Sun’iy intellekt tizimlari(SIT)




Download 252,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana19.02.2024
Hajmi252,02 Kb.
#158687
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-MT

Sun’iy intellekt tizimlari(SIT). SIT sohasidagi tadqiqotlarning boshlanishini (50-yillar 
oxiri) Nyuell, Sayman va Shoularning turli xil masalalarni yechish jarayonlarini tadqiq qilish 
ishlari bilan bog’lashadi. Ular ishining natijasi mulohazalar hisobidagi teoremalarni isbotlashga 
mo’ljallangan «MANTIQChINAZARIYOTChI» va «UMUMIY MASALA YEChUVChI» 
dasturlari bo’ldi. Bu ishlar SIT-sohasidagi tadqiqotlarning birinchi bosqichini boshlab berdi. Bu 
tadqiqotlar masalalarni yechishda turli xil evristik usullarni qo’llashga asoslangan dasturlarni 
ishlab chiqish bilan bog’liq bo’lgan. Evristik usul bu holda insonning fikrlashiga umuman xos 
bo’lgan, ya’ni masalani yechish yo’lini uni keyinchalik tekshirishga o’xshash holda qaralgan. 
EHMlarda qo’llanilgan algoritmik usul unga qarshi qo’yilgan bo’lib, bu usul deterministik tarzda 
natijaga olib keluvchi berilgan qadamlarning mexanik tarzda bajarilishini amalga oshirgan. 
Evristik usullarning alohida inson faoliyati kabi talqin etilishi SIT terminining paydo bo’lishi va 
tarqalishiga sabab bo’ldi. Shunday qilib o’zlarining dasturlarini tavsiflashda Nyuell va Sayman 
dalil sifatida shuni ta’kidlashdiki, ularning dasturlari inson fikrlashini (tafakkurini) 
modellashtirar ekan. 70 yillar boshida ular bunga o’xshash ko’plab ma’lumotlarni chop etishdi 
va fikrlashni (tafakkurni) modellashtiradigan dastur tuzishning umumiy usulikasini taklif etishdi. 
Nyuell va Saymanning ishlari ko’pchilikni jalb qilgan bir paytda Massachusets texnologiya 
instituti, Stenford universiteti va Stenford tadqiqotlar institutida SIT sohasidagi tadqiqotchilar 
guruhi shakllandi. Nyuell va Saymanning oldingi ishlariga qarshi ravishda bu tadqiqotlar formal 
matematik tushunchalarga tegishli edi. Bu tadqiqotlarda masalani yechish yo’li matematik va 
belgilar mantig’i asosida rivojlandi. Inson tafakkurini modellashtirishga ikkinchi darajadagi kabi 
ahamiyat berildi. SIT sohasini tadqiq etishda Robinsonning rezolyusiyalar usuli katta ta’sir etdi. 
Bu usul predikatlar mantig’idagi teoremalarni isbotlashga asoslangan va isbotlashning 
mukammal usuli hisoblangan. Bunda SIT iborasini tavsiflash muhim o’zgarishga uchradi. SIT 
sohasidagi tadqiqotlarning maqsadi «Inson masalalari»ni yechadigan dasturlarni yaratish bo’ldi. 
O’sha davrning SIT sohasidagi ko’zga ko’ringan tadqiqotchilaridan biri R. Benerdji 1969 yil 
shunday yozgan: «Odatda sun’iy intellekt deb nomlangan tadqiqot sohasini, yaqin kunlargacha 
faqat inson hal qila oladigan masalalarni yecha oladigan mashinalarni analiz va konstruksiya 
qilishning usul va vositalari yig’indisi sifatida qarash mumkin. Bunda tezlik va samaradorligi 
bo’yicha mashinalar inson bilan tenglasha olishi kerak». SIT usullarini rivojlantirishning birinchi 
bosqichida turli xil o’yinlar, boshqotirmalar va matematik masalalar tadqiqot maydoni 
hisoblangan. SIT to’g’risidagi adabiyotlarda bu masalalarning ba’zilari klassik masalalar bo’lib 
qoldi. Bunday masalalarni tanlash ularning oddiyligi, masalaning aniq qo’yilishi, ularning 
unchalik murakkab emasligi va masalani yechish uchun «qism usul» ni tanlash, hattoki, sun’iy 
ravishda qurish mumkinligi bilan bog’liq. 60 yillar oxiriga kelib bunday tadqiqotlar juda 
rivojlandi. Shu davrga kelib bu tadqiqotlarni sun’iy muhitlarda emas, balki real muammoli 
muhitlarda qo’llashga harakatlar qilingan. SITning real dunyoda ishlashini tadqiq qilish integral 
robotlarni yaratish masalasiga olib keldi. Bunday ishlarning o’tkazilishini SIT ustidagi 
tadqiqotlarning ikkinchi bosqichi deyish mumkin. Stenford universiteti, Stenford tadqiqotlar 
instituti va boshqa bir qancha joylarda laboratoriya sharoitida ishlaydigan robotlar yaratilgan. 
Bunday tajribalarning o’tkazilishi bir qancha muammolarni hal qilishni talab qildi. Bunday 
muammolarga bilimlarni taqdim etish, ko’rish orqali idrok etish, robotlar bilan tabiiy tilda 
muloqot qilish mummolari kiradi. Bu muammolar 70 yillar o’rtalarida tadqiqotchilar oldiga 
yanada aniqroq ifodalangan muammolarni qo’ydi. Bu davr SITni tadqiq etishning uchinchi 
bosqichi edi. Uning xarakterli tomoni tadqiqotchilarning diqqat markazini oldiga qo’yilgan 
masalani real muhitda o’zi yechadigan, avtonom (alohida) ishlaydigan tizimni yaratishdan, inson 
intellektini va HM ning imkoniyatlarini birlashtiradigan inson-mashina tizimlarini yaratishga 
ko’chirish va buning natijasida umumiy maqsadga erishish – integralli insonmashina yechuvchi 


tizimining oldiga qo’yilgan masalani yechish edi. Bunday ko’chirish ikkita sababga ko’ra kelib 
chiqdi: Bu vaqtda shu narsa aniqlandiki, integral robot real vaqtda ishlaganda hatto eng oddiy 
ko’ringan masalani ham maxsus shakllangan muammoli muhitda tajribaviy masalalarni yechish 
uchun yaratilgan usullar yordamida yechib bo’lmas edi; Bir - birini to’ldiradigan inson va EHM 
imkoniyatlarini birlashtirish, EHMga mumkin bo’lmagan funksiyalarni insonga yuklash orqali 
murakkab tomonlarni chetlab o’tish mumkinligi aniq bo’ldi. Mashina yordamida yechish 
usullarini yaratish emas, balki butun masalani yechish jarayonida inson va HM ning birgalikdagi 
harakatini ta’minlaydigan usullar va vositalarni yaratish oldingi o’ringa chiqdi. Sun’iy intellekt 
tizimlarining bu yo’nalishda rivojlanishiga hisoblash texnikalarini ishlab chiqarishning o’sishi va 
ularning arzonlashishi sabab bo’ldi. 

Download 252,02 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 252,02 Kb.
Pdf ko'rish