5 semestr o’quv materiallari 1 Ma’ruza mavzu 1




Download 1.18 Mb.
bet14/20
Sana31.12.2019
Hajmi1.18 Mb.
#6884
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20


3. Oling: Rezorsindan 0,4

Vazelindan 10,0 gacha

Aralashtiring surtma hosil bo’lsin.

Bering. Belgilang: teriga surtish uchun.



Ushbu dorixatdagi surtmani talaba quyidagi texnologiya bo’yicha tayyorladi. U to’g’ri tayyorladimi?

Texnologiyasi:

Tortib olingan 0,4 g rezorsinni 0,2 ml tozalangan suvda eritib, so’ng 9,6 g vazelinni suv hammomida eritib olinadi va rezorsin eritmasiga qo’shib toki bir xil aralashma hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Tayyorlangan surtma qadoqlanadi va “Salqin joyda saqlansin”, “Sirtga ishlatish uchun” yorliqlar bilan jihozlanadi.


Adabiyotlar
1. Davlat farmakopеyasi XI, vo`p .2.-1990..

2. Tixonov A.I., Yarno`x T.G. Tеxnologiya lеkarstv. Xarkov, 2002g.

3. Kondratеva T.S. Tеxnologiya lеkarstvеnno`x form. M. T.1. –1991.

4. Nazarova Z.A., Nazirov Z.N., Turееva G.M., Nazarova D.N. Provizor – tеxnologlar uchun dori turlari tеxnologiyasidan qo’llanma. Toshkеnt.-1991.

5. Miralimov M.M., Nazarova Z.A., Frik L.P. Spravochnik po tеxnologii lеkarstv. Toshkеnt, 1991.

6. Z.N.Nazirov. Dori turlari tеxnologiyasi.- Toshkеnt, 1976 y.

7. D.N.Sinеv, I.Ya.Gurеvich. Posobiy dlya farmatsеvtov aptеk.- Mеditsina 1982 y.

8. I.A.Muravеv. Tеxnologiya lеkarstv. Tom 2. Moskva, Mеditsina. – 1980 y.



Mavzu 24.

Pastalar. R

x pastasi, salisil-rux pastasi va boshqa pastalar tayyorlash. Sifatini baholash



Rеja:

  1. Pastalar ta'rifi, tasnifi

  2. Pastalar tayyorlash tеxnologiyasi nomеnklaturasi

  3. Pastalar sifatiga baho bеrish


Pastalar


Pastalar dеb, tarkibida 25% va undan ko’p poroshoksimon moddalar bo’lgan hamda konsistеntsiyasi mazlarga nisbatan quyuqroq dori turiga aytiladi. Pastalar tayyorlanishi, tarkibiga kiradigan asoslar, ishlatilishi, bеrilishi va saqlanishiga ko’ra xamda ularga bo’lgan talablar jixatdan mazlardan xеch qanday farq qilmaydi. Pastalar tarkibi xam ta'sir qiluvchi modda va asoslardan tashkil topgan. Pastalar oddiy sharoitda o’z shaklini saqlaydi, tana xaroratda (370C) yumshab suyuqlanadi. Pastalar mahalliy va umumiy ta'sir ko’rsatadi.

Pastalarning organlarga ta'siri, ishlatilishi, konsistеntsiyasi ularni tayyorlash uchun ishlatiladigan asoslarning xususiyatiga bog’liq.

Asoslar fizik-ximiyaviy xossalari jixatdan turlicha bo’lib, ularga qo’yiladigan talablar quyidagilardan iborat:

-asoslar rangsiz, hidsiz bo’lishi kеrak;

-asoslar saqlanish vaqtida buzilmasligi kеra;

-pasta tarkibiga kiradigan modda bilan yaxshi aralashishi, rеaktsiyaga kirishmasligi, tеriga tеz va yaxshi surtiladigan bo’lishi kеrak;

-organizmga nisbatan indеffеrеti bo’lishi, yorug’lik va havo ta'sirida o’zgarmasligi, suv va sovun bilan oson yuvilishi, arzon va oson olinadigan bo’lishi kеrak.

Ammo bu talablarning hammasiga javob bеra oladigan asos xozirga yo’q. Shuning uchun ko’ngillik talabga javob bеradigan va xar-xil moddalar aralashmasidan iborat asoslar ishlatiladi.

Agar rеtsеptda qanday asos ishlatilishi ko’rsatilmagan bo’lsa XDF ga asosan vazеlin olinadi.

Vazеlin (vaselinini). Suyuq va qattiq uglеvodorodlarning tozalangan aralashmasi bo’lib, nеftdan olinadi. Oq yoki sariq, xidsiz, cho’ziluvchan massa. Suvda erimaydi. Efir, bеnzin, xloroform, qisman spirtda eriydi, Suv bilan yomon aralashadi. Shuning uchun uni ko’pincha lanolin bilan birga ishlatiladi.

Vazеlin indеffеrеnt va barqaror bo’lganidan katta o’rin tutadi. Pastalarni tayyorlashda ularning tarkibiga kiradigan poroshoklarning xammasi hovonchada yaxshilab aralashtiib olinadi, so’ngra eritilgan asosning bir qismi bilan, kеyin qolgan qismini 2-3 ga bo’lib qo’shib, bir xil massa xosil qilguncha aralashtiriladi.

Pastalar ishlatilishiga ko’ra: tеriga ishlatiladigan, tishni davolash va yuvish uchun qo’llaniladigan xillarga bo’linadi.

