daromadlar qatori alohida tarkiblangan holda umumiy summada moliyaviy
natijalar to‘g’risidagi hisobotga tushiriladi. Operatsion daromadlar va xarajatlar
o‘zining sof qiymati bo‘yicha ham moliyaviy natijalar to‘g’risidagi hisobotga
tushirilishi belgilanadi. Bunda operatsion jarayonlardan olingan daromadlar ular
bo‘yicha xarajatlar qiymatiga farqlangan holda hisobotga foyda yoki zarar qatoriga
tushiriladi.
Asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foydani aniqlash uchun mahsulotlar
sotishdan tushgan yalpi foydadan davr xarajatlari va asosiy faoliyatdan
olingan boshqa xarajatlar chegirilishi, asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar
qo‘shilishi tavsiya etilgan.
Korxonada asosiy faoliyatdan olingan foyda (zarar) va uni o‘zgarishiga ta’sir
qiluvchi omillarga baho berishda davr xarajatlari, asosiy faoliyatdan olingan
boshqa daromadlar hamdaxarajatlarni ham tahlil qilish kerak.