|
Til va madaniyatning o‘zaro aloqasi. Madaniyat haqidagi tasavvurlarning tilda namoyon bo‘lish usullari
|
bet | 2/8 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 75,68 Kb. | | #136633 |
Bog'liq 4-mavzu Til va madaniyat. Pragmalingvistika Reja-fayllar.org1. Til va madaniyatning o‘zaro aloqasi. Madaniyat haqidagi tasavvurlarning tilda namoyon bo‘lish usullari
O‘tgan asrning oxirlariga kelib, sistem-struktur paradigma o‘rnini antropotsentrik, funksional, kognitiv va dinamik paradigmalar egalladi. Tilga olinganlar qatoridan, antpropotsentrik paradigma ba'zi tilshunos olimlar tomonidan insonning til orqali tahlil qilinishi va buning aksi – inson tilining tahlili sifatida talqin etiladi1. Ushbu paradigma tegrasida kognitiv lingvistika va lingvokulturologiya singari sohalar shakllandi. Ta'kidlash lozimki, lingvokulturologiyaning fan sifatida yuzaga chiqishida Vilgelm fon Gumboldtning qarashlari progressiv ta'sirga ega bo‘ldi.
Binobarin, til va madaniyatning aloqadorligiga doir masalalar ilk bor Vilgelm fon Gumboldt tomonidan ko‘rib chiqildi. U o‘z davrida: “Til – xalq g‘oyalarining shunchaki ifodachisi emas, balki xalqning bir butun ma'naviy quvvatidir; tillarning turfa bo‘lishi esa bitta narsaning turlicha nomlanishi bo‘lmay, shu narsani turlicha tasavvur qilish, ko‘rishdir. Til hamisha millatning o‘ziga xosligini ifoda etadi” deb yozgan edi.
Shuningdek, Gumboldtning “tilning ichki formasi” haqidagi g‘oyasi ham milliy tillarning o‘ziga xosligini asoslaydi. O‘z navbatida, Y.L. Vaysgerber ham “tarixiy shakllanish davomida xalq o‘z ona tilini qurgan, unga (tilga) olamni anglash maqsadida, ma'naviy va moddiy madaniyatning ravnaq topishida o‘zi uchun qadrli bo‘lgan tushunchalarni joylagan”, deya xulosa qiladi.
N.I.Tolstoy fikricha, lingvokulturologiyaning fan sifatida shakllanishida aka-uka Grimmlarning asarlari katta ahamiyat kasb etgan. Keyinchalik, bu ta'sir F.I. Buslaev, A.N. Afanasev va qisman A.A. Potebnya ijodida sezildi. Bundan bir asr o‘tgach esa, «Worter und Sazen» nomi bilan mashhur Avstriya maktabi vakillari “til va madaniyat” masalasini tadqiq etuvchilarni o‘z doirasiga birlashtirdi. Bu olimlar asosan, leksikologiya va etimologiyaning negizida lingvokulturologiyaga tegishli dolzarb masalalarni o‘rgana boshladilar.
19-asrdan boshlab, til va madaniyat masalalari tilshunoslar qatori faylasuf, madaniyatshunoslarning diqqatini jalb eta boshladi. 20-asrga kelib esa, nutqiy diskurslar misolida olamning tegishli manzarasini yaratishga intilishlar boshlandi. Bu ko‘proq, V.N. Teliya ishlarida ko‘rinadi. Uningcha, lingvokulturologiya o‘zga kulturologik sohalardan farqli ravishda, jonli kommunikativ jarayonlarni ularning muayyan madaniy davrga ta'sir o‘tkazuvchi milliy mentalitet bilan sinxron aloqasini o‘rganmog‘i lozim. Bu jarayon o‘z o‘rnida, olamning milliy manzarasi (obrazi, modeli), lisoniy (etnomadaniy) ong, xalq mentaliteti kabi tushunchalar (kategoriyalar) ning izohiga ehtiyojni keltirib chiqardi.
Til va madaniyat o‘rtasida uzviy hamkorlik mavjuddir. Bu borada V.f.Gumboldt madaniy rivojlanish jarayonining natijalari madaniyatning tilga ta'sirini tekshirishdan ko‘ra ko‘proq, tilning madaniyatga ta'sirini tekshirishga bog‘liq bo‘lishini yozadi. Mazkur g‘oya asosida XX asrning 90-yillarida V. fon Gumboldt, E. Sepir, B.L.Uorf, Y.L. Vaysgerber, A. Vejbitskaya, Yu.S. Stepanov, V.V. Vorobyov, V.I.Karasik singari olimlarning g‘oyalari jamlangan lingvokulturologiya o‘ziga xos ijtimoiy fan sohasi sifatida yuzaga keldi.