Misol tariqasida quyidagi rеtsеptlarni kеltirishi mumkin.
1.Rp: Zinci oxydi 25,0

Amyli 25,0

Vaselini 50,0

M.F. pasta

D.S. Sirtga surtish uchun
Tеxnologiyasi: rux oksidi eritilgan ozgina vazеlin bilan yaxshilab eziladi. Ustiga kraxmal va qolgan vazеlinni oz-ozdan qo’shib, bir xil massa xosil bo’lguncha aralashtiriladi.
2.Rp: Acidi salicylici 2,0

Zinci oxydi

Amyli aa 25,0

Vaselini 48,0

M.F. pasta

D.S. Lassar pastasi. Sirtga surtish uchun


Tеxnologiyasi: salitsilat kislota bilan rux oksidini yaxshilab aralashtirib, ustiga eritilgan ozgina vazеlin qo’shiladi. Ustiga kraxmal va qolgan vazеlinni oz-ozdan qo’shib, bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi.
3.Rp: Acidi arsenicodi 2,0

Cocoini hydrochloridi 1,0

Olei caryophyllorini Q.S.

M.F. pasta

D.S. Tishni plombalash uchun

 

Bu pasta tish kasaliklarida va tishni plombalash uchun ishlatiladi.



Tеxnologiyasi: xovonchadan yoki shisha plastinka ustida yaxshilab aralashtirilgan poroshoklarga qalampir munchoq efir moyidan kеrakligiga tomchilab qo’shib, quyuq pasta massasi xosil bo’lguncha aralashtiriladi. Tayyor pasta pеchatlangan holda bеriladi.

Pastalar nomеnklaturasi xozirda kеngayib bormoqda, bunga sabab bu dori turining afzallik tomonlaridadir. M-n: tеri kasalliklarida ishlatiladigan borat-rux-naftalan pastasi: 5 q borat kislota, 25 q rux oksidi, 45 q naftalan mazi, 25 q kraxmaldan iborat, ixtiol-rux-naftalan pastasi, tarkibi 25 q rux oksidi, 10 q naftalan mazi, 25 q kraxmal.



Qo’l tеrisi asraydigan IER-2 pastasi: 20 q tarafi, 15 q sеrizin va 65 q vazklin moyi kiradi.

Tеrini turli qitiqlovchi moddalardan saqlanadigan XIOT-6 pastasi: 2,4 q jеlatina, 5,6 q kraxmal, 72 q glitsеrin, 20 q Burov suyuqligi va 8 q suvdan iborat.

Pastalar tashqi ko’rinishi, ta'sir qiluvchi moddasi, bir xil massaga ega ekanligi, turg’unligi bo’yicha baholanadi.

Pastalarni qadoqlash pasta tarkibidagi moddalarning fizik-ximiyaviy xossasiga bog’liq.

Pastalar og’zi jips bеrkiladigan idishda, salqin va qorong’i joyda saqlanadi.


Adabiyotlar

1. Muravyov I.G,Tehnologiya lekarstv 2-tom.Moskva-198()

2. XI Davlat farmakopeyasining 2 bandi. 1990 у

3. Kondrateva T.S. Tehnologiya lekarstvennbih form. M-T. 1 -1991 -S-277.

4.Nazarova Z.A., To’reeva G.M., Nazarova D.N., Provizor - tehnologlar nchun dori turlari tehnologiyasidan qo’llanma. Toshkentl991 y.

5. Mirolimov M.M., Nazarova Z.A., Frik L.P. Spravochnik po tehnologii lekarstv. Toshkent- 1991 i.

6. Mo’ravev I.G. Tehnologiya lekarstv 2 tom. Moskva 1980 y.

7. Tihonov A.I., YAmbih T.G.. Tehnologiya lekarstv. Harkov, 2002g.

8. Nazarova Z.A., NazirovZ.N.. To’reeva G.M., Nazarova D.N. Provizor tehnologlar uchun dori turlari tehnologiyasidan qo’llanma. Toshkent.-1991.

9. Z.N.Nazirov. Dori turlari tehnologiyasi.- Toshkent, 1976 i.

10. D. N.Sinev, I.YA.Go’revich. Posobiy dlya farmatsevtov aptek.- Meditsina 1982 y.
24- Ma’ruza
Mavzu 24. Emulsion surtma dorilar tayyorlash. Sifatini baxolash.
Reja:

1. Emulsion surtmalar tayyorlashda ishlatiladigan asoslar

2. Emulsion surtmalarni tayyorlash texnologiyasi asoslariga qo`yilgan talablar

3. Emulsion surtmalarning umumiy tayyorlash texnologiyasi



4. Emulsion surtmalar texnologiyasining o`ziga xosligi
Farmatsevtik texnologiyada suv eng ko’p tarqalgan erituvchi xisoblanadi, shu bilan bir qatorda bir qator yordamchi moddalar teridan singib o’tish qobiliyati bo’lgani uchun keng ishlatiladi. Bularga sulfoktant va mochevina, ularning xosilalari kiradi. Lekin yuqoridagi keltirilgan moddalar yuqori ta’sirga ega ekanligi bilan bir qatorda terini qitiqlaydi. SHuning uchun bu moddalarni ta’sirini yaxshilash maqsadida yaxshilab maydalash kerak.15
1.13.-jadval

BA’ZI BIR SURTMA ASOSLARINING EMULGIRLOVCHI XUSUSIYATI

ASOSLAR

100 G ASOSGA qO’SHILADIGAN MODDA MIqDORI

suv

glitserin

Etil spirti

Dimeksid

 

 

70%

90%

 

CHo’chqa yog’i

5

130

20

01

08

Gidrogenizatsiya qilingan yog’lar

75

-

-

-

-

Suvsiz lanolin

180-220

120-140

30-40

16

45

Suvli lanolin

110-140

60

20-25

aralashmaydi

30

Vazelin

5

40

0.15

0,2

4

Vazelin q5% suvsiz lanolin

100-140

110

20-25

-

-

Vazelin q50% suvsiz lanolin

230

300

-

13

-

Vazelin qsuvsiz lanolin (1:1)

-

-

-

-

23

Konsistent emulsion asos

-

-

-

-

35


Suv-moy holatidagi surtmalar. Bu emulsion surtmalarning asosiy guruhini tashqil qiladi. Dorixona sharoitida emulgator sifatida ko’pincha lanolin qo’llaniladi, shuning uchun u doim asosga ma’lum miqdorda kiritiladi. Emulgatorlik xossasini kamrok nisbatda spermatset va mum ham namoyon qiladi.

