nazoratchisi o‘tadi va undan mashinaning o‘rash qismiga yetkazib beriladi.
4.4-rasmda JT-500 guruhlab tandalash mashinasining romdan iplarning guruxtalab
tandalash mashinasiga qarab yo’naltirilishi keltirilgan
4.4-rasm. JT-500 guruhlab tandalash mashinasining romi iplarni
nazoratchilari keltirlgan
Mashinaning bu qismida reglaj mexanizmi,
iplarni yopishqoq tasmaga
yopishtirish mexanizmi, o‘lchovchi va zichlovchi vallar, tanda g‘altagini mexanik
ravishda qo‘yish va yechish mexanizmi, asosiy yuritma,
tormoz sistemasi va
mashinani boshqarish stansiyasi joylashgan.
Mashinaning o‘rovchi qismida kengayuvchi taroq yordamida tanda iplarining
zichligi va eni o‘rnatiladi. Tanda g‘altagi gardishining diametri 800, 920 va 1000
mmni tashkil qiladi . Mashinani boshqarish mikroprotsessorli boshqarish stansiyasi
yordamida amalga oshiriladi. U qo‘yidagi amallarni bajaradi;
-datchik va nazorat moslamalaridan olingan qiymatlarni to‘plash va
boshlang‘ich ishlov berish;
-mashinaning boshqarish pultidan berilgan ma’lumotlarga teskor ishlov
berish;
-raqamli disklar yordamida berilgan va amaldagi qiymatlar to‘g‘risida tezkor
ma’lumot berish;
-mashinaning boshqarish tizimi va datchiklarni avtomatik nazorat qilish va
nosozliklarni aniqlash.
-texnologik jarayonni avtomatlashtirish tizimidagi EXMga ma’lumot
yetkazib berish.
Mikroprotsessor tizimi bajaruvchi mexanizm
va moslamalar yordamida
ipning tarangligini, tandalash tezligini, o‘ram
zichligini, belgilangan o‘ram
uzunligini avtomatik rostlashni amalga oshiradi. Chet elda «Barber-Kolman»
(AQSh), «Shlyafgorst» (Germaniya), «Beninger» (Shveysariya) firmalarining
tandalash mashinalari keng tarqalgan. Bu mashinalarda qator omillar
avtomatlashtirilgan bo‘lib yuqori sifatli tanda g‘altaklari shakllanadi.