4-mavzu: Til va madaniyat. Pragmalingvistika Reja




Download 75,68 Kb.
bet4/8
Sana13.01.2024
Hajmi75,68 Kb.
#136633
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-mavzu Til va madaniyat. Pragmalingvistika Reja-fayllar.org

Til va etnik tegishlilik. Odamlar va kishilik jamoalari turli mezon va belgilariga ko‘ra farqlanadilar. Ularning ayrimlari odamning irsiyatida mavjud: ular tug‘ma bo‘ladi va odamlarning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmaydi. Masalan, bular – jins, irq, ruhiy xususiyatlar, qobiliyatdir. Qolgan belgilar ijtimoiy shartlangan bo‘lib, bu fuqarolik, ma'lumot, kasb, ijtimoiy-mulkiy maqom, konfessional13 tegishlilik (yoki konfessional tegishli bo‘lmaslik) kabilardir.
O‘rni bilan qayd etish lozimki, alohida olingan individning ijtimoiy xususiyatlari uning yoxud o‘zga kishilarning, tashkilotlarning irodasiga turli xilda bog‘liq bo‘ladi. Masalan, odam o‘z fuqaroligini tanlay olmaydi, biroq shunday “avtomatik” vaziyatlar (masalan, “fuqarolikni o‘zgartirish”, “fuqaroligi yo‘q shaxslar”, “ikki fuqarolik”, “fuqarolikdan mahrum qilish” singari) bo‘ladiki, unda kishining shaxsiy irodaviy qarori va tanlovi katta ahamiyatga ega bo‘lib qoladi.
Ba'zi ijtimoiy qirralar meros bo‘lib berilishi ham mumkin: feodalizm tuzumi davrida muayyan shaxsga uning ota-onasi mansub bo‘lgan ijtimoiy maqomining o‘tishi tabiiy hol bo‘lgan.
Insoniyatning etnik tegishlilik xususiyati ibtidoiy-jamoa tuzumida urug‘ yoki qabila tarkibidagi qondoshlik rishtalariga asoslangan. So‘nggi davrlarga kelib esa, etnik tegishlilik (milliylik) kishi va kishilik jamiyatining ijtimoiy o‘lchov mezoniga aylanib bormoqda14
. Shuningdek, kishining qaysi millatga mansubligini shaxsan o‘zi belgilashi ham uning shaxsiy ishi hisoblanadi.
Mashhur tilshunos olim I.A.Boduen de Kurtene 1913 yildayoq: “Milliy mansublik masalasi har bir ongli odam tomonidan hal etiladi. Hyech kim uni uning shaxsiy ongli qarorisiz u yoki bu millatga mansub qilishga haqi yo‘q” deb yozgandi. Binobarin, milliy mansublik masalasi ilk bor 1920 yil Yugoslaviya, Ruminiya, Shri-Lanka va Rossiyada ko‘tarildi.
Shu qatorda, bir qator polietnik mamlakatlar (Finlyandiya, Belgiya, Shveytsariya, Avstriya, Ispaniya, Turkiya, Pokiston, Hindiston, Kanada, Meksika, Gvatemala)da ona tiliga oid masala bir qadar cheklovlarga egaligi inobatga olinsa, bildirilgan fikrlarning barchasi shuni anglatadiki, ona tili inson tomonidan tanlanmaydi, bu – insonni baholashning asosiy mezonlaridan biri.
Bu borada til va madaniyatning uyg‘unligi masalasiga to‘xtalish kerak bo‘ladi. E.Sepir va B.Uorflar o‘z farazlarida til va madaniyat uyg‘unlashuvi to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari surgan holda, til — madaniyat mahsuli va shu bilan birga madaniyatni shakllantiruvchi omil deb talqin etadilar. Zero, har qanday madaniyat tilda namoyon bo‘ladi, tilda o‘zining moddiy qobig‘ini topish bilan birga, atrof-muhit ta'sirida taraqqiy qilib, o‘zgarib boradi. Turli millatlar madaniyati bir-biridan dastlabki o‘rinda voqyelikni moddiy va ma'naviy o‘zlashtirishdagi farqi jihatidan ajralib turadi.
Rossiyalik filolog Ter-Minasova tilni madaniyat saqlanadigan xazinaga qiyoslaydi. Uning ta'biricha, til madaniy qadriyatlarni o‘z tarkibidagi leksika, grammatika, idiomatikada, maqollarda, xalq og‘zaki ijodida, badiiy va ilmiy adabiyotlarda, qolaversa, og‘zaki va yozma nutqda saqlab keladi. Agar tilni uning tuzilishi, ifodalanishi va uni egallash uslublari nuqtai nazaridan kuzatilsa, unda ijtimoiy-madaniy (sotsiomadaniy) qatlam yoki madaniyatning komponenti tilning bir qismi yoki uning borlig‘ining asosi sifatida namoyon bo‘ladi.
Shuningdek, mashhur tilshunos A.Vejbitskaya xulosalariga ko‘ra, til antropotsentrikdir, u inson uchun mo‘ljallangan. Shunday ekan, tashqi olam obyektlari va hodisalarini kategoriyalashtirishda inson bosh mezon hisoblanadi. Bu – barcha tillarning umumiy xususiyati. Ikkinchidan, til milliy xoslangandir. Masalan, eskimos tilida qorni nomlovchi, arab tilida tuyani atovchi, xitoy tilida guruchni nomlash uchun ishlatiluvchi qator so‘zlar mavjud. Tillar shuningdek, kauzatsiya, agentivlik, hissiy-emotsional soha singari abstrakt semantik ko‘lamlarning puxta ishlanish darajasi bilan farq qiladi. Tilda tashqi olamning u yoki bu konseptualizatsiyasi zohir bo‘ladi. Bu konseptualizatsiyalar o‘rtasidagi tafovutni esa, faqat milliy xaraktergina tushuntirib bera oladi.



Download 75,68 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 75,68 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



4-mavzu: Til va madaniyat. Pragmalingvistika Reja

Download 75,68 Kb.