• 4.7-rasm. ”SIMPLETRONIC piltalab tandalash mashinasi
  • 4-Mavzu: Zamonaviy tandalash jarayoni uskunalarini avtomatlashtirish darajasi va ularni kompyuterli boshqaruv nazorat tizimi




    Download 0,54 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/7
    Sana02.06.2024
    Hajmi0,54 Mb.
    #259281
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    4-mavzu

    Piltalab tandalash mashinalari 
    Ishlab chiqarishda quyidagi piltalab tandalash mashinalari qo‘llaniladi:
     
    -
    konusi o‘zgarmas va supportning siljish tezligii o‘zgaruvchan mashinalar; 
    -
    supportning siljish tezligi o‘zgarmas va konus burchagi o‘zgaruvchan 
    mashinalar; 
    -
    konus burchagi va supportning siljish tezligi o‘zgaruvchan bo‘lgan 
    mashinalar. 
    Sanoatimizda ShL-288-Sh romlari bilan jixozlangan SL-250-Sh va Tekstima 
    piltalab tandalash mashinalari keng tarqalgan va bu mashinalar asosan paxta va jun 
    iplarini krestsimon o‘ramli konus bobinalaridan tandalash uchun mo‘ljallangan. 


    4.7-rasm. ”'SIMPLETRONIC' piltalab tandalash mashinasi 
    Chet elda Shveysariyaning «Beninger» firmasi ishlab chiqarayotgan piltalab 
    tandalash mashinalari keng tarqalgan. Bu firmaning mashinalari almashuvchi 
    baraban bilan jihozlangan bo‘lib. asosan kimyoviy iplarni tandalash uchun 
    mo‘ljallangan. Bu mashinalarda konus burchagi o‘zgartiriladi. Unda ko‘p hollarda 
    faqat tandalash jarayoni amalga oshiriladi, iplarni to‘quv g‘altagiga o‘rash esa 
    oxorlash jarayonida bajariladi. Buning uchun tandalash barabani mashinadan 
    ajratiladi va oxorlash mashinasiga keltiriladi. 
    Unumdorlikni oshirish maqsadida tandalash barabaniga bir nechta to‘quv 
    g‘altagiga yetadigan uzunlikdagi ip o‘raladi. Oxorlash mashinasidagi maxsus 
    moslama piltalar bo‘shab chiqish jarayonida barabanni siljitib boradi. Bu moslamani
    tandalash tezligi kam va barabandagi ipning uzunligi katta bo‘lganda qo‘llash 
    maqsadga muvofiq. Almashtiriluvchi tanda barabanini qo‘llash tandalash jarayonini 
    takomillashtirishni talab etadi, chunki bu holda barabandagi uzilgan ipni uchini 
    topishning iloji bo‘lmaydi. 
    «Xakoba» (”Hacoba” piltalab tandalash mashinasi (Model UST E 1000) 
    (Paxtali, polister, jun iplari uchun)), (”Hacoba” piltalab tandalash mashinasi (Model 
    USK T 1000), (Viskoza, ingichka polister iplari (2,2-8,2 teks) uchun)) (Germaniya) 
    firmasining elektron boshqarish tizimi bilan jihozlangan USK piltalab tandalash 
    mashinasi ham ko‘p chet el korxonalarida samarali ishlamoqda. Mashinaning konus 
    burchagi bir xil bo‘lganligi uchun faqat supportning siljishi o‘zgartiriladi. Bu 
    mashinaning romi nax va support tig‘lari qo‘zg‘almas bo‘lib, pilta o‘ralayotgan 
    paytda baraban siljiydi. Piltalar to‘quv g‘altagiga o‘ralayotganda baraban teskari 
    tomonga siljiydi. 

    Download 0,54 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,54 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-Mavzu: Zamonaviy tandalash jarayoni uskunalarini avtomatlashtirish darajasi va ularni kompyuterli boshqaruv nazorat tizimi

    Download 0,54 Mb.
    Pdf ko'rish