• Strategik marketing konsepsiyasi
  • Marketing konsepsiyalarining rivojlanish evolyusiyasi




    Download 31,63 Kb.
    bet4/7
    Sana18.12.2023
    Hajmi31,63 Kb.
    #122393
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    2-mavzu marketing konsepsiyalari va ularning evolyutsiyasi reja
    3-mavzu. Analog imslar. Barqaror tok generatori (btg) sxemasi. R, 103-гр Аллакулов Акмал, Kurs ishi mavzulari, Ko\'pburchakning perimetri, 11, 7hPJs0Gp9UQh5JBE8tQjpNZOXt6SubwbQl2yYFVf, O’zbekiston respublikasi xalq talimi ta’lim vazirligi, Mavzu Klient-server arxitekturalari.SHavkat, MUA 3 mavzu., Mavzu Assembler tilida dasturlash asoslari, SPLAYN, 9 sinf matematika 1-Chsb demo (umumta lim), 2020, Modul topshiri1
    2.2. Marketing konsepsiyalarining rivojlanish evolyusiyasi.
    Marketing konsepsiyasi – bu umumiy faoliyat yoki marketing faoliyatini tashkil etishning ilmiy asoslangan loyihasi bo’lib, u aniq yo’nalishli g’oyaga, samarali strategiyaga, tadbirkorlikni amalga oshirish uchun zarur operasion vositalarga asoslangan. Korxonaning strategik maqsadlariga erishishga qaratilgan biznesning asosiy qarashlari va usullarining to’plami.
    An’anaga ko’ra, marketing nazariyasida iqtisodiy vaziyat o’zgarishi bilan marketing konsepsiyalari ham rivojlanib, yangi konsepsiyalar shakllanib borgan. Bozor to’yinmagan sharoitda ishlab chiqarishni takomillashtirish, tovarlar to’yinishi bilan sotishni takomillashtirish, ekologik muammolarni vujudga kelishi bilan ijtimoiy-axloqi marketing konsepsiyasi qo’llanildi.
    XX asrning oxiri va XXI asrning boshlariga kelib marketing nazariyasida ham bir qator o’zgarishlar ro’y berdi. XX asrning oxirida jamiyat hayotini axborotlashtirish, internetni keng kirib kelishi korxonalarning xaridorlar bilan bevosita munosabatda bo’lish imkoniyatini yaratdi. XXI asrning boshlarida esa marketing faoliyatiga ham raqamli texnologiyalar jadal sur’atlar bilan kirib keldi. Bu davrdan boshlab har bir iste’molchi bilan individual ishlash imkoniyatlari paydo bo’ldi. Ommaviy marketingdan alohidalashgan marketingga o’tish kuzatildi.
    Shunday yo’nalishlardan biri – munosabatlar marketingi (maksi-marketing) zamonaviy telekommunikasiyaviy vositalardan foydalangan holda iste’molchilar bilan individual munosabatlarni iloji boricha mustahkamlashga yo’naltirilgan. Bu yerda uzluksiz ravishda interaktiv kommunikasiyalar yordamida olingan individual iste’molchi haqidagi bilimlarni amalda tadbiq etish jarayoni boradi. Bu bilimlar uzluksiz va uzoq muddatli o’zaro manfaatli aloqalarni ta’minlash maqsadida mahsulotlar va xizmatlarni yaratish va siljitishga yordam beradi. Bunday munosabatlarning xaridor uchun afzalliklari – aloqalarning samaradorligi, ishlab chiqaruvchi uchun – foyda, ikkalasi uchun – tinchlik, kelajakka ishonch. Qayd qilish kerakki, individual marketing mehmonxonada lyuks xizmat ko’rsatishda, bank ishida tobora ko’proq rivojlanmoqda, aniqrog’i, har qanday alohidalashgan tovar bozorlarida qo’llanilishi mumkin.
    Shu tariqa XXI asrda shakllangan zamonaviy marketing konsepsiyalari qatoriga o’zaro munosabatlar marketingi konsepsiyasi kiradi. O’zaro munosabatlar marketing konsepsiyasining asosiy g’oyasi oldi-sotdi jarayoni ishtirokchilari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning qanday o’rnatilganligiga qaratiladi.
    Hozirgi kunda barcha harakatlar faqat iste’molchilarning ehtiyojlari va motivlari, aytilgan va aytilmagan istaklarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim. Shunday qilib, 2000 yillarning boshlarida munosabatlar marketingi konsepsiyasi aniq o’zining g’oyasiga ega bo’ldi. Korxonalar faoliyatidan mustahkam o’rin egalladi. Munosabatlar marketingi konsepsiyasining asosiy g’oyasini Customer Relationship Management (yoki “mijoz bilan o’zaro munosabatlarni boshqarish”) tushunchasi ifodalaydi. CRM – axborot texnologiyalaridan faol foydalaniladigan marketing strategiyasi bo‘lib, keng ma’lumotlar to‘plami yaratish va qo‘llashni o‘z ichiga oladi hamda kompaniyalarga shaxsiy yondashuvga asoslangan o‘zaro manfaatli munosabatlar yaratish maqsadida mijozlar haqida axborot to‘plash va qayta ishlashga imkon beradi. CRM yondashuvi ommaviyligining o‘sishi 1990 yillar oxirida internet texnologiyalari paydo bo‘lishi bilan ta’minlangan.
