Sun’iy intellekt tizimlarining rivojlanish tarixi. Androidlar va elektromexanik




Download 252,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana19.02.2024
Hajmi252,02 Kb.
#158687
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-MT

Sun’iy intellekt tizimlarining rivojlanish tarixi. Androidlar va elektromexanik 
robotlar. Android deb sun’iy (mexanik) odamchalarga aytiladi. «Android» so’zi lotincha 
«andros» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, erkak, er ma’nolarini beradi. Inson yoki boshqa tirik 
mavjudotlarning tashqi ko’rinishi va funksional imkoniyatlari bo’yicha mexanik mavjudotlarni 
loyihalash va tayyorlash XVIII asrda boshlangan. Bu davr mexanikaning «oltin asr»i bo’lgan. 
Chunki o’sha davrda har xil kichkina (miniatyura) va mohirona yasalgan (murakkab) asboblar, 
musiqa qutichalari, mexanik odamchalar va ajoyib «tirik» mavjudotlar ixtiro qilingan. Bu 
mahsulotlarning ijodkorlari odatda soatsoz bo’lganlar. XVIII-XIX asrlarga oid yigirmaga yaqin 
androidlar ma’lum. Eng mashhurlari fransuz mexanigi Jak de Vokanson va Shveysariya ustalari - 
ota-bola Pyer va Anri Drolar tomonidan yaratilgan androidlardir. Pyer Droning «nusxa 
ko’chiruvchi» va Jak de Vokansonning «naychi» ijodlari juda yuksak mahorat bilan ishlangan. 
Jak de Vokansonning «naycha» si tashqi ko’rinishidan oddiy odam singari ko’rinishda bo’lib, 
nay (fleyta) ni ohista lablariga olib kelgan holda instrumentning har xil teshiklarini barmoqlari 
bilan tanlab bosib o’z repertuaridagi o’n ikki ohangdan birini chalar edi. Pyer Droning «nusxa 
ko’chiruvchi» si tashqi tomondan stolni oldida o’tiruvchi olti yoshli qizchaga o’xshar edi. U 
«g’oz pero»sini siyohdonga tirishqoq holda botirar va chiroyli qilib harflar, so’zlar yozardi va 
hatto itni rasmini ham chizar edi. Bunda u boshini bir tekis sarak-sarak qilar va qo’l harakatiga 
mos ravishda ko’z - qovog’ini tushirar edi. O’sha asrning tomoshabinlari inson qo’li bilan 
yaratilgan bu «tirik mavjudot»ni ko’rib lol qolganlar. 1774 yili Parijdagi ko’rgazmada Pyer va 
Anri Drolarning uch androidi: «nusxa ko’chiruvchi», «rasm chizuvchi» va «musiqashunos»i 
namoyish qilinadi. Anri Droning androidi hozirgi vaqtda Fransiyaning Nevshatel shahridagi 
nafis san’at muzeyida saqlanmoqda. XIX asrning boshiga kelib androidlar o’rnini yuqori texnik 
imkoniyatlarga ega bo’lgan elektromexanik robotlar egalladi. «Robot» termini birinchi bo’lib 
chex yozuvchisi Karel Chapekning 1920 yilda yozgan R.U.R. («Rassum universal robotlari») 
pyesasida qo’llangan. Bu so’z «goot» degan chex so’zidan olingan bo’lib, odamzodga o’xshab 
harakat qiluvchi mashinani anglatadi. Pyesaning qahramonlari tashqi ko’rinishi bo’yicha odamga 
o’xshagan mexanik odamlar bo’lib, fizik va intellektual tomondan odamdan ustun edi. K. 
Chapek ularni «robotlar» deb atadi. Bu so’z «android» atamasini siqib chiqarib («android» so’zi 
faqat o’tgan zamon mexanik ko’g’irchoqlarining atalishida saqlanib kolgan), dunyoning hamma 
tillariga singib ketdi. Dunyoda birinchi robot 1927-yilda yaratilgan. Bu amerikalik muxandis Dj. 
Vensli tomonidan loyihalashtirilgan va butun dunyo ko’rgazmasida namoyish qilingan 
«Televoks» roboti edi. «Televoks» robot qo’llari bilan harakat qila olar, oyoqqa tura olar va 
magnitofon yordamida bir nechta iboralarni ayta olar edi. Bularning hammasini androidlar 
harakatidan farqli o’laroq, qat’iy (o’zgarmas) programma bo’yicha emas, balki o’zining 
konstruktori ko’rsatmasi bo’yicha bajarar edi. Robotga topshiriqlar hushtak yordamida kiritilgan. 
«Televoks» ommaviy tarzda namoyish qilinganidan so’ng «ishga» solib yuborildi, ya’ni uni 
Nyu-Yorkdagi osmon o’par uylardan birining vodoprovod shohobchasiga navbatchi vazifasiga 
«tayinlashdi». Uning zimmasiga tizimdagi suvning sathi va nasoslar ishini kuzatib turish 
yuklandi. Shundan so’ng qiziqarli texnik yechimlarga ega bo’lgan elektromexanik robotlarning 
bir butun avlodi paydo bo’ldi. Keyinchalik mikroprosessor texnologiyaning rivojlanishi 
natijasida elektromexanik robotlar o’rnini elektron robotlar egalladi. Shunday robotlardan 
ikkitasi xususida so’z yuritamiz. Birinchi robot «Universal» Osaka shahrida (Yaponiya) butun 
dunyo ko’rgazmasida namoyish qilindi. Robot radio orqali beriladigan 27 topshiriqni bajarardi: u 


