|
4-мавзу: Qiyomlar. Tarixi, ta’rifi, tavsifi va tasnifi. Ularni tayyorlash texnologiyasi. Reja
|
bet | 1/5 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 12,12 Kb. | | #132007 |
Bog'liq 4-мавзу Qiyomlar. Tarixi, ta’rifi, tavsifi va tasnifi. Ularni t-fayllar.org
4-мавзу: Qiyomlar. Tarixi, ta’rifi, tavsifi va tasnifi. Ularni tayyorlash texnologiyasi. Reja
4-мавзу: Qiyomlar. Tarixi, ta’rifi, tavsifi va tasnifi. Ularni tayyorlash texnologiyasi.
Reja
1. Qiyomlar tavsifi va tasnifi.
2. Qiyomlarni tayyorlashdagi texnologik bosqichlar.
3. Oddiy qand qiyomi texnologiyachsi, standartizatsiyasi va ishlatilishi.
4. Xushbo’y suvlar tavsifi va tasnifi.
5. Efir moylarini suvda eritib tayyorlanadigan xushbo‘y suvlar.
Tayanch iboralar: farmatsevtik eritma, qiyom, xushbo‘y suv, erituvchi, reaktor, aralashtirgich.
Qiyomlar (Sirupi) qandning suvdagi eritmalari yoki ularning dori moddalar bilan aralashmasiga qiyomlar deb ataladi. Qiyomlar quyuq va tiniq suyuqlik, o‘ziga shirin ta’mli va ichish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Asosan dori moddalarning yoqimsiz hidi va mazasini yaxshilash uchun va shuningdek dori modda sifatida ham ishlatiladi. Odatda qiyomlar qand eritmasida tayyorlanadi. Oddiy qand qiyomi ekstraktlar, nastoykalar meva sharbatlari bilan aralashtirib, kerak bo‘lsa, tayyorlanadp. Tayyor qiyom qalin material mato yoki filtr kog‘ozi orqali suziladi. Isitib tayyorlangan qiyomlar esa issiq holda suziladi. Ba’zi xollarda qiyomlarga konservant sifatida etil spirti qo‘shiladi. Qiyomlar zichligi, sofligi va dorivor moddaning miqdori bo‘yicha baholanadi. Qiyomlar ishlatilishiga binoan ta’m beruvchilarga va dorivorlarga bo‘linadi. Ta’m beruvchi qiyomlarga: qand, olcha va maymunjon (malina) qiyomlari kiradi. Qiyomlar tibbiyotda katta ahamiyatga ega.
Qand qiyomi. oddiy qiyom (sirupus sacchari, sirupus simplex)
Oddiy qiyomin tayyorlashda yuqori navli tozalangan (rafinad) qand ishlatiladi. Qiyom ikki qavat devorli va aralashtirgichi bo‘lgan maxsus qozonlarda tayyorlanadi. Qozonga 64 qism qand va 36 qism suv solib, 60— 70°S xaroratgacha isitiladi. So‘ngra xaroratni qaynaguncha ko‘tarib, 20—25 daqiqa davomida ikki marta qaynatiladi. Qaynash vaqtida hosil bo‘layotgan ko‘pik cho‘mich yordamida olib turiladi. Qaynash muddati va xarorat ortiqcha (110°S) bo‘lsa, kiyom sarg‘ayib ketadi. Bu kandning karamelga aylanganini (polimerlanganini) ko‘rsatadi. Bu xodisa 180°S dan yuqori xaroratda tezroq, 110-120°S da sekinroq ruy beradi.
|
| |