    An’anaviy marketing konsepsiyalari hozirgi raqamlashtirish sharoitida iste’molchilar ehtiyoji va ularning xoxish-istaklari haqida tezkor axborotlarni olishga qodir emas. Munosabatlar marketingi konsepsiyasi esa har bir iste’molchi bilan individual ishlash imkoniyatini beradi. Barcha marketing faoliyati, marketing funksiyalari raqamlashtirilgan holda amalga oshiriladi.
    Oxirgi paytlarda marketing yordamida yechiladigan masalalarning murakkablashuvi sharoitida uning baynalmilallashuvi bilan bog’liq bo’lgan global marketing konsepsiyasi ham shakllanib bormoqda. Bu jarayon, ayniqsa, transmilliy kompaniyalar uchun xosdir. Ular tomondan bozor alohida segmentlar kabi emas, ko’proq ehtiyojlarning gomogenizasiyasi jarayoni va iste’molchilarning mashhur va tanilgan tovar markalarini olishga juda ishtiyoqmandligiga ko’ra yagona bozor sifatida qaraladi. Shuni ta’kidlash joizki, global marketing asosida innovasion tovarni ehtiyojlarni qondirishning standartlashgan va iste’molchilarning keng segmentlari uchun qulay va arzon bo’lgan usuliga aylantirish g’oyasi yotadi.
    Bozorning globallashuvi mamlakatlar va ayrim hududlarning o’z chegaralaridan tashqarida faoliyat ko’rsatishga intilishiga aytiladi. Bu haqda savdoning liberallashuvi, investision to’siqlarning olib tashlanishi, erkin tadbirkorlikning paydo bo’lishi va boshqalar dalolat beradi. Yirik korxonalar doirasida esa globallashuv ichki bozor chegaralaridan chiqish va jahon bozorini o’zlashtirishga umumiy yondashuvning shakllanishini bildiradi. Bularning hammasi shunday xulosaga olib keladiki, zamonaviy marketing yo’nalishlari va tendensiyalari korxona darajasida muvaffaqiyatli amalga oshirish uni boshqarish konsepsiyasi sifatida qabul qilish, funksiyalararo koordinasiyaning rivojlanishi va qarorlarni qabul qilish, korporativ madaniyatni takomillashtirish bo’yicha funksiyalararo guruhlarning yaratilishini talab qiladi.
    Mazkur konsepsiya bugungi kunda ko’plab mamlaktlar bozorlarida ustunlik qilmoqda. Xususan, O’zbekistonda ham xorijiy investisiyalar bilan bog’liq muhitning o’zgarishi, transmilliy kompaniyalarning ichki bozorga kirib kelishi global marketing konsepsiyasini amal qilishiga zamin yaratib bermoqda.
    Shuningdek, XXI asrda strategik marketing konsepsiyasi ham o’z o’rni va ahamiyatiga ega bo’lib bormoqda. Yirik kompaniyalar o’zlarining yaqin besh yillik, o’n yillik va undan yuqori muddatlarga mo’ljallangan strategik rejalarini ishlab chiqmoqda. Bunda strategik marketing konsepsiyasi asosida iste’molchilarning joriy va kelgusidagi talablari hamda raqobatchilarni o’rganish yotibdi. Strategik marketing konsepsiyasi asosida iste’molchilar va raqobatchilarga yo’naltirilganlik yotadi. Strategik marketing mazmuni iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish va bir vaqtning o’zida yaxshiroq iste’mol xususiyatlariga ega bo’lgan tovarni yaratish yoki pastroq narx qo’yish orqali raqobatchilarga nisbatan ustunlikka erishishdan iborat. Raqobatchilarga yo’naltirilganlik iste’molchilarga yo’naltirilganlikka zid bo’lmaydi. Aksincha, uni kuchaytiradi, chunki korxonalar shunday sharoitga qo’yilganki, bozor ehtiyojlarini qondirish ishlab chiqarish, xarajatlar va boshqa sohalardagi hamma yutuqlarni maksimal hisobga olishni talab qiladi.
    Hozirgi vaqtda jamiyat tomonidan hal etilayotgan yirik iqtisodiy, xom ashyoviy, energetik va boshqa muammolar jamiyat ehtiyojlarini va iqtisodiy resurslarga yo’naltirilganlikni kuchaytirib, marketingning iste’molchilik konsepsiyasini ancha o’zgartirib yubordi.
    Yuqoridagi marketing konsepsiyalaridan tashqari XXI asrda konsyumerizm, megamarketing, “yashil marketing” kabi konsepsiyalar ham shakllanib bormoqda.



    Download 31,63 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 31,63 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Marketing konsepsiyalarining rivojlanish evolyusiyasi

    Download 31,63 Kb.