiy strukturadagi) yordamida faktlarning predikatlarga mosligini tekshirish, faktlardan qoidalarning induktiv xulosasini chiqarish, boshqa qoidalardan qoidalar chiqarish amalga oshiriladi.
    Bilimlarni hosil qilish tizimini ifoda qilishning asosiy bosqichlarini keltiramiz.

    1. Qiziqtiradigan muammolarni yechish jarayoni sodir bo`ladigan faol sohani aniqlash va ularni avtonom sohalarga ajratish uchun intervyu .

    2. Predmet sohasining deklorativ modelini aniqlash va shakllantirish uchun avtomatlashtirilgan intervyu.

    3. Modelni protsedurali bilimlar bilan to`ldirish uchun oldingi bosqichda aniqlangan predmet soha munosabatlari va tushunchalarining protokolli tahlili( 2 va 3 bosqichlarni model kerakli to`liqlikka erishgunga qadar davom ettirish mumkin).

    4. Modelning deklorativ bilimlar bilan to`ldirilishi uchun protokollli tahlil. Modelning to`liqligini tekshirish. Odatda protokolli tahlil modeldagi bo`shliqlarni aniqlaydi.




    Download 177.31 Kb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




    Download 177.31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Misol. Bilimlar maydonini shakllantirish bo`yicha ekspert bilan ishlash usuliga misol keltiramiz. Tayyorlovchi bosqich

    Download 177.31 Kb.