Emulsion surtmalar ham hovonchada tayyorlanadi. Emulgator (lanolinga) dori moddasining suvli eritmasini toki shimilgunga kadar oz-ozdan aralashtirib, so’ngra qolgan asos qo’shiladi.

YOgli trituratsion surtmalarga nisbatan emulsion surtmalar teriga tezrok shimiladi va suvli fazadagi dori modda ham tez ta’sir qiladi. Tarkibida suv saqlagan surt­malar teri qavatini yumshatadi va dori moddasini saqlash xususiyatiga ega.
Emulsion surtmalar retsepturasi turli-tumandir:

IX DF buyicha kaliy yodid surtmasi ofitsinaldir (Unquentum Kalii Jodidum).

Rp.: Kalii Iodidi 50,0

Natrii thiosulfatis 1,0

Aquae purificatae 44,0

Lanolini anhydrici135

Basis Emulsiones 270,0

M.f.ung.


D.S. Bukokga qarshi surtma.

 

Tayyorlash jarayoni quyidagicha: 44 ml suvda 50 g kaliy yodid va 1 g natriy tiosulfat hovonchada eritiladi.Eritmaga 135 g suvsiz lanolin qo’shib, to suv tulik shimguncha aralashtiriladi, so’ngra unga 270 g chuchka yog’i yoki emulsiyali asos qo’shib aralashtiriladi. Surtma tarkibiga natriy tiosulfatni qo’shishdan maqsad, saqlash jarayonida erkin holda ajralishi mumkin bo’lgan yodni boglashdir. CHuchka yog’idan surtmalar ex tempore tayyorlanadi.



Buqoqda limfatik tugunlar shishganda ishlatiladi. Magistral dorixatlarga misol keltiramiz:

Rp.:Argenti nitratis 0,1

Vinylini

Lanolini anhydrici aa 1,0

Vaselini 8,0

M.f. ung.

D.S. Antiseptik surtma

 

Bu shakli o’zgargan Mikulich surtmasi (peruan balzami urniga, vinilin — SHostakovskiy balzami ko’rsatilgan). Kumush nitratni bir necha tomchi tozalangan suvda eritib lanolin bilan aralashtiriladi, so’ngra qisman vazelin qo’shiladi. SHundan keyin qolgan vazelin bilan SHostakovskiy balzami (ya’ni vinilin) aralashmasi aralashtiriladi. Peruan balzamidan farqli ularok bu vazelinda eriydi, shuning uchun kumush nitratning qaytarilishi Mikulich surtmasidagiga nisbatan tezrok ketadi.



 

Rp.: Aethacridini lactatis 0,05

Lanolini anhydrici

Vaselini


Aq.purificatae aa 10,0

M.f. ung.

D.S.Antiseptik surtma.

 

Tozalangan suvda etakridin laktat eritilib (yarim kolloid eritma) avval lanolin bilan, so’ngra vazelin qo’shib aralashtiriladi.



Kolloid eritmalar ham dispers fazaga kiritilishi mumkin, masalan: kollargol:

 

Rp.: Collargoli 1,5



Aq. purificatae 0,5

Cerae flavae 1,0

Adipis suilli 9,0

M.f. ung.

D.S. YAraga surtish uchun va piodermiyada

 

Kollargol surtmalarga gidrogel holida qo’shiladi. Buning uchun kollargolni suv bilan ishkalab, so’ngra sovutilgan mum va chuchka yog’i kotishmasi bilan aralashtiriladi.



Surtmalar tarkibiga quyuq ekstraktlar ham eritma holida qo’shiladi. Ular avval teng miqdordagi spirt-suv-glitserinli (1:6:3 nisbatda) aralashmada eritiladi, so’ngra surtma aralashmasi tarkibiga kiritiladi.

DaGal dispersli emulsion surtmalar

Bu guruhga sovituvchi surtmalar, ya’ni koldkremlar deb ataluvchi surtmalar kiradi. (inglizcha — cold sovuq, va cream — kaymok, tom ma’nosi bilan sovuq kaymok). bo’lar o’z tarkibida ma’lum miqdorda suv yoki suvli suyuqlik saqlaydi, bu esa surtmaga yumshoqlik, govaklik beradi. Koldkremlar teriga surtilganda tinchlantiruvchi, sovituvchi ta’sirga ega. Bu esa surtma tarkibidagi suv va xushbuy hidli moddalarning buglanishiga bog’liq. Sovituvchi surtmalar yallig’lanish jarayonlari, utkir va qisman utkir formadagi ekzemalarda, dermatit va boshqa teri kasalliklarida ishlatiladi. Bu surtmalarning sovituvchi ta’siri tabiiy ravishda o’ziga xos bo’lib, bunda suv o’zluksiz-tutash faza hosil qiladi va xech qanday qarshilikka uchramay buglanadi, sovituvchi ta’siri suvning buglanishi natijasidir. Moy/suv tipidagi emulsion surtmalarning bu ta’siri bilan nam boglam ta’sir kuchi tenglashtiriladi. Suv/moy tipidagi surtmalar sovituvchi ta’sirga ega emas. Lanolin emulgatori bilan barkarorlashtirilgan bu surtmada mayda suv tomchilari moyli asos bilan uralgan bo’ladi , bu esa suvning buglanishiga qarshilik ko’rsatadi. Surtma kalin katlamining ta’siri kompress bilan tenglashtiriladi. Birok ba’zi hollarda suv/moy tipidagi emulsion surtmalar sovituvchi ta’sirga ega bo’lishi mumkin. Bu hol kachonki suvli faza yirik o’lchamdagi tomchilardan tashqil topsagina yuz beradi. Bunday surtmalar kvaziemulsion sistemalarni tashqil qiladi.