Til va madaniyat o‘rtasidagi determinizm, ya'ni o‘zaro bir-birini taqozo etish haqiqiy “o‘zarochilik”dir. Shu sababli, turli mamlakatlar olimlari tomonidan til va madaniyat munosabati masalasi turli yo‘nalishlarda o‘rganilayotganligi tabiiydir. Bu muammo tilshunoslar (Yu.Sorokin, V.Teliya, ye.Vereщagin, A.Vejbitskaya, V.Kostomarov, D.Olford, D.Xayms kabilar) bilan faylasuflarning (G.Brutyan, E.Markaryan, va boshqalar), psixologlarning (L.Vыgotskiy, A.Leontev, V.Petrenko, P.Gulviste) e'tiborini tortib kelmoqda. Bu masala nutq madaniyatiga oid tadqiqotlarda muhim o‘rin egallaydi. (Yu.Skvorsov, E.Begmatov, A.Mamatov, B.O‘rinboev va boshqalar). Keyingi yillarda tilshunoslikda lingvokulturologiyaning alohida tadqiqot yo‘nalishi sifatida shakl topishi (A.Krasnix, V.Maslova, D.Gudkov, D.Ashurova) bu masalaning dolzarblashishiga sabab bo‘lmoqda2.
Til va madaniyatning o‘zaro aloqasi. Lingvokulturologiyada til va madaniyat qiyosi mavzusi o‘ziga xos ahamiyat kasb etuvchi masaladir. E. M. Vereshagin, V. G. Kostomarovlar qayd etganidek, til va madaniyat o‘zaro chambarchas, bu — sententia communis. Xolbuki, bu boradagi qarashlar antik davrlardan ma'lum. “Tilning ma'noviy ko‘lami olamning milliy manzarasidan kelib chiqishiga hyech kim shubha qilmasa kerak, - deb yozgandi olimlar. – Vaholanki, til ham o‘z navbatida madaniyatga ta'sir ko‘rsata oladi. Demak, til madaniyatdan ayro, madaniyat esa, tildan tashqarida mavjud emas.”3
Hind-yevropa (masalan, lot. – lingua), fin-ugor, turkiy, Afrikaning ba'zi til oilalarida kuzatilgani bo‘yicha, azal-azaldan “xalq” va “til” tushunchalarining mushtarakligi muammosi allomalarning doimiy diqqat markazida turuvchi jihatlardan biri bo‘lgan. Chunonchi, xalq deyilganda bir necha tillarda so‘zlovchi kishilar jamoasi tushunilgan bo‘lsa, til deganda xalq iste'molida mavjud bo‘lgan til e'tiborga olinadi. Muayyan til bitta xalqning milliy xususiyatlarini o‘zga xalqdan farqlantirib turadi. Aholining etnik va lisoniy xususiyatlari o‘zaro bog‘liq xususiyatlarga egadir. Ulardagi to‘laqonli, har tomonlama muvofiqlik va o‘xshashlik ayniqsa, ibtidoiy davrlarda ravshan namoyon bo‘luvchi xarakterga ega bo‘lgan.
Sekin-asta qabilachilik birliklari yirikdan kichikka va aksi – kichikdan yirik jamoalarga aylana borgani sayin, jamoalarning etnik va lisoniy o‘ziga xosliklari shunga mos tarzda o‘zgarib borgan.
Insoniy jamoalarning o‘sib borish holatidan farqli ravishda, tillarning qardoshlashuvi (konvergensiya) jarayoni sustroq kechgan.
Bitta xalqning bir necha tillarda yoki turli tillarda so‘zlashuvi – tabiiy holat, biroq shunday xalqlar borki, ularning barchasi yagona tilda aloqa-aralashuv munosabatiga kirishadilar.
Masalan, o‘zbek xalqining davlat tili o‘zbek tili bo‘lgani holda, xalqni tashkil etib turgan 120 dan ortiq millat vakillari asosan: rus, tojik, turkman, tatar, koreys, ozarbayjon tillarida so‘zlashadilar. Shuningdek, Shveytsariya shved millatining davlati hisoblanadi. Bu mamalakatda aholi asosan: nemis, fransuz, italyan va retoroman tillarida muloqot qiladi.
