• Achchiq bodom xushbuy suvi
  • Efir moylarini suvda eritib tayyorlanadigan xushbo‘y suvlar




    Download 12,12 Kb.
    bet4/5
    Sana08.01.2024
    Hajmi12,12 Kb.
    #132007
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    4-мавзу Qiyomlar. Tarixi, ta’rifi, tavsifi va tasnifi. Ularni t-fayllar.org

    Efir moylarini suvda eritib tayyorlanadigan xushbo‘y suvlar
    Efir moylarini suvda eritish dispergirlash, zmulsiya xosil qilish va G. A. Vaysman usullari orqali amalga oshiriladi. Kuchli xidga ega bo‘lgan efir moylari (atir gul, pomerans moyi) dan 1:4000, qolganlaridan esa 1:1000 nisbatda tayyorlanadi.
    UKROP XUSHBO‘Y SUVI (AQUA FOENICULI)
    Olei foeniculi 1 qism
    Talci 10 qism
    Aquae tepidae ad 1000 ml
    Upa darajasigacha maydalangan talk ukrop moyi bilan aralashtirib eziladi. Bunda moy mayda zarrachalarga bo‘linib, talk zarrachalari yuzasini yupqa qatlam bilan koplaydi, ya’ni dpspergirlanadi. So‘ng 50—60°S xaroratgacha isitilgan suv ko‘yilib, 15 daqiqa chayqatilada, namlangan qogoz suzgich orqali suziladi. Qogoz suzgich namlanib ishlatilmasa, suv qatlamiga o‘tmagan efir moyi zarralalari o‘tib ketadi.
    Boshka efir moylaridan ham xushbuy suvlar shu tarzda tayyorlanadi.
    Professor G.A.Vaysman efir moylarini qand yordamida dispergirlashni taklif etgan. Bu usul dorixona sharoitida oldindan konsentrat tayyorlab qo‘yish imkoniyatini beradi. Buning uchun xovonchada 9 qism yirik shakar olinib, ustiga 1 qism efir moyi qo‘shiladi. So‘ng dastak bilan bir xil massa hosil bo‘lguncha maydalab aralashtiriladi. Aralashma zich berkitiladigan jigar rang shisha idishlarga solib qo‘yiladi, 1 oy davomida ishlatish mumkin. Aralashmadan xushbuy suv tayyorlash uchun 1:100 nisbatda foydalaniladi.
    Achchiq bodom xushbuy suvi (Aquae Amygdalarum amararum). Achchiq bodom xushbo‘y suvi sovuq usulda moysizlantirilgan achchigq bodom magizi kunjarasidan olinadi:
    Semenum Amygdalarum amararum
    grosso modo pulveratorum sine oleo 12 g
    Aquae destillatae 20 g
    Spiritus aethilici 3 g
    12 g xom ashyo jips berkitiladigan idishga solinadi, ustiga 20 qism xona haroratidagi suv quyib, aralashtirib, 12 soatga qoldiriladi. Bunda magizdagi emulsin fermenti amigdalin glikozidini benzaldegidsiangidrin va glyukozaga parchalaydi. 12 soatdan keyin massa suv bug‘i bilan haydash asbobiga o‘tkaziladi.
    Bunda bug‘ bilan uchuvchan moddalar ajralib chikadi va sovutgich orqali o‘tib, uch qism etil spirti solingan qabul kilish idishida 12 qism bo‘lguncha yig‘iladi. Ikkinchi idishga yana 3 qism mahsulot xaydab olinadi. Keyin ikkala idishdagi mahsulot tarkibidagi vodorod sianid miqdori aniqlanadi. Tayyor mahsulotda sianid kislotasi 0/1%, etil spirti 20—22% bo‘lishi kerak. Agar maxsulotda ular me’yoridan ko‘p bo‘lsa, kuyidagi tenglama yordamida 20% li spirt bilan su
    Download 12,12 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 12,12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Efir moylarini suvda eritib tayyorlanadigan xushbo‘y suvlar

    Download 12,12 Kb.