Simob-metall emulsion surtmasi. Bu surtmalar dorixonalardan tayyor shaklda yoki ofitsinal konsentrlangan kulrang simob surtmasini suyultirib beriladi. quyida keltirilgan dorixatda metallni simob emulsiyasi surt­ma tayyorlash jarayonida hosil bo’ladi.

 

Rp.: Hydrargyri oxydi flavi 1,0



Resorcini

Acidi salicylici aa 3,0

Vaselini

Lanolini


Adipis suilli depurati aa 10,0

M.f.unq.


D.S.Piodermiyani davolash uchun (Dare surtmasi).

 

Surtmaning davolovchi ta’siri sarik simob oksidi va rezorsin urtasidagi oksidlanish-qaytarlish reaksiyasi natijasida aktiv simob hosil bo’lishiga asoslanadi. Lanolin va chuchka yog’ining issiq aralashmasida salitsil kislota va rezorsin eritiladi. 0,6-0,7 ml vazelin moyida sarik simob oksidi eziladi, shundan so’ng vazelin bilan yaxshilab aralashtiriladi. Keyinrok ikkala qismni aralashtiriladi. Hosil bo’ladigan simobning mayda tomchilari lanolin yordamida turg’unlashtiriladi.



 

Moy suvli emulsion surtmalar

Bu guruhdagi surtmalar, yuqorida bayon etilganidek, tipik sovituvchi surtmalarga kiradi, bularda emulgator vazifasini surtma tayyorlash jarayonida hosil bo’ladigan sovun bajaradi.

 

Rp.: Stearini 10,0



Kalii carbonatis 1,0

Natrii tetraboratis 0,5

Ol.Vaselini 15,0

Aq. purificatae 70,0

M.f.unq.

DS.


 

Kaliy karbonat va bura suvda eritiladi. Stearin (asosan stearin kislota va olein, palmitin kislota aralashmalaridan tashqil topgan) vazelin moyida eritiladi. Ishqorning natriy tetraboratli issiq suvli eritmasiga 70-80 0S da (suv hammomida) extiyotlik bilan stearinning moy bilan aralashmasi quyiladi. Bunda stearin va boshqa kislotalarning kaliyli tuzi hosil bo’ladi, shu bilan bir vaqtda massaning quyuqlanishi ruy beradi. Gomogenizatsiyadan so’ng hovonchada ishqoriy reaksiyadagi surtma olinadi. Teriga surtilganda u muguz qavatga oson shimiladi. Suvli fazani buglanishdan va shimilganidan so’ng terida yupka plenka (sovun-moyli) qoladi, u organiq erituvchilarni, smola, lakni o’tkazmaydi, bu esa uning ximoyalovchi surtma sifatida ishlatilishiga asos bo’ladi. Trietanolaminni emulgator sifatida qo’llash yanada yaxshirokdir.Trietanolamin siropga uxshash och-sarik suyuqlik bo’lib, suv,spirt, glitserin va boshqa ko’pgina organiq erituvchilar bilan yaxshi aralashadi. yog’ kislotalari bilan trietanolamin dermatologik surtmalar tarkibiga kiruvchi sovun hosil qiladi.U dorivor moddalarning singishini tezlashtiradi. Trietanolamin bilan tayyorlangan surtma-emulsiyalar teriga kitiklovchi ta’sir ko’rsatmaydi.SHuning uchun kosmetikada keng qo’llaniladi.

 

Rp.: Triaethanolamini 4.0



Stearini 24.0

Ol. Helianthi 12,0

Aq. purificatae 50.0

M.f. ung.

D.S.

 

Tayyorlash texnologiyasi xuddi avvalgi dorixatdagidek.


Emulsion asosdagi surtmalar
Emulsion asosdagi surtmalar yirik farmatsevtik ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqariladi, chunki ularni ishlab chiqarish bir vaqtda emulgatorni tayyorlab olish bilan ham bog’liqdir. Dorixonada tayyor asos yoki emulgator bo’lganida emulsion asosdagi surtmalarni tayyorlash kulay bo’ladi. Emulgator sifatida ko’pincha T-2 emulgatori qo’llaniladi, uning yordamida quyidagi konsistent emulsiya olinadi: vazelin 60 qism, emulgator 10 qism, suv 30 qism (E.N.Kutumova buyicha). Vazelin va emulgator T2 buglatish kozonida qizdiriladi, so’ngra korpusga bo’lib-bo’lib 90-95 0S gacha qizdirilgan suv quyiladi, 15 minut aralashtiriladi. Korpusda eriydigan dorivor modda bilan surtma tayyorlashda (masalan, skipidar) uni oldin korpusda eritib olinadi va so’ngra suv qo’shib aralashtiriladi. Xuddi shu surt­mani kaliy yodid bilan tayyorlashda uni oxirida suvli fazada eritiladi. Suspenzion surtmalarni tayyorlashda erimaydigan modda vazelin moyi bilan disperslanadi yoki 45 0S dan yuqori qizdirilmagan asos bilan eziladi. Kaysi usulni tanlash qattiq faza miqdoriga bog’liq.

