• Meva va sabzavotlarni gaz muhitini boshqarib saqlash usuli
  • Meva va sabzavotlarni saqlash usullari




    Download 36.65 Kb.
    bet2/9
    Sana02.03.2024
    Hajmi36.65 Kb.
    #165722
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-4-Mavzu
    Ziyodullayev J DBM 6-10, 5-5 Bug‘-suvli qizdirgichlarni issiqlik xisobi., 855, Mazvu Uzluksiz signallarni raqamli uzatish. Reja (1), httpsweb.hbcvip.org#pagesminewalletmoney-detail-listmoney-detail-listtype=2, DavrMobile 07.01.2023 23-26-36, Лаборатория иши Биполяр транзисторда ясалган уэ кучайтиргич схем, hFl4ixQI6bZs8a6X23Ev9M7u6Ux3Y1DZXWbHetSh, BRONZA QOTISHMASIDAGI, BOBOQULOVA GULMIRA, Asqar, Algoritmni loyihalash mustaqil ish 3, AYJ DASTURI, Zaxirani avtоmatik ulash (ZAU), Is gazidan ehtiyot bo (2)
    2. Meva va sabzavotlarni saqlash usullari
    Meva va sabzavotlar turli xil usullarda saqlanadi. Yangi meva-sabzavotlar, shuningdek urug‘liklar va kartoshka saqlaydigan inshoot yoki binolar meva-sabzavot ombori deb yuritiladi. Ular muvaqqat va doimiy bo‘ladi. Muvaqqat omborlarga uyum, handaq, o‘ra va boshqalar kiradi. Doimiy omborlar bir qavatli to‘g‘ri burchak shaklida er ustiga yoki erdan chuqurroq (1,5–2 m) qilib, betondan yoki g‘ishtdan quriladi.
    Meva-sabzavot omborlari mahsulotni saqlash usullariga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
    1. Tabiiy usulda shamollatiladigan omborlar.
    2. Ventilyator yordamida tashqi havo bilan sovitiladigan omborlar.
    3. Sun’iy usulda sovitiladigan sovutgichlar.
    4. Atmosferasi boshqarilib to‘riladigan sovutgichlar.
    5. Muzxona va muzli omborlar.
    Meva va sabzavotlarning turli-tumanligi va ularni turli maqsadlarda saqlash, mahsulot etishtiriladigan mintaqaning tabiiy sharoiti, xo‘jalikning moddiy texnika imkoniyatlari mahsulot saqlashning turli xilda bo‘lishini talab qiladi.
    Xo‘jalikda etishtirilgan mahsulotni saqlash usulini tanlashda muayyan saqlash usuli va texnologik rejimi albatta sinab ko‘rilishi lozim. Bunda mahsulotni saqlash muddati ham hisobga olinishi kerak. Sabzavot va meva omborlarini ma’lum texnologik rejimni boshqarib turiladigan va mexanizatsiyani keng joriy etish imkoniyati yaratilgan holda qurish mahsulotning sifatli saqlanishini va nobudgarchiligini kamaytirishni ta’minlaydi.
    O‘zbekistonda ko‘pgina mahsulotlar dala sharoitida saqlanadi. Keyingi yillarda esa xo‘jaliklarda statsionar omborxonalar qurishga katta ahamiyat bermoqdalar.


    Meva va sabzavotlarni gaz muhitini boshqarib saqlash usuli
    Hozirda meva va sabzavotlarni gaz muhitini boshqarib saqlash usuli ham keng foydalanilmoqda. Gaz muhitini boshqarib saqlash usulini gazning tarkibiga ko‘ra ikki asosiy guruhta bo‘linadi:
    oddiy gaz muhitida saqlash (OGM) – havo muhitida:
    modifikatsiyalangan gaz muhitida saqlash (MGM)–tarkibi havo tarkibidan farq qilgan muhitda.
    Mahsulotlarni oddiy gaz muhitida saqlashda germetik yopilmaydigan omborxonalardan foydalanish mumkin. Bunda havo oddiy (tabiiy) va sun’iy (ventilyatorlar yordamida) almashilib turiladi. Bu usulda saqlash jarayonida havoning jadal o‘zgarishi mahsulotlarning fiziologik aktivligini oshiradi va turli xil mikroorganzmlarni o‘ziga tez jalb kiladi. Shu sababli bu usulda mahsulotni uzoq vaqt saqlab bo‘lmaydi.
    Modifikatsiyalangan gaz muhitida saqlashning mohiyati shundaki, bunda havo atmosferasi o‘zgartiriladi va nazorat qilib turiladi.
    Umuman olganda, meva va sabzavotlarning hujayrasi ichidagi gaz tarkibida atrofdagi havoga qaraganda SO2 ning miqdori O2 ga qaraganda ancha ko‘p.

    Download 36.65 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 36.65 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Meva va sabzavotlarni saqlash usullari

    Download 36.65 Kb.