5-mavzu. Sun’iy intellekt tizimlari. Ishning maqsadi




Download 252,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana19.02.2024
Hajmi252,02 Kb.
#158687
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-MT

Robotlar. Hozirgi zamon robotlari rivojlanishning uch bosqichini bosib o’tdi. Ularning 
birinchi avlodi programmali robotlar, ikkinchi avlodi - «his qiluvchi» robotlar yoki moslangan 
(adaptiv) robotlar, uchinchi avlodi esa intellektual robotlar deb ataladi. Programmali robotlarning 
xarakterli belgisi - bu uning oldindan berilgan aniq harakatlarni bir xil tarzda takrorlay olishi. 
Bunday robotlar manipulyatorlar deb ham ataladi. Birinchi avlod robotlari turli xil sanoat 
tarmoqlarida qo’llaniladi. Xususan, payvandchi-robot AQShdagi Ford avtomobil zavodida va 
«Djeneral motors» firmasida, Yaponiya, AQSh, Fransiya, Rossiya (Tolyatti shahri)dagi 
avtomobil zavodlarining konveyerlarida ishlayapti. Moskvada shunday kompleks ishlayaptiki, 
unda robotlar metall qirqadigan stanoklarga massasi 160 tonnagacha bo’lgan tayyor xom 
ashyolarni yetkazib beradi. Robotlar Rigada tele-radio apparaturani, Saratovda - xolodilniklarni, 
Leningradda - asboblar (pribor)larni, Toshkentda - qishloq xo’jalik texnikasini Andijonda yengil 
va Samarqandda og’ir avtomobillarni tayyorlashda yordam berayapti.
Birinchi avlod robotlaridan farqli o’laroq ikkinchi avlod robotlari, his qilish texnik 
a’zolar bilan (bularning ichida odamzodnikiga o’xshashlari ham bor, ya’ni sezish, eshitish, 
ko’rish) jihozlangan. Buning uchun robot aniq to’plamli (naborli) qabul qiluvchi va uzatuvchi 
qurilmalar bilan ta’minlanadi, shu qurilmalardan olingan axborotlar robotlar uchun o’z harakatini 
to’g’irlashga imkon beradi. Bu, axborotlar shuningdek robotlarning tashqi olamni (ayrim 
hollarda odamlarga nisbatan juda to’laroq) idrok etishini ta’minlaydi.
Ikkinchi avlod robotlari «his qiluvchi» robotlar yoki moslangan robotlar deyiladi. 
Bunday robotlarning yechadigan asosiy masalasi - tashqi muhitdan kelayotgan axborotlar 
hajmini tezda qayta ishlash hamda izohlab berishdir. Ma’lumki, odamning his qilish a’zolari - bu 
miyaning qo’shimcha qismi hisoblanadi. Ular yordamida nafaqat har xil axborotlar yig’iladi, 