Adabiyotlar
1. Davlat farmakopеyasi XI, vo`p .2.-1990..

2. Tixonov A.I., Yarno`x T.G. Tеxnologiya lеkarstv. Xarkov, 2002g.

3. Kondratеva T.S. Tеxnologiya lеkarstvеnno`x form. M. T.1. –1991.

4. Nazarova Z.A., Nazirov Z.N., Turееva G.M., Nazarova D.N. Provizor – tеxnologlar uchun dori turlari tеxnologiyasidan qo’llanma. Toshkеnt.-1991.

5. Miralimov M.M., Nazarova Z.A., Frik L.P. Spravochnik po tеxnologii lеkarstv. Toshkеnt, 1991.

6. Z.N.Nazirov. Dori turlari tеxnologiyasi.- Toshkеnt, 1976 y.

7. D.N.Sinеv, I.Ya.Gurеvich. Posobiy dlya farmatsеvtov aptеk.- Mеditsina 1982 y.

8. I.A.Muravеv. Tеxnologiya lеkarstv. Tom 2. Moskva, Mеditsina. – 1980 y.



25- Ma’ruza
Mavzu 25. Aralash tipdagi surtma dorilarni tayyorlash. Sifatini baxolash.

Reja:

1. Aralash tipdagi surtmalar tayyorlashda ishlatiladigan asoslar

2. Aralash tipdagi surtmalarni tayyorlash texnologiyasi asoslariga qo`yilgan talablar

3. Aralash tipdagi surtmalarning umumiy tayyorlash texnologiyasi

4. Aralash tipdagi surtmalar texnologiyasining o`ziga xosligi
Aralash tipdagi surtmalar.
Dori vositasining terapevtik ta’siriga tayyoriash tehnologik jarayoni jiddiy ta’sir ko’rsatib, bunda dori moddasining eruvchanligi, kristall holati o’zgarishiga olib keladi. Dorihona retsepto’ra sharoitida mo’rakkab tarkibli surtmalar uchrab to’rib, tarkibda dori moddasi asosda erish hususiyatiga ega bo’lib, erituvchida esa erimaslik yoki aks holatlar uchrab to’radi. Bunday surtma dorilarni tayyorlashda suspenzion - emulsion aralash to’rdagi surtma dorilarni tayyoriash tavsiya etiladi. Aralash turdagi surtma dori turi bu ko’p fazali surtma bo’lib, uning tarkibida bir vaqtda dori moddalar erigan holda, suspenziya hamda emulsiya holida bo’lishi mumkin. Aralash to’rdagi surtma dorilarni tayyorlashda qatttiq fazani asosga kiritish bilan amalga oshirilib emulsiya surtmasi tayyoriash bilan davom ettiriladi. Bunda birinchidan qatttiq fazani moysimon surtma asosiga aralashtirilib, keyin emulsiya lash fazasida tarkaladi. Bundan tashqari qatttiq faza gidrofil hossaga ega bo’lsa,oldin suvli suyuqlikda ho’Hash bilan tehnologik jarayonini qulaylashtirish mumkin. Bunda suvli suspenziyani surtma asosiga aralashtirib quyidagi sistemani, yani suvli emulsiya, yogli suspenziya holati da amalga oshirish mumkin.

Yuqoridagilardan kelib chikkan holda aralash to’rdagi surtma dorilarni tayyoriash surtma tarkibiga kiruvchi dori moddasining fizik- kimyoviy hossalari hisobga olingan holda suspenzion hamda emulsion to’rdagi surtma dorilarni tayyoriash koidalaridan foydalaniladi va quyidagi tehnologik jarayonla r bajariladi:



  1. asosni tayyoriash;

  2. suvli faza -dori moddalarning suvli eritmasini tayyoriash;

  3. emulsiyalash;

  4. qatttiq dori moddalarini kiritish;

  5. gomogenlashtirish;

Surtmalar magistral dorixati murakkab tarkiblardan tuzilgan bo’lib, ularda dori moddalar asosda eritilib, kukunsimon holda va dori moddalarning suvli eritmalari holida aralashib kelishi mumkin. Bunday murakkab tizimli tarkibni tayyorlash oddiy tizimdagi surtmalar texnologiyasi prinsipida olib boriladi.

 

Rp.: Unq. Acidi borici 3% 25,0



Liq Burovi 5,0

M.f.unq.


D.S. Zamburug’li teri kasalliklarida

 

Yozilgan surtma suspenziya-emulsiya tipiga kiradi. 0,75 g borat kislota 0,5 g vazelin moyi bilan dispercla­nadi, shundan so’ng vazelin bilan eziladi. Tayyor surtmaga oz-ozdan Burov suyuqligi qo’shib aralashtiriladi, bunda dagal emulsiya hosil bo’ladi. SHu sababli surtilganda antiseptik va sovituvchi ta’siri tezroq ruyobga chiqadi.


Rp.: Mentholi

Cocaini hydrochloridi aa 0,1

Sol.Adrenalini hydrochloridi 1:1000 qtt XX

Zinci oxydi 0,5

Lanolini

Vaselini aa 10,0

Ol.vaselini 5,0

M.f.unq.


D.S.

 

Mentol yog’da eriydi, uni surtmaga eritma tipida kiritiladi. Kokain va adrenalin gidroxlorid suvda eriydi: ularni emulsion surtma tayyorlash koidasi buyicha kiritiladi. Rux oksid suvda ham, yog’da ham erimaydi, uni trituratsion surtmalar tayyorlash koidasi buyicha qo’shiladi. Mentolni suyuq parafinda chinni kosachada sekin qizdirib eritiladi. Rux oksidini mayda kukun qilib bir necha tomchi mentolli eritma tomizilib eziladi va oldindan tayyorlangan surtma asosi aralashmasi (vazelin va lanolin aralashmasi) qo’shiladi. Oxirida suyuq parafindagi mentol eritmasini aralashtiriladi. Hovonchaning dastasi bilan surtmada chukurcha qilinib, unga adrenalin gidroxlorid eritmasi tomiziladi, so’ng unga kokain gidroxlorid qo’shiladi. U eriganidan so’ng surtma yaxshilab aralashtiriladi.



