|
4-mavzu: Til va madaniyat. Pragmalingvistika Reja
|
bet | 7/8 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 75,68 Kb. | | #136633 |
Bog'liq 4-mavzu Til va madaniyat. Pragmalingvistika Reja-fayllar.orgK.Fossler – estetik idealizmning yorqin vakili. Estetik idealizm tilshunoslikdagi idealistik neofalsafa bo‘lib, G‘arbiy yevropa tilshunosligida XX asrning boshlarida vujudga kelgan.
K.Fosslerning “Tilshunoslikdagi pozitivizm va idealizm” (1904), “Til ijod va rivojlanish sifatida” (1905; 1950), “Til falsafasi bo‘yicha tanlangan maqolalar” (1923), “Tildagi madaniyat va ruh” (1925) singari kitoblari shu yo‘nalishda yaratilgan mashhur asarlardir. Fosslerdagi tilning estetik nazariyasi V.fon Gumboldtning lingvistik konsepsiyasi hamda B.Krochening falsafiy qarashlari tizimi ta'sirida shakllandi.
Mladogrammatikachilarni31 hodisalar o‘rtasidagi “sababiy bog‘lanishlar”ni e'tiborga olmaslik, mohiyatdagi mexanitsizmi uchun keskin tanqid qilgan Fossler mladogrammatizmni tilga nisbatan pozitivizm, “inson tafakkurining o‘limi”, “falsafaning yakuni” deb nomladi.
Fossler o‘zining “idealizm” deb nom olgan til nazariyasini mladogrammatikachilarning nazariyasiga qarshi qo‘ydi. Xuddi Gumboldt kabi, K.Fossler ham tilni uzluksiz ma'naviy-ijodiy faoliyat deb baholadi va tilni xalq ma'naviyati va intellektual tarixi bilan bog‘liq hodisa sifatida ta'rifladi.
Fosslerning mladogrammatikachilarni tanqid qilishida jon bor: uningcha, mladogrammatikachilar “berilgan va yakuniga yetkazilgan” tilning ustida anatomik operatsiya o‘tkazib, uni mexanik tarzda fonetika, morfologiya va sintaksisga, nihoyat, alohida olingan tovushlarga qadar bo‘ldilar. Vaholaki, til o‘zaro bog‘liq va bir butun hodisa. Xuddi shu tabiati bilan u uslubiyatda bo‘y ko‘rsatadi. Fossler shu o‘rinda uslubiyatga yuqori baho beradi va uning tilshunoslikdagi eng yetakchi soha bo‘lishi lozimligini qayd etadi32.
Fossler tadqiqotining tekshirish obyekti – individning ma'naviy ijod mahsuli va uning intuitsiyasi bilan fantaziyasini ifoda etish vositasi bo‘lgan nutqdir. Olim hamisha til ifoda vositasi, muloqot vositasi emas, degan xulosada bo‘lgan.
Fossler Gumboldt nazariyasini bir tomonlama qabul qilgan. Uning tomonidan dialektik yondashuv nazardan soqit qilingan edi. Xolbuki, dialektik yondashuvda til nafaqat faoliyat va ifoda vositasi, balki tayyor material sifatida tasniflanadi, o‘rganiladi. Bunda faqat yakka nutq emas, umumiy til – xalq tili ham so‘zsiz inobatga olinadi.
Kroche falsafasining ta'siri K.Fosslerda nutqiy aktni ijodiy akt – san'atga tenglashtirishga doir qarashlarni keltirib chiqardi. Shuning uchun u o‘zining qaydlarida: “Til haqiqati – badiiy haqiqat, anglangan go‘zallikdir”, deb yozdi. Demak, grammatikadagi ayrim tushunmovchiliklarga mansub masalalar badiiy layoqat, did-saviyaga asoslanib, hal etilishi lozim.
