• Marketing-miks
  • Marketing-miksning maqsadi
  • Zamonaviy marketing konsepsiyalari, ularning rivojlanish shart-sharoitlari




    Download 31,63 Kb.
    bet5/7
    Sana18.12.2023
    Hajmi31,63 Kb.
    #122393
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    2-mavzu marketing konsepsiyalari va ularning evolyutsiyasi reja
    3-mavzu. Analog imslar. Barqaror tok generatori (btg) sxemasi. R, 103-гр Аллакулов Акмал, Kurs ishi mavzulari, Ko\'pburchakning perimetri, 11, 7hPJs0Gp9UQh5JBE8tQjpNZOXt6SubwbQl2yYFVf, O’zbekiston respublikasi xalq talimi ta’lim vazirligi, Mavzu Klient-server arxitekturalari.SHavkat, MUA 3 mavzu., Mavzu Assembler tilida dasturlash asoslari, SPLAYN, 9 sinf matematika 1-Chsb demo (umumta lim), 2020, Modul topshiri1
    2.3. Zamonaviy marketing konsepsiyalari, ularning rivojlanish shart-sharoitlari.


    Marketing-miks (marketing aralashmasi) – bu marketing bo’yicha mutaxassislarning xaridorlar ehtiyojlarini eng yaxshi tarzda qondirishga harakat qiladigan vositalar, elementlar va ko’rsatkichlar to’plamidir.
    Marketing-miks - bu muvaffaqiyatning umumiy formulasida doimiy ravishda marketing nazorati ostida bo'lgan o'zgaruvchilar to'plami.
    Marketing-miks - bu kompaniya o'zi ishlab chiqaradigan mahsulotga bo'lgan talabga ta'sir ko'rsatishga intiladigan marketing vositalari to'plami.
    Marketing-miksning maqsadi - kompleks marketing ta'siri va maqsadli bozordagi marketing muammolarini eng samarali hal qilish.
    Marketing-miks — bu bozorning murakkabligi va harakatchanligiga mos keladigan ko’p o’lchamli marketing strategiyasini har xil birikmalar va bog’lanishlarda ishlab chiqishga imkon beradigan turli xil marketing qurollari to’plamidir.
    Muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo’ladigan amaliy qurollarning nomlari tasdifga ko’ra ingliz tilining R harfidan boshlanadi. Marketing faoliyatining ushbu yig’indisini belgilash uchun «4R» formulasi ishlatiladi: Product (mahsulot, tovar) — Price (narx) — Promotion (siljitish) — Rlase (taqsimlash). Ba’zi hollarda unga 5 — «R»ni ham kiritadilar (Reorlye (iste’molchilar). Bunda oldingi tarkibiy bloklarga tegishli strategiyani amalga oshirishning sifat darajasini belgilaydigan personal muammolarning kompleksi nazarda tutiladi. Shunday qilib, marketing-miksning marketing strategiyasini shakllantiruvchi 5 ta asosiy muammoli funksional bloklarini ajratib ko’rsatish mumkin.
    Mahsulot. Iste’molga mo’ljallangan har qanday mahsulot dastavval iste’molchilar talabiga to’lato’kis javob berishi va muayyan ko’rsatkichlar bo’yicha boshqa ishlab chiqaruvchilar (raqobatchilar) mahsulotidan albatta ustun bo’lishi kerak. Bunda eng asosiy mezon bo’lib mahsulot sifati hisoblanadi. O’zining strategik faoliyati asosiga sifat omilini qo’yadigan firma kelajakda foyda olish uchun ko’proq imkoniyatlarga ega bo’ladi. Biroq marketolog iste’molchilarning umidiga mos tushadigan mahsulotning tashqi ko’rinishi (dizayn, o’rami) haqida unutmasligi kerak. Shu bilan birga tovarning hayotiy davri bosqichlarini xam hisobga olishi kerak.
    Narx. Iste’molchilarning boyliklar tizimi o’zgaruvchandir. Shuning uchun narx va narxlashtarishni amalda boshqarish — yuqori professional yondashuvni talab qiladigan murakkab jarayondir. Ba’zi tadqiqotchilar hisoblaydilarki, qiymat bu ishlab chiqarish hajmiga nisbatan mahsulot sifatidir. Hozir ham ko’pgina korxonalarda narx bo’yicha qarorlar faqat moliyaviy yondashuv doirasida qabul qilinadi, ya’ni xarajatlar va rentabellikni hisoblash asosida aniqlanadi. Tovarlar yetarlicha differensiallanmagan va shu bilan birga raqobatchilar ko’p bo’lsa, bu vaziyatda firmaning bozor ta’siri sust bo’lishi mumkin, va odatda, bozordan kelib chiqadigan narx qabul qilinadi. Firma strategik marketingni qo’llasa va buning natijasida bozorda kuchga ega bo’lib borsa, tabiiyki, bunday holda firma uchun narxni belgilash jarayoni tanlangan strategiya uchun markaziy ahamiyatga ega bo’ladi.
    Firma darajasida narx ikkilamchi rol o’ynashini unutmaslik kerak. Bir tomondan, u talabni rag’batlantirish omili bo’lib hisoblanadi, boshqa tomondan esa bir vaqtning o’zida uzoq muddatli rentabellikning asosiy qurolini ifodalaydi.

    Download 31,63 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 31,63 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zamonaviy marketing konsepsiyalari, ularning rivojlanish shart-sharoitlari

    Download 31,63 Kb.