 

Emulsion asosdagi surtmalar

 

Emulsion asosdagi surtmalar yirik farmatsevtik ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqariladi, chunki ularni ishlab chiqarish bir vaqtda emulgatorni tayyorlab olish bilan ham bog’liqdir. Dorixonada tayyor asos yoki emulgator bo’lganida emulsion asosdagi surtmalarni tayyorlash kulay bo’ladi. Emulgator sifatida ko’pincha T-2 emulgatori qo’llaniladi, uning yordamida quyidagi konsistent emulsiya olinadi: vazelin 60 qism, emulgator 10 qism, suv 30 qism (E.N.Kutumova buyicha). Vazelin va emulgator T2 buglatish kozonida qizdiriladi, so’ngra korpusga bo’lib-bo’lib 90-95 0S gacha qizdirilgan suv quyiladi, 15 minut aralashtiriladi. Korpusda eriydigan dorivor modda bilan surtma tayyorlashda (masalan, skipidar) uni oldin korpusda eritib olinadi va so’ngra suv qo’shib aralashtiriladi. Xuddi shu surt­mani kaliy yodid bilan tayyorlashda uni oxirida suvli fazada eritiladi. Suspenzion surtmalarni tayyorlashda erimaydigan modda vazelin moyi bilan disperslanadi yoki 45 0S dan yuqori qizdirilmagan asos bilan eziladi. Kaysi usulni tanlash qattiq faza miqdoriga bog’liq.



Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Sinеv D.N., Gurеvich I.Ya. “Tеgxnologiyalеkarstv i analiz” Moskva “Mеditsina”. 1982 st. 107-108

2. Kondratеva T.S., “Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po aptеchnoy tеxnologi lеkarstvеnno`x form ” Moskva. “Mеditsina” 1986. St. 158-176

3. DF – XI soni. 2-jild. Moskva , «Mеditsina» , 1990.Yu, 148-149

4. Kondratеva T.S.,”Tеxnologiya lеkarstvеnno`x form ” Moskva, “Mеditsina”, 1991. St. 277-311

5. Grеtskiy V. M., “Rukovodstvo k praktichеskix zanyatii po tеxnologi lеkarstvеnno`x form ” Moskva. “Mеditsina” 1991. St. 192- 209

6. M.M.Miralimov “ Yigindi prеparatlar tеxnologiyasi”. Toshkеnt.” Abu Ali ibn Sino”. 2001. 348-356 bеtlar.

7. Tixonov A. I., Yarno`x T.G., “ Tеxnologiya lеkarstv” Xarkov, Izd. NFAU “Zoloto`е stranitso`”, 2001 st. 365-406

8. M.M. Miralimov, N.N. Nishonov, Z.N.Nazarova “ spravochnik po tеxnologi lеkarstv” st.133-134.

9. Sinеv D.N., Gurеvich “Tеxnologiya i analіz lеkarstv” Moskva , Mеditsina , 1989 st. 118-121
26 Ma’ruza
Mavzu 26. Linimеntlar. Gomogеn va suspеnzion tipdagi linimеntlarni tayyorlash va sifatini baholash.

Reja:

Linimentlar ta’rifi va tacnifi.

Linimentlarni afzallik va kamchiliklari

Linimentlar tayyorlashning umumiy qoidalari

Linimentlarning xususiy texnologiyalari

Linimentlarni sifatini nazorat qilish


Linimentlar — quyuq suyuqlik bo’lib, sirtga surtish uchun mo’ljallangan va teri haroratida eriydigan dori shakllariga kiradi.

Liniment lotincha suz bo’lib, linira — surtish degan ma’noni anglatadi.

Linimentlar bir yoki bir necha dorivor moddalardan hamda asoslardan tashqil topgan. Asos sifatida o’simlik yog’lari (kungabokar, shaftoli, kanakunjut), vazelin moyi, xloroform va esilonlar ishlatiladi.

Liniment dori shakli tarkibidagi asos xususiyatiga kura ularni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:

1) moyli asoslardan tashqil topgan linimentlar — Olimenta;

2) sovunli asoslardan tashqil topgan linimentlar — Sapolimenta.

Fizik-kimyoviy xususiyatiga kura linimentlar turli xil bo’lib, o’zida eritma, emulsiya, suspenziya va aralash dispers sistemalarni mujassamlashtiradi.

Linimentlar kadimdan ishlatilib kelinayotgan dori shakli hisoblanib, tarkibining turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Bu dori turi uchun XI DF da «liniment­lar» deb ataluvchi umumiy maqola keltirilgan.

X DF ko’rsatmasiga binoan linimentlar tarkibiga dorivor moddalar, ularning fizik-kimyoviy xossalariga qarab kiritiladi. Suvda eriydigan moddalarni suvda, moyda eriydigan moddalarni moyda va suvda ham moyda ham erimaydigan moddalarni suspenziya ko’rinishida liniment tarkibiga kiritish kerak. SHunga kura liniment­lar eritma, emulsiya, suspenziya va aralash tipda uchrashi mumkin.

