|
4-мавзу: Qiyomlar. Tarixi, ta’rifi, tavsifi va tasnifi. Ularni tayyorlash texnologiyasi. Reja
|
bet | 3/5 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 12,12 Kb. | | #132007 |
Bog'liq 4-мавзу Qiyomlar. Tarixi, ta’rifi, tavsifi va tasnifi. Ularni t-fayllar.orgNa’matak qiyomi (Sirupus fructuum Rosae). Na’matak mevasidan olingan suvli ajratma va qisman invertirlangan qand qiyomida tayyorlanadi. Invertirlangan qand na’matak qiyomi tarkibidagi askorbin kislotasining barqarorligini ta’minlaydi. Qizgish-jigar rangli, shirin mazali suyuqlik. Tayyor mahsulotda quruq moddalar 71 — 73%, askorbin kislotasi 0,4%, qand 50%, zichligi 1,37. Bolalarga vitamin S etishmaganda beriladi.
Xushbuy suvlar (Aquae aromaticae). Tarkibida suv yoki spirt-suvda erigan efir moyi bo‘lgan eritmalar xushbuy suvlar deb ataladi. Ular asosan tiniq yoki ba’zan xiraroq bo‘lib, tarkibiga kiruvchi moddalarning hidini beradi. Xushbo‘y suvlar tarkibida efir moyi bo‘lgan o‘simlik xom ashyosidan suv bug‘i yordamida haydash, efir moylarini suv yoki spirtda eritish va tarkibida efir moyi bo‘lgan eritmalarni (konsentratlarni) suyultirish yo‘li bilan olinadi. Ular ishlatilishi buyicha davolovchi hamda dori moddalarning hidi va mazasini yaxshilovchilarga bo‘linadi.vvvvvvv
Xushbo‘y suvlarni suv bug‘i bilan haydab olish. Odatda efir moyini suv bug‘i bilan xaydashdan oldin, xom ashyo suv yoki spirt-suvli arlashma bilan 12 soat davomida ivitib qo‘yiladi. Bunda hujayra bo‘shliqlarida «birlamchi» sharbat hosil bo‘lib, diffuziya jarayoni tezlashadi va kerakli konsentratsiyadagi xushbo‘y suv olinadi. Agar xom ashyo suv bilan ivitilib, suv bug‘i bilan haydalsa suvli xushbo‘y suv (Aquae aromatica aquosa), spirt bilan ivitilib suv bug‘i bilai haydalsa, spirtli xushbo‘y suv (Aquae aromatica spirutuosa) xosil bo‘ladi.
Kashnich spirtli xushbo‘y suvi
(Aqua Coriandri spiutuosa)
Fructuum Coriandri grosso modo pulveratorum 1 qism
Aquae destillatae 10 qism
Spiritus aethilici 1 qism
Yirik maydalangan kashnich urug‘i og‘zi zich berkitiladigan idishda spirt va suv solib aralashtiriladi va 12 soatdan keyin xaydash asbobiga o‘tkaziladi va suv bug‘i bilan 10 qism preparat xosil bo‘lguncha xaydaladi. Tayyor mahsulot deyarli tiniq, kashnich hidi kelib turadigan suyuqlikdir. Zichligi 0,960—0,980.
Dori moddalarning xidi va mazasini yaxshilovchi vosita sifatida foydalaniladi. Bu xushbo‘y suvni kashnich efir moyini spirt-suvda eritib tayyorlash xam mumkin.
|
| |