• 4.5.6. Dasturlashtirilgan o’qitish texnologiyasi
  • 5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assosiy savollar




    Download 0.68 Mb.
    bet46/50
    Sana14.05.2023
    Hajmi0.68 Mb.
    #59683
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
    Bog'liq
    5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assos
    3-dedline, Kons.MI
    Tramp rejasi - bu texnologiya AQShda juda mashhur. Bu o’qitish shakllarimng shunday tizimiki, unda katta auditoriyadagi mashg’ulotlar kichik guruhlardagi individual mashg’ulotlar bilan qo’shib olib boriladi.
    Zamonaviy texnik vositalar yordamida 100-150 kishidan iborat katta guruhlarda yuksak malakali o’qituvchilar, proffcssorlar leksiya o’qiydilar. 10-15 kishidan iborat kichik guruhlar esa lektsiya materiallarini muhokama qiladilar,
    bahs yuritadilar.
    Individual ishlar esa maktab kabinetlarida, laboratoriyalarida o’tkaziladi. Lektsiya mashg’ulotlariga 40%, kichik guruhlardagi mashg’ulotlarga 20%, kabinet va laboratoriyalardagi individual ishlarga esa 40% ajratiladi. Odatdagi sinf tushunchasi yo’q, kichik guruhlar ham doimiy emas.


    4.5.6. Dasturlashtirilgan o’qitish texnologiyasi


    Dasturlashtirilgan o’qitish XX asrning 50-yillari boshida paydo bo’ldi. U amerikalik psixolog B.Skinner nomi bilan bog’liq. U materiallarning o’zlashtirilishini boshqarishning samaradorligini oshirishda, axborotlarni qismma-qism uzatishning muntazam programmasi asosiga qurish va uni nazorat qilishni tavsiya etdi.
    N.Krauder tarmoqlangan dasturni ishlab chiqdi, unda nazorat natijalariga ko’ra ta’lim oluvchilarga mustaqil ishlar uchun turli xildagi materiallar tavsiya etiladi.
    G.K.Selevko dasturlashtirilgan o’qitishga quyidagi ta’rifni beradi, ya’ni dasturlashtirilgan o’qitish deganda o’qitish uskunalari (EHM, programmalashtirilgan darslik, kinotrenajer va b.) yordamida programmalashtirilgan o’quv materialining o’zlashtirilishini boshqarishni tushunadi. Dasturlashtirilgan o’quv materiali muayyan mantiqiy izchillikda beriladigan nisbatan katta bo’lmagan o’quv axborotlari («kadrlar», «fayllar», «odimlar») seriyasidan iborat bo’ladi.
    V.P.Bespalko bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish namunasidagi pedagogik texnologiya tasnifini tavsiya etdi. U o’qituvchi va ta’lim oluvchi (boshqariluvchi) munosabatlarini quyidagicha belgilaydi:
    berk- (o’quvchilarning nazorat qilinmaydigan va tuzatilmaydigan faoliyati);
    davriy (nazorat, o’z-of’zini nazorat qilish, o’zaro nazorat);
    tarqoq — (frontal) yoki yo’nalganlik (individuallik);
    goh (og’zaki) yoki avtomatlar (o’quv vositalari) orqali. V. P. Bespalko texnologiyasi turlari:
    1. klassik leksiya metodida o’qitish (boshqaruv-berk, tarqoq, qo’lda);
    2. audiovizual texnik vositalarda o’qitish (berk, tarqoq, avtomatlashtirilgan);
    3. «Konsultant (maslahatchilar)» tizimi (berk, yo’naltirilgan, qo’lda);
    4. o’quv adabiyotlari yordamida o’qitish (berk, yo’naltirilgan, avtomatlashtirilgan) — mustaqil ish;
    5. «Kichik guruhlar» tizimi (davriy, tarqoq, qo’lda) — guruhlardagi o’qitishning tabaqalashtirilgan usuli;
    6. kompyuter o’qitishlari (davriy, tarqoq, avtomatlashtirilgan);
    7. «Repetitor» tizimi (davriy, yo’naltirilgan, qo’lda) individual o’qitish;
    8. Dasturlashtirilgan o’qitish (davriy, yo’naltirilgan, avtomatlashtirilgan), ular uchun oldindan programmalar tuzib qo’yiladi.
    Dasturlashtirilgan o’qitishning beshta asosiy tamoyili farqlanadi:

    Download 0.68 Mb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




    Download 0.68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assosiy savollar

    Download 0.68 Mb.