• 4. Semantik metrika .
  • 4-ma'ruza. Bilimlarning tiplari, xususiyatlari, tushunish darajalari va ularni olish usullari




    Download 177.31 Kb.
    bet5/23
    Sana31.10.2023
    Hajmi177.31 Kb.
    #91305
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
    Bog'liq
    4-маруза1 (Билимлар ва типлари)
    portal.guldu.uz-Metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari, 2.9. hozirgi o`zbek adabit tilidan kurs ishi metodikasi
    3. Bog`langanlik. Axborot bazada axborot birliklar orasida har xil turdagi bog`lanishlarni o`rnatish imkoniyati ko`rilgan bo`lishi kerak. Avvalo bu bog`lanishlar axborot birliklar orasidagi munosabatlarni xarakterlashi mumkin. Munosabatlar semantikasi deklorativ yoki protsedurali xarakterga ega bo`lishi mumkin. Masalan ikki yoki undan ortiq axborot birliklar «bir vaqtning o`zida» munosabati orqali, ikkita axborot birliklar «sabab-natija» yoki «yonma-yon bo`lish» munosabatlari orqali bog`langan bo`lishi mumkin. Keltirilgan munosabatlar deklorativ bilimlarni xarakterlaydi. Agar ikki axborot birliklar o`rtasida «argument-funksiya» munosabati o`rnatilgan bo`lsa, u holda u aniq funksiyalarni hisoblash bilan bog`liq bo`lgan protsedurali bilimlarni xarakterlaydi. Bundan keyin strukturalashtirish munosabatlari, funksional munosabatlar, kauzal(sababiyat) munosabatlar va semantik munosabatlarni farqlaymiz. Birinchisi yordamida axborot birliklarning ierarxiyasi beriladi, ikkinchisi bir axborot birlik yordamida boshqasini topishga(hisoblashga) yordam beradigan protsedurali axborotdan dalolat beradi, uchinchisi sabab-natija bog`lanishlarni beradi, to`rtinchisi boshqa barcha munosabatlarga mos keladi.
    Bilimlarning sanab o`tilgan uchta xususiyatlari semantik to`r deb nomlangan bilimlarni namoyish etishning umumiy modelini kiritishga imkon beradi. Semantik to`r uchlarida axborot birliklar joylashgan ierarxik to`rni o`zida aks ettiradi. Bu uchlar individual nomlar bilan ta’minlangan. Semantik to`rning yoylari axborot birliklar orasidagi turli xil bog`lanishlarga mos keladi. Bunda ierarxik bog`lanishlar strukturalashtirish munosabati orqali, ierarxik bo`lmagan bog`lanishlar boshqa turdagi munosabatlar orqali aniqlanadi.
    4. Semantik metrika. Ba’zi hollarda axborot birliklar to`plamida axborot birliklarning holatiy yaqinligini xarakterlovchi munosabatini, ya’ni axborot birliklar orasidagi assotsiativ bog`lanish kuchini berish foydali. Uni axborot birliklar uchun relevantlik munosabati deyish mumkin. Bunday munosabat axborot bazada qandaydir namunaviy vaziyatni ajratish imkonini beradi (masalan, «harid», «chorrahada harakatni boshqarish»). Relevantlik munosabatlari axborot birliklar bilan ishlaganda topilgan bilimlarga yaqin bilimlarni topishga imkon beradi.

    Download 177.31 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




    Download 177.31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-ma'ruza. Bilimlarning tiplari, xususiyatlari, tushunish darajalari va ularni olish usullari

    Download 177.31 Kb.