Marketingning sohalarda qo’llanilish tarixi




Download 31,63 Kb.
bet2/7
Sana18.12.2023
Hajmi31,63 Kb.
#122393
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mavzu marketing konsepsiyalari va ularning evolyutsiyasi reja
3-mavzu. Analog imslar. Barqaror tok generatori (btg) sxemasi. R, 103-гр Аллакулов Акмал, Kurs ishi mavzulari, Ko\'pburchakning perimetri, 11, 7hPJs0Gp9UQh5JBE8tQjpNZOXt6SubwbQl2yYFVf, O’zbekiston respublikasi xalq talimi ta’lim vazirligi, Mavzu Klient-server arxitekturalari.SHavkat, MUA 3 mavzu., Mavzu Assembler tilida dasturlash asoslari, SPLAYN, 9 sinf matematika 1-Chsb demo (umumta lim), 2020, Modul topshiri1
Marketingning sohalarda qo’llanilish tarixi

T/r

Davr

Qo’llanilish sohasi

1

1950-1960 yillar

Xizmatlar sohasi (xizmatlar marketing)

2

1970 yillar

Turizm sohasi (turizm marketingi, hududiy marketing)

3

1970 yillarning oxiri

Moliya va bank sohasi (moliyaviy marketing, bank marketingi

4

1980 yillar

Siyosiy soha (siyosiy marketing)

5

1990 yillar

Ijtimoiy soha (ijtimoiy marketing, yashil marketing)

6

2000 yil boshlarida

Internet-marketing, raqamli marketing, E-marketing

An’anaviy marketing konsepsiyalari shuning uchun tovar ishlab chiqarish hajmi, tannarxi, tovarning iste’mol xususiyatlarini yaxshilash, tovarni sotishni jadallashtirishga qaratilgan.
Marketing konsepsiyasining shakllanishiga ilmiy-texnik taraqqiyot, ularning tez sur’atlar bilan yangilanib turishi, ishlab chiqarishni samarali boshqarish va hokazolar katta ta’sir ko’rsatdi. Marketing evolyusiyasining birinchi bosqichi XX asrning boshidan 30-yillarning o’rtalarigacha, ikkinchi bosqichi esa 30 yillarning o’rtalaridan 80-yillarning o’rtalarigachani, uchinchi bosqichi esa 80-yillarning o’rtalaridan to hozirgi kungacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
Marketing evolyusiyasining birinchi bosqichida ketma-ket ikki konsepsiya paydo bo’ldi: ishlab chiqarishni takomillashtirish va tovarni takomillashtirish konsepsiyalari.
Ishlab chiqarishni takomillashtirish konsepsiyasini (the production concept) qo’llash ikki holatda o’rinli bo’ladi. Birinchisi, talab taklifdan yuqori bo’lgan holatda. Bu holatda korxona rahbariyati asosiy e’tiborni ishlab chiqarishni yuksaltirishga qaratadi. Ikkinchisi, tovarning tannarxi yuqori bo’lganda, chunki uni kamaytirish uchun ishlab chiqarish samaradorligini oshirish talab etiladi. Demak, bu konsepsiyada tovar ishlab chiqarilsa bas, hyech qanday marketing tadbirlari qo’llanmasa ham tovarning xaridorlarga sotilishi ta’minlanadi.
Tovarni takomillashtirish konsepsiyasining (product concept) mohiyati shundan iboratki, iste’molchilar yuqori sifatli, yaxshi ekspluatasion xususiyatlarga va tavsiflarga ega bo’lgan tovarga nisbatan hayrihoxlik bilan qaraydilar. Demak, firma yoki korxona boshqaruvchilari tovar sifatini yaxshilashga, ekspluatasion xususiyatlarini oshirishga, o’rab-joylash, baho va dizayn yordamida tovarning xaridorgirligini oshirishga, umuman bu tovarning sifati a’lo darajada ekanligiga iste’molchini ishontirishga o’z kuch-qudratini sarflamog’i zarur. Boshqacha aytganda bu konsepsiya “uzoqni ko’rolmaydigan marketing”ga olib kelishi mumkin. Masalan, “O’zbekiston havo yo’llari” kompaniyasining rahbariyati mijozlarga faqat samolyot kerak deb o’ylab, boshqa qulayliklar va xizmatlarni tashkil etishni o’ylashmasa, u holda mijozlarini yo’qotib qo’yishi ham mumkin.
Marketing evalyusiyasining ikkinchi bosqichida tijorat faoliyatini jadallashtirish va marketingning umumiy konsepsiyalari (marketing-mikc) vujudga keldi. Bu konsepsiyalarda asosiy e’tibor tovarni sotishga va iste’molchilarga qaratilgan.
Tijorat faoliyatini (sotishni) jadallashtirish konsepsiyasi (selling concept) tovarni siljitish, sotish va sotilishlarini rag’batlantirish sohasida yetarli darajada, hatto agressiv harakatlar amalga oshirilmasa, iste’molchilar korxonaning tovarlarini kerakli miqdorda sotib olmaydilar – deb hisoblaydi. Ko’pgina firmalar sotishda qiyinchiliklar tug’ilsa, ortiqcha ishlab chiqarish belgilari ko’rina boshlasa, mazkur konsepsiyani mo’ljal qiladilar. Bunday firma va kompaniyalarning maqsadi - bozor talab qilayotgan tovarlarni ishlab chiqarish emas, balki ishlab chiqarilgan tovarlarni sotishdan iboratdir.
Ko’pchilik hollarda tijorat faoliyatini jadallashtirish va marketing konsepsiyalarini bir-biri bilan chalkashtiradilar. Marketing sohasi bo’yicha yirik mutaxassis T.Levitt ularni bir-biridan quyidagicha farqlaydi: tijorat faoliyatini jadallashtirish konsepsiyasi - bu diqqat-e’tiborni sotuvchi zaruriyatiga qaratish, marketing konsepsiyasi esa butun diqqat-e’tiborni xaridorga qaratishdan iboratdir.
2.2-jadvalda bu ikki konsepsiya taqqoslanadi. Bu jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan shuni anglash mumkinki, tijorat faoliyatini jadallashtirish va marketing konsepsiyalari e’tibor berilayotgan asosiy obyekt, maqsadga erishish vositalari va nihoyat so’nggi maqsadlari bo’yicha bir-biridan ma’lum darajada farq qilar ekan.

Download 31,63 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 31,63 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Marketingning sohalarda qo’llanilish tarixi

Download 31,63 Kb.