Ma’lumotlar va bilimlar. Asosiy tushunchalar




Download 177.31 Kb.
bet2/23
Sana31.10.2023
Hajmi177.31 Kb.
#91305
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
4-маруза1 (Билимлар ва типлари)
portal.guldu.uz-Metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari, 2.9. hozirgi o`zbek adabit tilidan kurs ishi metodikasi



1. Ma’lumotlar va bilimlar. Asosiy tushunchalar




Ma’lumotlarbu alohida faktlar bo’lib, predmet soha(PrS)dagi obyektlar, jarayonlar va hodisalarni hamda ularning xossalarini tavsiflaydi.
Bilimlar - bu PrSdagi obyektiv qonuniyatlar (prinsiplar, aloqalar, qonunlar) bo’lib, ular amaliy faoliyat va professional tajribalar natijasida olinadi va mutaxassislarga ushbu sohada masalalarni qo’yish va echishga imkoniyat yaratadi.
Bilimlar bu yaxshi strukturalashgan ma’lumotlar, yoki ma’lumotlar haqidagi ma’lumotlar, yoki metama’lumotlar.
Katta sovet ensiklopediyasida bilimga quyidagicha ta’rif bergan: «Bilim – haqiqylikni anglash natijalarining amaliyotda tekshirilganligi va unung inson miyasida to’g’ri aks ettirilganligidir. Bilimlar hayotiy, ilmiylikka asoslanmagan, badiiy, ilmiy (nazariy va empirik)» bo’lishi mumkin[1].
SI sohasidagi tadqiqotlarning asosi bilimlar bilan bog’liq yondashuvdan iborat. SIning bazaviy paradigmalari asosan bilimlar hisoblanadi. Bilim tushunchasi boshqa ko’plab fundamental ilmiy tushunchalar (algoritm, intellekt, faoliyat va h.k) kabi intuitiv shaklda aniqlanadiganlar tipiga kiradi.
Ba’zi PrS haqidagi bilimlar ushbu PrSdagi obyektlar haqidagi ma’lumotlar majmuasidan, ushbu sohadagi obyektlarning muhim xossalaridan va ularni bog’lovchi munosabatlardan, jarayonlar hamda unda vujudga keladigan vaziyatlardan hamda ushbu vaziyatlar bilan bog’liq muammolarni tahlil qilishdan iborat [1].
Bilim tushunchasi ma’lumot yoki axborot tushunchasidan qanday farq qiladi?
Bilim –bu tashqi olamdan tirik mavjudod (subyekt) yordamida idrok etilgan axborotlar. Bilimning ma’lumotdan farqli tomoni uning subyektivligidadir [2]. Bilim subyektning hayotiy tajribalariga, uning tashqi olam bilan o’zaro aloqalar tarixiga, ya’ni uning o’rganish va o’zini-o’zi o’rganish jarayonlariga asoslanadi.
SI bo’yicha yaratilgan adabiyotlarga asoslangan holda bilimning ma’lumotlardan farqli tomonlarini quyidagicha ko’rsatish mumkin [2-4]:

  • bilimlar ko’proq strukturalashgan bo’ladi;

  • bilimlarda ma’lumotlarga o’xshab bilimlarning alohida elementlari emas, balki ular orasidagi o’aro bog’liqlik muhim ahamiyatga ega;

  • bilimlar ma’lumotlarga nisbatan o’zini-o’zi izohlovchi bo’ladi, ya’ni bilimlarda ulardan qanday foydalanish haqidagi axborotlar mavjud bo’ladi;

  • bilimlar ma’lumotlarga nisbatan faolroq bo’ladi, ya’ni bilimlar ulardan foydalanayotgan tizim harakatiga ta’sir etishi mumkin.

