|
Ta’limda ilmiylik, fan-texnika va texnologiyalar so‘nggi yutuqlarining hisobga olinishi
|
bet | 2/4 | Sana | 08.12.2023 | Hajmi | 52,32 Kb. | | #113683 |
Bog'liq 5-Maruza (1)1. Ta’limda ilmiylik, fan-texnika va texnologiyalar so‘nggi yutuqlarining hisobga olinishi EO‘MM mazmunining chuqurligi va ishonchliligini ta’minlaydi. O‘quv materiallarini EO‘MM yordamida o‘zlashtirish jarayoni o‘qitishning zamonaviy usullari asosida amalga oshiriladi. Masalan tajriba, eksperiment, taqqoslash, kuzatish, abstraktlash, umumlashtirish, yaxlitlashtirish, o‘xshashlik, tahlil va sintez, modellashtirish metodi, shu bilan birga matematik modellashtirish, shuningdek, tizimli tahlil metodlari.
2. O‘qitishning erishuvchanlik talablari – EO‘MMda amalga oshiriladi va ta’lim oluvchilarning yoshi hamda individual xususiyatlariga xos o‘quv materialini o‘rganishning murakkablik va chuqurlik darajasini aniklash zaruratini bildiradi. O‘quv materialini haddan ziyod murakkablashtirish va ortiqcha yuklash mumkin emas, aks holda ta’lim oluvchi bu materialni egallashga ojizlik qiladi.
3. O‘qitishning muammoliligini ta’minlash talablari – ta’lim olish faoliyatining tavsifi shartlashtirilgan. Agar ta’lim oluvchi muammoli topshiriqlar va mashqlarni bajarishga harakat qilsa, uning fikrlash faolligi ortadi. Ushbu didaktik talabning EO‘MM yordamida bajarilish darajasi, an’anaviy darsliklar va qo‘llanmalardan ko‘ra, sezilarli ravishda yuqori bo‘ladi.
4. O‘qitishning ko‘rgazmaliligini ta’minlash talablari – ta’lim oluvchilar tomonidan o‘rganilayotgan obyektlar, ularning maketlari yoki modellarini sezgili qabul qilish va shaxsan kuzatishini hisobga olish zaruratini bildiradi.
5. O‘qitishning ongliligi, ta’lim oluvchining mustaqilligi va faolligini ta’minlash talablari – o‘quv faoliyatining yakuniy maqsad va vazifalariga erishishda o‘quv axborotini jalb qilish bo‘yicha ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlashlari uchun EO‘MM bilan ta’minlashni ko‘zda tutadi. Bunda ta’lim oluvchi uchun o‘quv faoliyati yo‘naltirilgan maqsad va mazmunni anglatadi. Fanlar bo‘yicha EO‘MM tizimli faoliyatli yondashuv asosida ishlab chiqilishi kerak.
6. EO‘MMdan foydalanishda o‘qitishning tizimliligi va ketma-ketligi talablari – o‘rganiladigan fan sohasidan bilim va ko‘nikmalarning ta’lim oluvchilar tomonidan tizimli o‘zlashtirilishini anglatadi. Bilim, ko‘nikma va malaka – ta’lim tizimida mantiqiy tartibda shakllanishi va amalda qo‘llanilishi zarur. Buning uchun quyidagilarni amalga oshirish zarurligi aniqlandi:
- o‘quv materialini tizimlashtirilgan va tartibda tavsiya qilish;
- o‘quv materiallari yuzasidan shakllanadigan bilim va ko‘nikmalarning rivojlanib borishiga erishish;
- o‘rganilayotgan o‘quv materialining fanlararo bog‘liqligini ta’minlash;
- o‘quv materiali va ta’lim beruvchi ta’sirlarining uzatilish ketma-ketligini chuqur o‘ylab ko‘rish;
- bilim berish jarayonini mantiqiy ketma-ketlik asosida qurish;
- EO‘MM tavsiya qilgan axborotlarni o‘qitishning mazmuni va uslubi, ta’limoluvchining shaxsiyqobiliyatiga bog‘liq holda tanlanish kerak, masalan, mazmunli o‘yin holatlarini yaratish, amaliy tavsifdagi topshiriqlar va eksperimentlarni,haqiqiy jarayonlar va obyektlar modellarini tavsiya qilish yo‘li bilan amaliy faoliyatga bog‘lashni ta’minlash.
