• Rovoch qiyomi
  • Chuchukmiya qiyomi
  • 4-мавзу: Qiyomlar. Tarixi, ta’rifi, tavsifi va tasnifi. Ularni tayyorlash texnologiyasi. Reja




    Download 12,12 Kb.
    bet2/5
    Sana08.01.2024
    Hajmi12,12 Kb.
    #132007
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    4-мавзу Qiyomlar. Tarixi, ta’rifi, tavsifi va tasnifi. Ularni t-fayllar.org

    Dorivor qiyomlar. Bularga gulhayri, rovoch, chuchukmiya, xolosas, na’matak, pertussin, peritol, aloyining temirli qiyomi va boshqalar kiradi. Ular dorivor modda va ta’m beruvchi sifatida ishlatiladi.
    Gulxayri qiyomi (Sirupus Altheae). Bu qiyom gulhayriiing quyuq yoki quruq ekstraktidan tayyorlanadi:
    Extracti Altheae sicci 2 qism;
    Sirupi Simplicis 98 qism.
    Gulxayrining quruq ekstrakti qand qiyomida qizdirib va aralashtirib eritiladi, so‘ngra suziladi. Bu qiyom tiniq, quyuqroq sarg‘ish rangli, shirin mazali, o‘ziga hos hidga ega bo‘lgan suyuqlik. 200 ml dan shisha idishlarda chiqariladi. Balg‘am ko‘chiruvchi sifatida suyuq dorilar bilan birgalikda (miksturalarda) ishlatiladi.
    Rovoch qiyomi (Sirupus Rhei)
    Extracti Rhei sicci 1,25 qism
    Spiritus aethilici 2 ml
    Aquae Foeniculi 3 ml
    Sirupi Simplicis 95 qism
    Rovochning quruq ekstrakti spirt va ukrop suvi aralashmasida eritilib suziladi va qiyomga qo‘shib, qaynaguncha qizdiriladi. Tayyor qiyom issiq xolda kichik shisha idishlarga solinib, berkitiladi va ustidan parafin quyiladi. Bu qo‘ng‘ir-qizil rangli suyuqlik bo‘lib, o‘ziga xos maza va xidga ega. Spirt bilan tiniq eritma xosil qiladi. Zichligi 1,310—1,344. Ammiak eritmasi bilan antraglyukozidlar guruxiga xos reaksiyani beradi. Engil surgi dori sifatida ishlatiladi.
    Chuchukmiya qiyomi (Sirupus Glycyrrhizae)
    Extracti glycyrrhizae sicci 4 qism
    Sirupi Simplicis 86 qism
    Spiritus aethilici 10 qism
    Chuchukmiya kuyuq ekstrakti isitilgan qand qiyomi bilan aralashtirib eritiladi. Aralashma sovugach, etil spirti qo‘shiladi. Sarg‘ish qo‘ng‘ir rangli, o‘ziga xos xidga ta’mga ega bo‘lgan suyuqlik. Balg‘am ko‘chiruvchi va engil surgi dori sifatida bolalarga beriladi.
    Pertussin (Pertussinum)
    Extracti Thumi fluidi 12 qism
    Kalii Bromidi 1 qism
    Spiritus aethilici 5 qism
    Sirupi Simplicis 82 qism
    Sirlangan iqyom pishirish qozonida qand qiyomida kaliy bromid eritilib, unga tog‘jambul suyuq ekstrakti va spirt qo‘shib aralashtiriladi va 24 soatga qoldiriladi. Tindirilgan qiyom uch kavatli doka orqali suzilib, 100 g dan shisha idishlarga qadoqlanadi. Xushbuy hidli, shirin mazali, to‘q-qo‘nhg‘ir suyuqlik. Zichligi 1,22—1,24. Bronxit va ko‘kyutalga chalingan bolalarga beriladi.

    Download 12,12 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 12,12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-мавзу: Qiyomlar. Tarixi, ta’rifi, tavsifi va tasnifi. Ularni tayyorlash texnologiyasi. Reja

    Download 12,12 Kb.