Shuni ta’kidlash joizki, bilimlar bilan ma’lumotlar orasida qat’iy chegara yo’q, chunki oxirgi 20 yillar mobaynida ma’lumotlar bazalarini boshqaruvchi tizilarni yaratuvchilar ma’lumotlarni va bilimlarni bir-biriga o’xshash qilib qo’ydilar. Misol sifatida ma’lumotlar bazalarini loyihalashda semantik to’tlarni qo’llash, obyektga yo’naltirilgan ma’lumotlar bazalarining paydo bo’lishi, saqlanuvchi protseduralar va h.k.larni keltirish mumkin. Shunday qilib, bilimlarning ma’lumotlardan yuqorida keltirilgan farqli tominlari informatika vositalarining rivojlanishi bilan bir-biriga yaqinlashib bormoqda.
EHMda ishlatiladigan axborot protsedurali va deklarativga ajratiladi [2-4]. Protsedurali axborot masalani yechish jarayonida bajariladigan dasturlarda moddiylashtirilgan, deklarativ axborot - bu dasturlar ishlatadigan ma’lumotlarda moddiylashtirilgan bo’ladi. EHMda axborotlarni tasvirlashning standart shakli mashina so’zi hisoblanadi. Mashina so’zi mazkur EHM turi uchun aniqlangan ikkilik razryadlar - bitlardan tashkil topgan. Ammo bir qator hollarda mashina so’zi baytlar deb nomlangan 8ta ikkilik razryadlar bo’yicha guruhlarga ajratilmoqda.
Hozirda mavjud ko’pgina EHMlarda axborotni mashina so’zining ixtiyoriy razryadlar to’plamidan bir bitgacha olish mumkin. Ko’pgina EHMlarda ikki yoki undan ortiq mashina so’zlarini katta uzunlikdagi bitta so’zga birlashtirish mumkin.
EHM strukturasining rivojlanishi bilan parallel ravishda ma’lumotlarni tasvirlash uchun axborot strukturalarning rivojlanishi sodir bo’ldi. Ma’lumotlarni vektor va matritsa ko’rinishida tavsiflash usullari paydo bo’ldi, ro’yxat va iyerarxik strukturalar vujudga keldi. Hozirda yuqori darajali dasturlash tillarida abstrakt ma’lumotlar turlari qo’llanilmoqda. Ularning strukturasi dasturchi tomonidan beriladi. Ma’lumotlar bazasi(MB)ning paydo bo’lishi deklarativ axborotlar bilan ishlash bo’yicha yana bir ilgari qadam bo’ldi. MBda bir vaqtning o’zida katta hajmdagi ma’lumotlar saqlanishi mumkin, MBni boshqarish tizimlarini tashkil etuvchi maxsus vositalar esa ma’lumotlarni samarali manipulyasiya qilishga, kerak bo’lganda bazadan ma’lumotlarni olish va ularni kerakli tartibda bazaga yozishga imkon beradi.
IT sohasidagi tadqiqotlarning rivojlanishi bilan protsedurali va deklarativ axborotlarning ko’pgina xusuiyatlarini o’zida birlashtirgan bilimlar konsepsiyasi vujudga keldi.
EHMda bilimlar ma’lumotlar kabi belgili ko’rinishda – formulalar, matnlar, fayllar, axborot massivlar va sh.k. ko’rinishida tasvirlanadi. Shuning uchun bilimlarni maxsus shaklda tashkil etilgan ma’lumotlar deyish mumkin. Lekin bu juda tor tushuncha bo’lardi. Shu bilan birga sun’iy intellekt (SI) tizimlarida bilimlarni shakllantirish va qayta ishlash tadqiqotlarning asosiy obyekti hisoblanadi. Bilimlar bazasi MB bilan bir qatorda SI dasturiy kompleksining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. SI algoritmlarini ifodalaydigan mashinalar bilimlarga asoslangan mashinalar deyiladi, SI nazariyasining ekspert tizimlarni qurish bilan bog’liq bo’lgan bo’limi bilimlar injineriyasi deyiladi.



Download 177.31 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Download 177.31 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’lumotlar va bilimlar. Asosiy tushunchalar

Download 177.31 Kb.