Linimentlarni tayyorlash quyidagi bosqichlardan iborat: asosni tortib olish va eritish, dorivor moddani tortish va maydalash, aralashtirish, idishga joylash, kerakli yorliq yopishtirish, kasalga berish uchun tayyorlash. Linimentlarni bemorga berishda «Sirtga» degan yorliq, shuningdek quyidagi extiyot yozuvlari (etiketkalari) bo’lishi lozim: «Salqin joyda saqlansin!», «Ishlatishdan oldin chayqatilsin!», «YOruglik tushmaydigan joyda saqlansin!» va boshqalar.

Linimentlar o’zok muddat ishlatilishi uchun tayyorlanib, ularga «Kullashdan oldin chayqatilsin», «Salqin joyda saqlansin!» kabi qo’shimcha yorliqlar yopishtirilishi kerak.

Linimentlar ogzi zich berkitilgan, shisha idishlarga jihozlanib tayyorlanishi kerak.

 

Moyli linimentlar — Olimenta



 

Gomogen tipdagi linimentlarni tayyorlash. Bu tipdagi linimentlar dorivor moddalar asosda eriganda yoki dorixatda faqat suyuqliklar yozilganda hosil bo’ladi. Gomogen linimentlar to’g’ridan-to’g’ri bemorga beriladigan idishda tayyorlanadi. Buning uchun qattiq moddalarni asosda eritib, uchuvchan va kuchli hidga ega bo’lgan moddalar oxirida qo’shiladi.
Rp.: Chloroformii

Ol. Camphorati

Ol. Hyoscyami

Ol. Terebinthini rectificati 15,0

M.f. linimenta

D.S. Curtish uchun.


Berilgan dorixat tarkibida faqat suyuq holdagi bir birida yaxshi eruvchi dorivor moddalar keltirilgan. Linimentni tayyorlash uchun bemorga beriladigan idishda kamfora moyi bilan mingdevona moyini aralashtirib, so’ngra xloroformni va oxirida terpentin moyini qo’shib yaxshilab aralashtiriladi. Tayyor liniment yuqorida aytib o’tilgandek, kerakli yorliqlar yopishtirib jihozlanadi.

 

Rp.: Jodi 1,0



Mentholi

Novokaini 2,0

Spiritus aethylici 10,0

Chloroformii 25,0

Parafini 10,0

M.f. linimenta

D.S.

 

Alohida idishda mentol va novokain etil spirtida eritiladi. Bemorga beriladigan idishga yod, maydalangan parafin va xloroform solinib, ogzi zich berkitiladi. So’ngra extiyotlik bilan suv hammomida yod va parafin tulik eriguncha qoldiriladi. Aralashma sovigach ustiga mentol va novokainning spirtli eritmasi solinadi va tulik soviguncha yaxshilab aralashtiriladi, jihozlanadi.



 

Rp.: Olei Hyoscyami 15,0

Chloroformii 15,0

Methyli salicylatis 10,0

MDS. Ogrigan bugimlarga surkalsin.

 

Bu dorixatni tayyorlash uchun bemorga beriladigan quruq shisha idishga metilsalitsilat, mingdevona moyi va oxirida xloroform tortib olinadi, yaxshilab aralashtiriladi. Tayyor linimentga tegishli etiketka yopishtirilib, bemorga berish uchun tayyorlanadi.



Suspenziya tipidagi linimentlarni tayyorlash. Suspenziya tipidagi linimentlar dorivor moddalar asosda hamda suvda erimagan vaqtda hosil bo’ladi. Bunday linimentlar osilmalar (suspenziyalar) texnologiyasiga asoslanib tayyorlanadi. Suspenziya tipidagi linimentlar turg’unligini oshirish macksadida ularga sirt-faol moddalar qo’shiladi.

 DF X bo’yicha tarkib: Xeroformii

Pix liqudae 3,0

Oleum Ricini 94,0

M.D.S. Vishnevskiy surtmasi.

 Kseroform suvda, yog’da erimaydi, shuning uchun preparatga suspenziya holida qo’shiladi. Dorixatni tayyorlash uchun kseroform koramoy bilan yaxshilab eziladi, so’ngra oz-ozdan muntazam aralashtirib turgan holda, kanakunjut moyi qo’shiladi. Tayyor bo’lgan liniment quyidagi yorliqlar bilan “Ishlatishdan oldin chayqatilsin”, “salqin va qorong’i joyda saqlansin” jihozlanib, bemorga berilsin.



Linimentlar sifatini aniqlash

Tayyor bo’lgan linimentlar sifatini baholashda: dorixat, pasport, rangi, hidi, mexaniq aralashmalar yukligi va og’irlikdagi bir-biridan farqi kuriladi, chinligi va miqdori aniqlanadi. Hozirgi kunda linimentlar surtmalarga bo’lgan barcha talablar asosida sifat nazarati o’tkaziladi.16


27 Ma’ruza
Mavzu 27. Emulsion va aralashma tipdagi linimеntlarni tayyorlash. Sifatini baholash.

Reja:

Linimentlar ta’rifi va tasnifi.

Linimentlarni afzallik va kamchiliklari

Linimentlar tayyorlashning umumiy qoidalari

Linimentlarning xususiy texnologiyalari

Linimentlarni sifatini nazorat qilish


Emulsiya tipidagi linimentlarni tayyorlash. Emulsiya tipidagi linimentlar geterogen sistema bo’lib, suvning yog’dagi yoki yog’ning suvdagi emulsiya tiplari ko’rinishida bo’ladi. Bu tipdagi linimentlarning turg’unligini oshirish uchun ularga emulgatorlar (sirt faol moddalar) qo’shiladi. Emulsiya tipidagi linimentlarga ammiakli yoki uchuvchan liniment (Linimentum ammoniatum seu Linimentum volatile) va oxakli liniment (Linimentum calcis) ni misol qilib keltirishimiz mumkin.