yuradi, boshi va qo’llari haraqat qiladi, musiqani tushunadi va uning ohangiga o’ynaydi va 
hokazo. Ikkinchi robot «Demonstrator» («namoyish qiluvchi») Ukraina Fanlar akademiyasi 
institutlaridan birida bor. Bu robotning ichiga sun’iy olmos ishlab chiqaruvchi laboratoriya 
qurilmasi joylashtirilgan. Robot oddiy grafitdan sun’iy olmos ishlab chiqarish texnologiyasini 
ommabop qilib tushuntirib bera olgan. Ma’ruza paytida robotning og’ziga grafit parchalari 
solingan, robot esa jag’i bilan uni ezgan va ko’p o’tmay uning o’zi maxsus teshigidan tayyor 
bo’lgan olmos kristallni olib bergan. Bu namoyish katta samara bergan. Yuqorida aytilgan 
fikrlarni umumlashtirib, shuni tasdiqlashimiz mumkinki, android va birinchi robotlar insonning 
harakat va ta’sir qilish sohasidagi imkoniyatlarini modellashtirishda birinchi urinish bo’lgan. 
Ular hozirgi zamon robotlarining asoschisi bo’la olmadi. Bunga eng oddiy intellektning yo’qligi 
sababdir. Bu nimada ifodalangan? Bu, birinchidan, tashqi muhit bilan android (robot)lar harakati 
o’rtasida teskari aloqaning yo’qligi hamda bu tashqi o’zgaruvchan muhitga moslanish 
qobiliyatining yo’qligi bilan ifodalanadi. Bular mahorat bilan yasalgan o’yinchoqlar edi, ularning 
harakati qat’iy programmalashtirilgan edi. Masalan, «Nusxa ko’chiruvchi» android hamma vaqt 
oldindan belgilangan jumlalar to’plamidan birini yozardi. Agar uning siyohdonida siyoh 
bo’lmasa ham u siyohdonga perosini tiqishni va qog’ozga pero bilan (perosida siyoh bo’lmasa 
ham) yozishni davom ettirar edi. «Naychi» android esa, agar, uning nayi o’rniga xuddi nayga 
o’xshash o’lchamda dumaloq yog’och qo’yilsa ham o’zining ohangini o’ynay berardi. Birinchi 
robotlar androidlardan deyarli farqlanmasdi. Ular o’zlariga xos harakatlarni (tashqi muhit 
ta’sirida bo’ladigan harakatlarni emas, balki topshiriq signallari yordamidagi har xil ketma-
ketlikdagi harakatlarni) bajarardilar. Shunday bo’lsa ham, android va elektromexanik robotlarni 
yaratishga ketgan urinishlar zoye ketmadi. Bunday o’yinchoqlarni yaratuvchilar 
antropomorf(odamga xos) harakatlarga mexanik o’xshatish imkoniyati to’g’risidagi masalani 
ijobiy hal qilganlar. Bu ishlarning natijalari biomexanika (odam harakati nazariyasi) 
rivojlanishida katta rol o’ynagan, ya’ni insonlar uchun protezlar yaratishga imkon bergan. 
Androidlar qo’li inson tomonidan yaratilgan birinchi manipulyatorlar sanalgan. Hozirgi paytdagi 
manipulyatorlar qanchalik mukammal bo’lmasin, ular bilan mexaniklarning «oltin asri»ning 
ajoyib ijodkorlari tomonidan yaratilgan manipulyatorlar orasida genetik o’xshashlikni oson 
ko’rish mumkin. Shuni alohida qayd qilish kerakki, robot-androidlarning ijodkorlari hozirgi 
zamon robotlari paydo bo’lishi uchun imkon yaratganlar.

Download 252,02 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 252,02 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sun’iy intellekt tizimlarining rivojlanish tarixi. Androidlar va elektromexanik

Download 252,02 Kb.
Pdf ko'rish