7. EO‘Mmdan foydalanishda bilimlarni mustahkam o‘zlashtirishga doir talablar – talabalarning o‘quv materialini mustahkam o‘zlashtirishlari uchun, ularning chuqur fikrlash, xotirada saqlash kabi qobiliyatlarini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.
8. EO‘MMda o‘qitishning rivojlantiruvchi vatarbiyaviy funksiyalari bajarilishi talablari.
Ta’lim vazifasidagi an’anaviy nashrlarga qo‘yiladigan didaktik talablardan tashqari, EO‘MM yaratish va joriy qilishda zamonaviy axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarning ustunliklaridan foydalanish kabi quyidagi o‘ziga xos didaktik talablar qo‘yiladi:
1.Moslashuvchanlik talablari – EO‘MM ta’limoluvchi individual imkoniyatlariga, ya’ni o‘qitish jarayonida o‘quv materiallari ta’lim oluvchi bilim va ko‘nikmalari hamda uning psixologik xususiyatlariga moslashtirilgan bo‘lishi kerak. EO‘MM moslashuvchanligining uchta darajasi mavjud. Birinchi daraja talabalarning o‘zlariga qulay bo‘lgan individual tempga mos holda o‘quv materialini o‘rganish imkoniyati hisoblanadi. Ikkinchi daraja - ta’lim oluvchi holatining diagnostik tahlili bo‘lib, uning natijalari asosida ta’lim berishning mazmuni va uslublari taklif etiladi. Uchinchi daraja – ochiqcha yondashuvga asoslanadi, unda foydalanuvchilarning guruhlanishi ko‘zda tutilmaydi va mualliflar ta’lim oluvchilarning imkoni boricha barcha kontingenti uchun ko‘proq variantlar ishlab chiqishi tavsiya etiladи.
2.O‘qitishning interfaol talablariga o‘qitish jarayonida ta’lim oluvchibilan EO‘Mmning o‘zaro hamkorligini ta’minlash kiradi. EO‘MM vositalari interfaol muloqot va teskari aloqani ta’minlashi kerak. Muloqotni tashkil etishning muhim sharti bo‘lib, foydalanuvchi harakatiga EO‘Mmning reaksiyasi hisoblanadi. Nazorat teskari aloqa asosida amalgaoshiriladi va keyingi bajariladigan ishlar yuzasidan tavsiyalar beradi, ma’lumotnoma va tushuntiruvchi axborotlar kirishtish amalga oshiriladi.
3.EO‘Mmning o‘quv axborotini taqdim qilishida kompyuter vizuallashtirish imkoniyatlarini joriy qilish talablari. Zamonaviy elektron vositalar imkoniyatlari o‘quv axborotini namoyish qilish sifatini tahlil qilishni ko‘zda tutadi.
4. EO‘MM bilan ishlashda ta’lim oluvchining intellektual qobiliyatini rivojlantirish talablari. Fikrlash, murakkab vaziyatlarda mustaqil qarorlar qabul qila olish mahorati, axborotga ishlov berish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirishni ko‘zda tutadi.
5. EO‘MM – o‘quv materialini namoyish qilishning tizimlilik va funksional bog‘liqligi talablariga javob berishi kerak.
6. EO‘MM – ta’lim berishning to‘liqligi va uzluksizligini ta’minlashi lozim.
EO‘MM maketi uning barcha tarkibiy qismlarining ixchamlashtirilgan va muayyan tizimga solingan shaklidir. Maket EO‘Mmning tarkibiy qismlarini vizuallash va o‘zaro bog‘lashni amalga oshirish imkonini beradi.
EO‘Mmning maketi rasmiy hujjat sifatida quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
meyoriy hujjatlar komponentlari - titul varag‘i, kelishuv varag‘i, mavzuviy rejasi, fan dasturi, fanning ishchi dasturi;
mazmunni belgilovchi komponentlari - elektron o‘quv qo‘llanma, laboratoriya va amaliy (seminar) mashg‘ulotlari mazmuni, mustaqil ishlar mazmuni, elektron lug‘at;
metodik komponentlari - o‘qituvchiga mo‘ljallangan metodik komponent, talabaga mo‘ljallangan metodik komponent;
baholashkomponentlari - baholashmezonlari, joriy, oraliq va yakuniy nazorat bo‘yicha savollar, kurs ishi mavzulari va x.q.
|
| |