• 5. Programmalashtirilgan o’quv materialini uzatish uchun maxsus texnik vositalardan foydalanish tamoyili.
  • Ravon programmalar
  • Tarmoqlanuvchi programma.
  • Aralash programma.
  • O’qitishda individual namuna va boshqarish tamoyili davom ettiriladi




    Download 0.68 Mb.
    bet48/50
    Sana14.05.2023
    Hajmi0.68 Mb.
    #59683
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
    Bog'liq
    5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assos
    3-dedline, Kons.MI
    4. O’qitishda individual namuna va boshqarish tamoyili davom ettiriladi. Bu tamoyil ta’lim oluvchining har biriga shunday axborot jarayonini yo’naltiradi va tavsiya etadiki, u ta’lim oluvchiga mashq jarayonida, tezlikda oldinga siljishga imkoniyat beradi, chunki uning bilish kuchi unga muvofiq ravishda boshqaruvchi tomonidan uzatilgan axborotga, moslashishga qulay bo’ladi.
    5. Programmalashtirilgan o’quv materialini uzatish uchun maxsus texnik vositalardan foydalanish tamoyili.
    Programmalashtirilgan o’qitish texnologiyasini ilmiy asoslash bir qator ta’limiy programmalarni farqlash imkoniyatini beradi:
    rayon programmalar;
    tarmoqlanuvchi programmalar;
    soddalashtirilgan programmalar;
    aralash programmalar;
    algoritm;
    blokli o’qitish;
    modulli o’qitish;
    bilimlarni to’la o’zlashtirish;
    Ravon programmalar — bu nazorat topshiriqlari va o’quv axborotlarining almashinib turuvchi u qadar katta bo’lmagan bloklari ketma-ketligidir.
    Ravon programmada ta’lim oluvchi to’g’ri javob berishi shart. Ba’zan ehtimol deb topilgan javoblardan birini shunchaki tanlaydi. To’g’ri topilgan javobda u yangi o’quv axborotiga ega bo’ladi. Agar javob to’g’ri chiqmasa, axborotni qaytadan o’rganishga tavsiya etiladi.

    Tarmoqlanuvchi programma. Ta’lim oluvchi noto’g’ri javob berganda, unga qo’shimcha o’quv axboroti beriladi va u ta’lim oluvchiga nazorat topshiriqlarini bajarish, to’g’ri javob qaytarish va o’quv axborotlarining yangi bo’laklarini olish imkoniyatini beradi.
    Soddalashtirilgan programma. U ta’lim oluvchiga yangi o’quv materialini murakkablik darajasiga qarab tanlab olish, uni o’zlashtirish jarayonida u yoki bu tarzda o’zgartirish, oddiy ma’lumotnoma, lug’at va qo’llanmalardan foydalanish imkoniyatini beradi.
    Aralash programma. U ravon, tarmoqlanuvchi, soddalashtirilgan programma bo’laklarini o’zida qamrab oladi.
    Algoritm. U aqliy va amaliy tadbirlar izchilligini belgilovchi tafsilotdir. U o’qitishning mustaqil vositasi hamda ta’limiy programmlarning qismi bo’lishi ham mumkin.

    Download 0.68 Mb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




    Download 0.68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’qitishda individual namuna va boshqarish tamoyili davom ettiriladi

    Download 0.68 Mb.