• Birinchi metadaraja
  • Ikkinchi metadaraja
  • 4-ma'ruza. Bilimlarning tiplari, xususiyatlari, tushunish darajalari va ularni olish usullari




    Download 177.31 Kb.
    bet8/23
    Sana31.10.2023
    Hajmi177.31 Kb.
    #91305
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
    Bog'liq
    4-маруза1 (Билимлар ва типлари)
    portal.guldu.uz-Metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari, 2.9. hozirgi o`zbek adabit tilidan kurs ishi metodikasi
    Beshinchi daraja: Javob uchun bu darajada IT matndan tashqari matn manbai bo’lgan va tizim xotirasida aloqaga taalluqli umumiy axborotlarni saqlaydigan muayyan subyekt haqidagi axborotdan foydalanadi. Beshinchi darajaga mos nazariya – nutqiy aktlar nazariyasidir.
    Shunga e’tibor berilganki, har qanday ibora nafaqat voqyelikning qandaydir hodisasini bildiradi, balki o’zida uchta harakatni birlashtiradi: lokutsiya, illokutsiya va perlokutsiya. Lokutsiya – bu o’z holicha gapirish, ya’ni so’zlovchi o’zining fikrini aytish uchun qilgan harakati. Illokutsiya – bu gapirish yordamida harakat: savol, istak(buyruq yoki iltimos) va tasdiq. Perlokutsiya – so’zlovchining tinglovchiga qandaydir ta’sir o’tkazishiga qaratilgan harakati: «xushomad qilish», «ajablantirish», «ko’ndirish» va x.k. Nutqiy aktni nutqiy harakatlarning ongli minimal birligi sifatida aniqlash mumkin. Har bir nutqiy akt lokutiv, illokutiv va perlokutiv aktlardan tashkil topgan.
    Birinchi metadaraja: Bu darajada bilimlar bazasi tarkibida o’zgarishlar sodir bo’ladi. U tizimga ma’lum va tizimga kiritilgan matnlarda mavjud bo’lgan faktlar bilan to’ldiriladi. Turli ITlar bir biridan bilimlardan faktlarni hosil qilish qoidalarining xarakteri bilan farq qiladi. Masalan farmokologik ekspertiza uchun mo’ljallangan tizimlarda bu qoidalar induktiv xulosa qilish va tasvirlarni tanish usullariga tayanadi. Qoidalar ehtimollar prinsipiga, xulosalarga va x.k. asoslangan bo’lishi mumkin. Barcha hollarda bilimlar bazasi aprior to’liqmas bo’lib ko’rinadi va bunday ITlarda savollarga javob qidirishda qiyinchiliklar yuzaga keladi. Xususan, bilimlar bazasida nomonoton xulosa kerak bo’lib qoladi.
    Ikkinchi metadaraja: Bu darajada metaforik bilimlarning paydo bo’lishi sodir bo’ladi. Bu maqsadlar uchun foydalaniladigan metaforik darajadagi bilimlarni hosil qilash qoidalari analoglar va assotsiatsiyalar bo’yicha xulosa qilishga tayanadigan maxsus protseduralarni o’zida ifodalaydi. Hozirgi vaqtda ma’lum bo’lgan uzluksiz xulosalash sxemasi sifatida Leybnis diagrammasidan foydalanadi. Bu diagramma uzluksiz fikrlashning faqat xususiy hollarini aks ettiradi. Assotsiativ fikrlash sxemalari bundan ham sayoz.
    Tushunish darajalari va metadarajalari IT arxitekturasi nuqtai nazaridan qaralsa ketma-ket yangi bloklarni qo’shish va ular amalga oshiradigan protseduralarning murakkablashuvini kuzatish mumkin. Birinchi darajada faqat matnning o’ziga tegishli bo’lgan bilimlar bazasi bilan lingvistik protsessor yetarli bo’ladi. Ikkinchi darajada bu protsessorda mantiqiy xulosalash protsedurasi paydo bo’ladi. Uchinchi darajada bilimlar bazasi kerak bo’ladi. Dastlabki ma’lumot kanalidan mustaqil holda ishlaydigan yangi ma’lumot kanalining paydo bo’lishi to’rtinchi daraja bilan xarakterlanadi. Rivojlanishning beshinchi darajasida bilimlar va ma’lumotlarni xulosalashning turli xil usullari olinadi. Bu darajada individual va guruxli xatti xarakatlar modeli muhim bo’ladi.



    Download 177.31 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




    Download 177.31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-ma'ruza. Bilimlarning tiplari, xususiyatlari, tushunish darajalari va ularni olish usullari

    Download 177.31 Kb.