Bilimlarning tiplari va bilimlarni sinflash




Download 177.31 Kb.
bet3/23
Sana31.10.2023
Hajmi177.31 Kb.
#91305
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
4-маруза1 (Билимлар ва типлари)
portal.guldu.uz-Metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari, 2.9. hozirgi o`zbek adabit tilidan kurs ishi metodikasi
2. Bilimlarning tiplari va bilimlarni sinflash

S.I.Ojegov «Rus tili slovarida» [5] bilimni - «haqiqiylikni ong bilan anglash (fahmlash, tushunish, payqash) va «qandaydir sohada ma’lumotlar, bilishlar majmui» kabi izohlaydi. Ushbi ishda PrSdagi bilimlarning quyidagi turlari keltirilgan: deklarativli, pragmatikli, protsedurali, evristikli, exspertli.


Yuqorida keltirilgan bilimlarning izohlarini hisobga olib, ularni ikkita: obyektiv va subyektiv (inson bilimlari) bilimlarga ajratish mumkin [1].
Obyektiv bilimlar aniq obyekt yoki obyektlar sinfini (narsalar, jarayonlar, hodisalar va h.k.) tavsiflash bilan bo’g’liq. Metabilimlar esa tabiyat, jamiyat va fikrlashning umumiy tushunchalari, prinsiplari va qonuniyatlarni tvsiflaydi.
Subyektiv bilimlar inson, insonlar guruhi yoki sun’iy bilimlar manbalaridan (kitob, o’quv kursi, gazeta, ilmiy jurnal,videofilm va boshqalar) olinadi. Inson yordamida olingan subyektiv bilimlarni izohlashda ushbu insonning dunyoqarashi, qobilyati, xulq-atvori, hayotiy tajribasi, professional faoliyat sohasi va h.k. kabi xususiyatlari e’tiborga olinishi lozim.
SI sohasidagi mutahasislar bilimlar tiplarini tahlil qilishda e’tiborni ko’proq bilimlarning formal-mantiqiy tomonlariga qaratadilar. Bunda EHM xotirasida saqlangan bilimlarga maxsus algoritmlarni qo’llab, huddi mantiqiy hulosalash kabi natijalarni olish mumkin.
Psixologlar nuqtai–nazaridan [1] idrok etish, xotira, fikrlash kabi psihik timsollar bilimlarni ifodalaydi. Psixik timsollar sifatida predmetlar va tashqi olamdagi hodisalar, insonnig turli hatti-xarakatlari timsollari va h.k. lar qaraladi. Ko’p hollarda bilimlar sifatida - predmetlar, hodisalar, ularning hossalari va ular orasidagi munosabatlarni ifodalovchi fahmlovchi dinamik modellar qaraladi. Psixologik jihatdan bilimlar sezuvchu, tasvirli va belgili modellar shaklida mavjud bo’ladi.
Bilimlarni yuqorida keltirilgan izohlashlar nuqtai-nazaridan to’rtda guruhga birlashtirish mumkin [1] (4.1-rasm).



Bunda :
- psixologikli- bilimlarni psixologlar izohlaydi;
- intellektualli – bilimlarni SI sohasidagi mutaxassislar izohlaydi;
- formalli-mantiqli- bilimlarni mantiqchilar izohlaydi;
- axborotli-texnologokli - bilimlarni pragmatic-daturchilar va axborot tizimlarni yaratuvchilar izohlaydi.
Bilimlarni manbalardan olish xarakterlariga, foydalanish hamda ishonchlilik darajalari va maqsadga bog’liqligiga qarab sinflash 4.2-rasmda keltirilgan [1].
Bilimlarni olishning manbalariga qarab ular aprior va hosil qilinadigan bilimlarga bo’linadi [1]. Aprior bilimlar MBni o’z ichiga olgan intellektual tizim(IT)lar o’z faoliyatini boshlaguncha undagi MBda aniqlanadi va to’planadi. Aprior bilimlardan farqli ravishda, hosil qilinuvchi bilimlar MBdan foydalanish jarayonida shakllantiriladi.
Ushbu bilimlarning manbalari sifatida exspertlar, tashqi sun’iy kuzatuvchi qurilmalar (turli xildagi datchiklar, timsollarni angllash mexanizmlari va h.k) hamda intellectual tizim doirasida bilimlarni hosil qilish va xulosalash qoidalari hamda protseduralari bo’lishi mumkin.



Bilimlardan foydalanish aspektlariga qarab ularni deklarativli (faktlar, ma’lumotlarning tavsifiy tipi), protsedurali (qandaydir muammoli sohada bir xil tipdagi masalalarni echish uslyblari haqidagi axborotlar) va metabilimlarga (bilimlar haqidagi bilimlar) ajratish mumkin [1].


Deklarativ bilimlar obyektlarni va ular orasidagi munosabatlarni tavsivlash uchun qo’llanildi.
Protsedurali bilimlar –o’zini’oz’i izohlovchi bilimlardan iborat bo’lib, protseduralarni tavsivlashda qo’llaniladi. Bu protseduralarda PrSning hamda uning MBdagi modellari o’zgarishi bilan bog’liq harakatlari dasturlashtirilgan bo’lishi mumkin. Bunda bilimlar bazasining ba’zi qismlarini qayta ishlovchi maxsus protseduralar nabori joriy holatni ifodalaydi.
Metabilimlar ko’p hollarda bilimlar haqidagi bilimlar shaklida aniqlanadi va bilimlardan foydalanish prinsiplari haqidagi umumiy ma’lumotlardan iborat bo’ladi. Metabilimlar tipiga protsedurali bilimlarni tanlash va qo’llashni boshqarish strategiyalari ham kiradi.
Bundan tashqari ba’zi adabiyotlarda bilimlarni quyidagi tiplarga ajratishadi [2-4]:
• interfeysli – atrof-muhit bilan aloqa qiluvchi bilimlar;
• muammoli- PrS haqidagi bilimlar;
• protsedurali - masalarni echish usullari haqidagi bilimlar;
• strukturali – operatsion tizimlar haqidagi bilimlar;
• metabilimlar – bilimlarning hossalari haqidagi bilimlar.
Maqsadga yo’naltirilganlik nuqtai-nazaridan bilimlarni extensionalli (aniq, tashqi) va intensionalli (abstraktli, maqsadli) tiplarga ajratish mumkin [2-4]. Extensionalli bilimlar haqiqiy olamdagi obyektlar haqidagi faktlarni ifodalaydi. Ushbu bilimlarga misollar sifatida relyatsion bazalarni keltirish mumkin:
1) "Axmedov avtomobilga ega ";
2) "Erdan quyoshgacha bo’lgan masofa 150 mlrd. km";
3) "To’rtburchak-bu geometrik figura ".
Intensionalli bilimlar faktlarni bir-biri bilan bog’lovchi qoidalar yoki haqiqiy olam qonuniyatlarini ifodalaydi. Ushbu bilimlarga misollar sifatida mahsuliy bazalarni keltirish mumkin:
1) "Inson shaxsiy mulkga ega bo’lishi mumkin, masalan, avtomobil ";
2) "Planetada hayot bo’lishi uchun, u erdan 100-300 mlrd.km masofada bo’lishi kerak ";
3) "Agar geometrik figuraning to’rtda burchagi bo’lsa, u holda bu to’rtburchak ".

Download 177.31 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Download 177.31 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bilimlarning tiplari va bilimlarni sinflash

Download 177.31 Kb.