Til va madaniyat qiyosiga nisbatan assimetriya holati ham mavjud: dunyoda mavjud ko‘plab mamlakatlar yagona tilda aloqa-aralashuv jarayonini amalga oshiradi. Misol uchun, nemis tilidan nemislar va avstriyaliklar, portugal tilida portugaliyaliklar, braziliyaliklar hamda Afrikadagi 5 ta mamlakat aholisi, ispan tilida ispanlar va Lotin Amerikasidagi 20 ta davlat fuqarolari, ingliz tilidan biz bilgan inglizlar, amerikaliklar, kanadaliklar, avstraliyaliklargina emas, Janubiy Afrika davlatlarining katta qismi foydalanadi. Jumladan, Afrikada joylashgan 19 davlat fuqarosi rasman e'tirof etilgan ingliz tilida so‘zlashadi. Xuddi shunday, hind xalqi ham asosan ingliz tilida (hind tilidan so‘ng) so‘zlashadi.
Mutaxassislar yer yuzida mavjud xalqlarga nisbatan tillarning ko‘pligini qayd etadilar4.
Taniqli o‘zbek tilshunos olimi, professor B.R.Mengliev ushbu masalaga doir quyidagilarniqayd etadi: “Dunyoda taxminan 3000 dan (ba'zi manbada keltirilishicha, ular 7000 mingga yaqin) ortiq til bor. BMT rasman 2976 tilni qayd etgan. Tillarning ayrimida bir necha o‘n, hatto yuz millionlab kishi gaplashsa, ba'zisida bir necha ming, yuz, hatto sanoqli kishigina gaplashadi. Masalan, Kongoda aholi 500 tilda, Indoneziyada 250 tilda, Sudanda 117 tilda gaplashadi. Xitoy tilida hozirgi kunda bir milliardga yaqin kishi so‘zlashsa, chukot va vele tilida bor-yo‘g‘i bir necha yuz ming kishi muloqot qiladi, xolos. Yoki Dog‘istonda 1 mln. dan ortiq kishi bo‘lib, ular 40 ga yaqin tilda gaplashadi. 2002 yilda Rossiyada o‘tkazilgan aholi ro‘yxati natijasiga ko‘ra, Dog‘istondagi bagulal tilida 40 kishi, chamala tilida 12 kishi, kaytags tilida esa 5 kishi gaplashishi aniqlangan. Yangi Gvineyada deyarli har bir qishloq o‘z tiliga ega.”5
Ko‘rinadiki, bu nisbat tilning milliy o‘zlikni yuzaga chiqarishda asosiy omil emasligini isbotlamoqda. Milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usi bilan til munosabati orasida yana diniy mansublik degan omil ham borki, muayyan dinga e'tiqod qilishning o‘zi ham aniq bir xalqning milliy xususiyatlarini ravshanlashtirishi mumkin. Biroq, unutmaslik kerakki, bir millat vakillari e'tiqod qiladigan dinlar (masalan, yapon sintoizmi, arman-grigoryan cherkovlari) dan farqli o‘laroq, ayniqsa, Islom dinining sha'riy qonun-qoidalari bir-biriga qardosh bo‘lmagan turli millat vakillarining o‘zlik tuyg‘usini bir-biriga yaqinlashtiradi. Musulmonga xos bo‘lgan eng oliy fazilatlar kerak bo‘lsa, milliy ma'naviyat mezonlarini tashkil etadi. Xususan, insoniylik, adolat, halollik, bag‘rikenglik singari tushunchalar o‘zbek xalqining milliy o‘zligini tashkil etibgina qolmay, uning ma'naviy negizlariga ham dahl qilgan oliy qadriyatlarning biridir.
N.B.Mechkovskayaning fikricha, til va madaniyat qiyosi doirasida ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liq determinizm to‘g‘risida gapirish lozim. Ya'ni, til va madaniyat quyidagicha o‘zaro bog‘liqdir:
1)kommunikativ jarayonlarda; 2)ontogenez (inson nutqiy qobiliyatining shakllanishi)da; 3)filogenez (ijtimoiy odamning shakllanishi)da.
Taniqli o‘zbek tilshunosi, prof. A.Nurmonov esa o‘z maqolasida lingvistik nisbiylik va lingvistik determinizm nazariyalari haqidagi mulohazalarini bayon etar ekan, til va madaniyat aloqasiga oid munosabatini ham bildirib o‘tadi.
Olim lingvistik nisbiylik nazariyasi asoschilari B.Uorf va E.Sepirning til va tafakkurning madaniyat shakli ekanligi 6 haqidagi fikrlarini e'tirof etish bilan birga tillar o‘rtasida umumiy tomonlar ham bor ekanligini ta'kidlab, shunday yozadi: “Har bir tilda xalqning ruhi, milliy madaniyati, o‘ziga xos dunyoni ko‘rish, idrok etish tarzi namoyon bo‘lish bilan birga, tillar o‘rtasida obraz yaratishdagi shunday umumiy jihatlar borki, bular umuminsoniy tafakkur mahsuli sifatida yuzaga chiqadi”6.