Fosslerning fan oldidagi xizmatlari shu bilangina chegaralanmaydi. U til va madaniyat o‘rtasidagi aloqadorlikni tegishli davrlar misolida tekshirdi. U tilni din, fan, she'riyat, turli nutqiy jamoalardagi tilning vazifasi bilan tarzda o‘rgandi (“Tildagi ruh va madaniyat”).
Fossler tildagi estetik idealizm ta'limoti yuzasidan: L. Shpitser, X. Xatsfeld, E. Lerx, L. Olishki, V. Klemperer singari olimlarni o‘ziga ergashtirdi. Xususan, L.Shpitser o‘z davrida “nutq uslubida shaxs uslubi” nomli metodni joriy qildi. Bu usul kelajakda uslubiyatdagi induktiv-deduktiv usul deb atala boshladi. Shpitser keyinchalik ham gumanitar fanlarni antimentalizm, mexanitsizmdan himoya qilishga bag‘ishlangan tadqiqot ishlarini amalga oshirdi.
Fossler va uning safdoshlari ilmiy muammolarni tilning ekspressiv-estetik funksiyasini birinchi o‘ringa qo‘yish orqali hal qilishga intildilar.
Tilni tarixiy-madaniy hodisa sifatida tekshirishda tilni tarix va madaniyatdan ayro o‘rganish mumkin emas, degan qarashni olg‘a surgan estetik idealistlar til to‘g‘risidagi fanning mavzu ko‘lamini lingvistik uslubiyatni shakllantirish, adib tilining xalq tili bilan munosabati adabiy tilning rivojida badiiy adabiyotning o‘rni singari masalalar evaziga nihoyat darajada kengaytirib yubordilar.
4. Pragmalingvistika.
Ilmiy tafakkur taraqqiyoti har qanday fan sohasidagi nazariy qarashlar
«Pragmatika» (yunoncha pragma – ish, harakat) aslida falsafiy tushuncha bo‘lib, u Sokratdan oldingi davrlarda ham qo‘llanishda bo‘lgan va keyinchalik uni J. Lokk, E.Kant kabi faylasuflar Aristoteldan o‘zlashtirganlar. Shu tariqa falsafada pragmatizm oqimi yuzaga kelgan. Bu oqimning asosiy taraqqiyot davri XIX-XX asrlardir. Ayniqsa, XX asrning 20-30 yillarida pragmatizm g‘oyalarining keng targ‘ibi aniq sezila boshladi. Amerika va Yevropada bu targ‘ibotning keng yoyilishida Ch.Pirs, R.Karnap, Ch.Morris, L.Vitgenshteyn kabilarning xizmatlarini alohida qayd etmoq kerak.
XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Amerikada hukmron bo‘lgan falsafiy pragmatizm yo‘nalishining asoschilaridan biri Charlz Sanders Pirs (1839-1914) edi. Ushbu falsafiy tizimning asosiy g‘oyasi semiotik belgining (shu jumladan, lisoniy belgining ham) ma’no-mazmunini ushbu belgi vositasida bajarilayotgan harakatning samarasi, natijalari, muvaffaqiyati bilan bog‘liq holda o‘rganishdir. Bu tamoyil muallifi Ch.Pirs birinchilardan bo‘lib, belgi nazariyasi doirasida kommunikativ faoliyat sub’ekti omilini inobatga olish lozimligini uqtirdi.
Ch.Pirsning talqinicha, belgining munosabat maydoni uch yo‘nalishdan iborat: 1) belgi, aniqrog‘i – reprezentamen, biror narsaning o‘rnini almashtiruvchi moddiy ko‘rinishga ega bo‘lgan vosita; 2) idrok etuvchining ongidan o‘rin olgan va belgining tavsifini beruvchi vosita – interpretanta; 3) belgida aks topayotgan ob’ekt (qarang: Susov 1990: 125-126; Suxachev 2003: 50-53). Ushbu munosabatlar maydonini quyidagi shaklda tasvirlash mumkin:
|
| |