balki qayta ishlanadi, filtrlanadi va shundan so’ng miya qobig’i bo’limlariga uzatiladi. Xulosa 
qilib aytganda, «his qilish» qobiliyatiga ega bo’lgan robot (tashqi dunyoni sezadigan a’zolari 
bilan birga) intellekt (aql)ning ayrim elementlarini olishi aniq. Bu avlod robotlarining birinchi 
vakillaridan biri o’ziyurar «Lunoxod- 1» apparatidir. Bu apparat avtomatik planetalararo «Luna - 
17» stansiyasi orqali Oyga olib berildi. «Luna-17» stansiyasi Yerdan 1970 yil 10 noyabrda 
uchirilib, 1970 yil 17 noyabrda Oyning «Yomg’irlar dengizi» rayoniga (koordinatlari: 350 harbiy 
uzoqlik va 380 17' shimoliy kenglik) qo’ndi. «Lunoxod- 1» ning o’zi ilmiy asboblar bilan 
jihozlangan harakat qiluvchi laboratoriya edi. Ko’rish organi sifatida ikkita televizion kamera 
xizmat qilgan. Bu kameralar yurayotgan robotning oldidagi ko’rinadigan oyning sathi uchastkasi 
(bir bo’lagi) tasvirini tinimsiz yerga berib turgan. 1975 yilda Marsga amerika kosmik roboti 
«Viking» qo’ndirildi. Taxmin qilish mumkinki, uzoq planetalarga ham birinchi bo’lib robotlar 
(turgan gap takomillashganlari) qadam qo’yadi. «Lunoxod-1» va «Viking» yerdan boshqarilgan. 
Bu robotlardan yuz ming va millionlab kilometr narida operatorlar bo’lgan, ularning signallari 
orqali robotlar harakat qilganlar. Ikkinchi avlod robotlari asosan inson hayotiga xavfli bo’lgan 
ishlarni bajarish uchun qo’llaniladi. Masalan, atom reaktorlari atrofida, kosmik bo’shliqda, okean 
chuqurliklarida va shunga o’xshash joylarda. Bu robotlar texnik sezish a’zolari bilan 
ta’minlangan bo’lishiga qaramay, ularni intellektual (aqlli) robotlar qatoriga qo’shib bo’lmaydi. 
Robot sezish a’zolari yordamida olingan axborotlarni odamga uzatadi, odam esa olingan 
axborotlar asosida robotning keyingi harakatlarini boshqaradi. Masalan, yerdan turib operatorlar 
«Lunoxod - 1» va «Viking» larning harakatini boshqarishgan. Robot intellektual bo’lishi uchun u 
murakkab va doimiy o’zgarib turuvchi olamda o’z holati va yo’nalishini doimiy ravishda aniqlab 
turishi kerak. 
 Uchinchi avlod robotlari (intellektual robotlar deb ataladi), birinchi va ikkinchi avlod 
robotlaridan farqli o’laroq, ular anglash va o’zini anglashga shunday ega bo’lishi kerakki, 
murakkab, chigal tuzilgan tashqi dunyoda ularning xulqi ma’lum bir maqsadga yo’nalgan 
xarakterda bo’lmog’i lozim. Robotning anglashi deganda uning modellashtira olish qobiliyati 
tushuniladi, ya’ni dunyoni o’zining xotirasida aks ettirishi, tashqi muhit qonuniyatlarini tahlil 
qilish va hokazo. Robotning o’zini anglashi deganda, uning o’zinio’zi muhit modelida aks 
ettirish qobiliyati hamda o’zining (xususiy) tuzilishiga va ishlashiga muhit ta’siri qonuniyatlarini 
tahlil qilishi tushuniladi.
Uchinchi avlod robotlari quyidagi tizimlar, ya’ni idrok qilish (qabul qilish), bilimlarni 
berish (ya’ni ularning ifodasi shaklini), harakatini rejalashtirish va amalga oshirish tizimlari bilan 
jihozlanishi kerak. Robotning markaziy zvenosi bo’lib bilimlar taklif qilish tizimi hisoblanadi. 
Bu tizim masalalarni yechishda bilimlarni to’plash, sozlash va ishlatishni amalga oshiradi. 
Bilimlarni taqdim etish robot qaysi sinf masalalarini yechishiga qarab tanlanadi. Robot tashqi 
muhit bilan aloqani o’zining qabul qilish tizimi orqali amalga oshiradi. Bu tizimning pirovard 
maqsadi – robotni o’rab olgan muhitning holati modelini tuzishdir. Harakatni rejalashtirish va 
amalga oshirish tizimining asosiy maqsadi -qo’yilgan maqsadga erishish uchun tashqi muhitga 
ta’sir qiluvchi programmalarni tuzish va ishlatishdir. Robot harakatini rejalashtirish, bu 
qo’yilgan masalani yechish jarayoni kabidir. Reja yoki masalani yechish – bu harakatlarning 
ketma-ketligi bo’lib, robotning hozirgi holatini (o’zaro bog’langan muhit bilan) istalgan holatga 
o’tkazishdan iborat. Hozirgi vaqtda intellektual robotlar yaratilish bosqichida. Yaratilishning 
yuqori bosqichi yuksak rivojlangan sanoat tarmoqlariga ega bo’lgan mamlakatlarda (AQSh, 
G’arbiy Yevropa, Yaponiya hamda Rossiyada) kuzatilmoqda. Bu yuksak rivojlangan sanoat 
tarmoqlarida «ilmiy mahsulot» katta salmoqqa ega. Rossiya Fanlar akademiyasining hisoblash 
markazida o’ta harakatchan (chaqqon) robot yaratish ustida ish olib borilmoqda. Bu robot xarita 
yordamida aniq joylarda «trassa o’tkazish» qobiliyatiga ega. Robotning rejalashtirish tizimi bir 
necha bosqichlarga ega. Birinchi bosqich xaritada marshrutni belgilaydi, keyin bu marshrut 
ikkinchi bosqichda (xarakat vaqtida, ya’ni ko’rish tizimidan axborot kelayotgan paytda) 
oydinlashtiriladi va so’nggi uchinchi bosqichda to’siqlarni aylanib o’tish bo’yicha aniq 
yechimlar qabul qilinadi. Bir necha shunday robotlar yordamida katta masofada marshrut 
o’tkazish mumkin. Robotning yurishi jarayonida begona to’siqlarni o’tish tajribasi ortib boradi 


va bu tajribani u radio orqali o’zining hamkasblariga uzatadi. Har xil qo’llanishga mo’ljallangan 
intellektual robotlarni yaratish borasida jumladan Ukraina, Belorussiya va O’zbekistonda 
tadqiqotlar olib borilmokda. Intellektual robotlar yaratish g’oyasini amalda qo’llash uchun 
umuman sun’iy intellekt rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan ancha murakkab nazariy 
muammolarni yechish kerak.

Download 252,02 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 252,02 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



5-mavzu. Sun’iy intellekt tizimlari. Ishning maqsadi

Download 252,02 Kb.
Pdf ko'rish