Prof. A.Nurmonovning fikriga ko‘ra, til va madaniyat o‘rtasida aloqani tadqiq etgan olimlar 3 ta guruhga bo‘linadi: “Birinchi yo‘nalish V.Gumboldt, E.Sepir va B.Uorf nomlari bilan bog‘liq bo‘lib, ular til va tafakkur, til va madaniyat munosabatida tilni belgilovchi kuch deb hisoblaydilar” 2 . Olim bu qarashni biryoqlama deb hisoblaydi. Jumladan, u shunday deb yozadi: “... nominatsiyaga asos bo‘lgan obraz markazini idrok qilishda turli tipdagi tillarda o‘ziga xos umumiy jihatlardan ham ko‘z yumib bo‘lmaydi. Bu ham lingvistik nisbiylik nazariyasining olamni idrok qilishda tilning roli ustuvor ekanligi haqidagi xulosasi biryoqlama ekanligidan dalolat beradi”7.
A.Nurmonovning fikricha, til va madaniyat munosabati haqidagi ikkinchi nuqtai nazarda bu ikki hodisa o‘rtasidagi aloqa tamoman inkor etiladi. Olimning qarashiga ko‘ra, ushbu masala haqidagi uchinchi nuqtai nazarda yuqoridagi ikki qarama-qarshi fikrlar o‘zaro sintezlanadi. Jumladan: “...til va madaniyat o‘zaro bog‘liq va ayni paytda farqli hodisalardir. Til va madaniyat munosabatida tilning roli katta. Har bir xalqning o‘ziga xos etnomadaniyati uning tili orqali ifodalanadi. Lekin obyektiv borliqda ana shu etnomadaniyat mavjudligi uchun u tilda o‘z ifodasini topadi8.
Lisoniy mentallik ongdan farqli ravishda, individdagi tashqi olamning haqiqiy manzaralarini shunchaki aks ettiribgina qolmasdan, ushbu tasvirlarni kognitiv baza bilan bog‘laydi va konkret milliy-lingval (lisoniy) jamoat uchun har bir alohida olingan vaqt momentidagi aniq vaziyatda dolzarb bo‘lgan mazkur konseptual mazmunni mental lug‘at tarkibining strukturalari orqali yuzaga chiqaradi.
Mentallik mohiyatini tushunish barobarida, til, madaniyat, mentallik, etnos o‘rtasidagi aloqadorlikni nazardan qochirmaslik lozim. Madaniyat “faoliyatning tarixan ishlab chiqilgan usuli” sifatida biologik bo‘lmagan, ijtimoiy ko‘chib yuruvchi bilimlar va munosabatlar, hatti-harakat strereotiplari, belgilar va ma'nolar tizimidan iborat murakkab kompleksni ifoda etuvchi ong bilan bog‘liqdir, u shaxsga ma'no, mohiyat baxsh etadi. Etnos esa, madaniy paradigmalar kompleksi, tegishli etnosning alohida olingan belgili vaziyatlardagi xulqining o‘zaro muvofiqligini ta'minlovchi madaniy yadroni tashuvchi hisoblanadi.
Til va madaniyatning umumiy va xususiy holatlar kesimidagi qiyosida ular (til va madaniyat) strukturasidagi izomorfizmni kuzatish mumkin. Bu jihat mazkur strukturalardagi ichki ierarxik qurilishga ham xosdir. Xususan, nutq madaniyati tushunchasi o‘z tegrasida o‘zbek adabiy tili me'yorlarinigina emas, balki, umumilliy til me'yorlarini ham nazarda tutadi9, bu me'yorlar sirasida sheva, lahja, dialektlarning o‘ziga xos me'yorlari ham ko‘zda tutiladi.
Binobarin, yuqoridagi izomorfizm tushunchasiga yaqin kelib, N.I.Tolstoy o‘zining quyidagi tasnifni keltiradi: a) elita qatlam madaniyati, b) xalq madaniyati, v) oraliq madaniyat, g) an'anaviy-kasbiy madaniyat (asalarichilik, podachilik, savdo-hunarmandchilik). Mazkur tasnifga asosan, olim til va madaniyat qiyosiga doir quyidagi qatorni tuzadi:
adabiy til – elitar madaniyat;
oddiy so‘zlashuv – “uchinchi madaniyat”;
sheva, lahjalar – xalq madaniyati;
argo – an'anaviy – kasbiy madaniyat.
|
| |