• Uchinchi daraja
  • To’rtinchi daraja
  • 4-ma'ruza. Bilimlarning tiplari, xususiyatlari, tushunish darajalari va ularni olish usullari




    Download 177.31 Kb.
    bet7/23
    Sana31.10.2023
    Hajmi177.31 Kb.
    #91305
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
    Bog'liq
    4-маруза1 (Билимлар ва типлари)
    portal.guldu.uz-Metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari, 2.9. hozirgi o`zbek adabit tilidan kurs ishi metodikasi
    Ikkinchi daraja: Ikkinchi darajada matndagi ma’lumotlarga asoslangan mantiqiy xulosa qilish vositalari qo’shiladi. Bular matnda yaqqol mavjud bo’lmagan axborotlarni tug’dirish imkoniga ega bo’lgan matndagi turli xil mantiqlardir(vaqtli, fazoli, kauzual va sh.k.). Bizning misolda ikkinchi darajada «Nima oldin bo’ldi: Zarruxning maktabga ketishimi yoki uning tushlik qilishimi?» yoki «Zarrux maktabdan kelgandan keyin sayr qildimi?» kabi savollarga to’g’ri javob hosil qilish mumkin. IT matnning vaqt strukturasini tuzibgina qolmay, bu kabi savollarga javob berishi lozim.
    Uchinchi daraja: Ikkinchi daraja vositalariga atrof - muhit haqidagi tizimlar bilimlari bilan matnni to’ldirish qoidalari qo’shiladi. ITda bu bilimlar mantiqiy xarakterga ega bo’ladi va boshqa turdagi protsedura va senariyalar ko’rinishida qayd qilinadi. Uchinchi tushunish darajasida IT «Zarrux ertalab soat sakkizda qayerda bo’lgan?» yoki «Soat ikkida Zarrux qayerdan keldi?» kabi savollarga javob bera olishi kerak. Buning uchun «maktabda bo’lish» jarayoni nimani bildirishini, xususan, bu jarayon uzluksiz va unda ishtirok etuvchi subyekt hamma vaqt «maktabda» bo’lishini bilish kerak.
    Uchinchi darajali tushunish amalga oshiriladigan IT strukturasi tashqi tomondan ikkinchi daraja sxemasidan farq qilmaydi. Biroq mantiqiy blokda nafaqat sof deduktiv xulosalash vositalari, balki senariylar bo’yicha xulosalash vositalari ham ko’zda tutilishi kerak.
    Sanab o’tilgan uchta tushunish darajalari amalda ishlayotgan barcha ITlarda amalga oshirilgan. Birinchi daraja va qisman ikkinchi daraja turli xil tabiiy tilda muloqot qilish tizimlariga kiradi.
    Tushunishning keyingi ikkita darajasi mavjud ITlarda qisman amalga oshirilgan.
    To’rtinchi daraja: Matn o’rniga unda ma’lumotlarni olishning ikkita kanali mavjud bo’lgandagina kelib chiqadigan kengaytirilgan matn ishlatiladi. Birinchi kanal orqali tizimga matn uzatiladi, ikkinchisi orqali matnda mavjud bo’lmagan qo’shimcha axborotlar uzatiladi. Insonlar o’rtasidagi aloqada ko’rish ikkinchi kanal ro’lini o’ynaydi. Birdan ortiq aloqa kanallariga ko’rish imkoniyatiga ega bo’lgan intellektual robotlar ega bo’ladi.
    Aloqaning ko’rish kanali atrof -muxitning «shu yerda va hozir» holatini qayd qilish va matnga kuzatilayotgan axborotni kiritish imkonini beradi. Tizim matn yuzaga keladigan vaziyat bilan to’g’ridan to’g’ri bog’langan so’zlar kiritilgan matnlarni tushunish qobiliyatiga ega bo’ladi.
    To’rtinchi darajali tushunish bo’lgan holda IT «Nima uchun Zarrux buni olmasligi kerak edi?» yoki «Zarrux nima qildi?» kabi savollarga javob bera oladi.

    Download 177.31 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




    Download 177.31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-ma'ruza. Bilimlarning tiplari, xususiyatlari, tushunish darajalari va ularni olish usullari

    Download 177.31 Kb.