DF IX bo’yicha tarkib: Solutio Ammonii caustici 25,0

Acidi oleinici 1,0

Oleum Helianthi 74,0

M.DS.

Dorixatni tayyorlash uchun quruq idishga 74,0 g kungabokar moyidan va 1,0 g olein kislotasidan tortib olib to kislota erib ketguncha yaxshilab aralashtiriladi. Ustiga novshadil eritmasidan 25 ml quyib bir xil ok rang­li suyuqlik hosil bo’lguncha yaxshilab aralashtiriladi. Hosil bo’lgan emulsiya tipidagi linimentda emulgator rolini olein kislotasining ammoniyli tuzi — oleat ammoniy utaydi.



C17H33COOH + NH3 = C17H3COONH4 

Uchuvchan liniment bir xil ok-sargish rangli quyuq suyuqlik bo’lib, kuchli ammiak hidiga ega. Saqlash davrida ammiakning uchishi hisobiga, uning miqdori kamayishini hisobga olgan holda bu liniment keragida tayyorlanadi.

Sovunli linimentlar — Saponimenta

 Sovunli linimentlar asosida tana haroratida erish xususiyatiga ega bo’lgan natriyli sovun spirtlari yotadi. Sovunli linimentlar tarkibiga odatda efir moylari, ammiak eritmasi, yod, ixtiol, fenol, kamfora, rezorsin kabi moddalar kiradi.

Rp.: Saponis medinalis 8,0

Spiritus aethylici 84,0

Camphorae 2,0

Ol. Citri

Ol. Rosmarini 0,4

Ol. Thymi 0,2

Sol. Ammonii caustici 5,0

MDS. Revmatizmda surtish uchun.

Kolbada meditsina sovunini 90% li etil spirtida, suv hammomida eriguncha qizdiriladi va tezda filtrlanadi. Issiq eritmada kamfora eritilib, sovugandan so’ng efir moylari va ammiak eritmasi qo’shiladi. Aralashmani shisha idishlarga qadoqlab tulik soviguncha sovitgichga quyiladi.

Geterogen tipdagi linimentlarga emulsion linimentlar kiradi. Emulsion linimentlar S/M va M/S tipiga bo’linadi.

Oling: Kungaboqar gioyi 74,0

Ammoniy eritmasi 25,0

Olein kislota 1,0

Aralashtiring. Bering. Belgilang.

Buginlarga so’rtish uchun YUqoridagi birikmalar emulsiya tipdagi linimentni hosil qiladi (M/S). Bemorga beriladigan shisha idishda olein kislotani Kungaboqar moyida eritib, ustiga ammoniy eritmasi qo’shiladi va yahshilab aralashtiriladi. Bu liniment uchuvchan liniment yoki ammoniyli linimenti deb ataladi. (Linimentum ammoniatum seu linimentum volatile)

Oling: Zigir moyi

Kaltsiyli suv teng miqdorda 25,0 Aralashtiring. Bering. Belgilang.

Kuyganjoyga ishlatilsin.

Tayyoriash: 25 g zigir moyi va 25g kaltsiyli suv shisha idishda yahshilab chayqatib aralashtiriladi. Tayyor mahsulot emulsiya tipidagi (S/M) linimentni hosil qiladi. Bu liniment (Linimentum calcis) deb ham yuritiladi. Aralashma tipdagi linimentlami tayyoriash Aralashma tipdagi linimentlarga IX—DF da keltirilgan streptotsid va s into mite in linimentlami keltirish mumkin. CHunki bu linimentlar tarkibida bir vaqtning о ’zplg. suspenzion va emulsion tipdagi linimentlar keltirilgan. 1% Sintomitsin liniment tarkibi:

Tarkib: Sintomitsin 1,0

Kanakunjut moyi 20,0 Emulgator 9,0 Timol 0,15 yoki

Salitsil kislota 0,125 Tozalangan suv 100 ml gacha Dorihona sharoitida yuqorida qayd qilingan liniment tayyoriash jarayoni 2 bosqichda olib boriladi.



  1. Kanakunjut moy ini emulsiyasi tayyorlanadi.

  2. Tayyor emulsiyaga maydalangan sintomitsinni suspenziya holatida qo’shiladi.

Hovonchada 9 g emulgator 14 ml suv bilan aralashtiriladi. so’ngra qizdirilgan 20g kanakunjut moyida timol yoki salitsil kislota eritilib aralashtirish davom ettiriladi, toki birlamchi emulsiya hosil boTguncha. Keyin suvning qolgan qismi oz-ozdan qo’shib, aralashtirib boriladi. Undan keyin havonchada Ig sintomitsin 0,5g tayyor emulsiya bilan eziladi. so’ngra oz-ozdan emulsiyaning qolgan qismi qo’shib aralashtiriladi va bemorga beriladigan idishga yuvib utkaziladi. "Sirtga”, "Salqin joyda saqlansin” yorlig’i bilan jihozlanadi. Emulgator sifatida sulfat kislotaning tsetil efir, natriyli tuzi (S16N33 - 0S02 - ONa) ishlatiladi.(emulgator № 1).

Agarda dorihonada yuqorida no mi kayd kilingan emulgator bo’lmasa, emulsiyani to’rg’unligini oshiruvchi arab elimi. o’rik elimi, jelatozaiarni ishlatish lozim. Tarkibdagi 20g kanakunjut moyi uchun;. arab elimidaix.lftg- o’rik elimi dan 5..g? jelatozadan 20 g olish mumkin. Birlamchi emulsiya uchun olinadigan suv miqdori moy va emulgator yig’indisini 1/2 qismi hisobida olinadi.



Linimentlami sifatiga baho berish

  1. Retseptni talab darajasida yozilishi.

  2. Retseptdagi dori moddalarni mikdorini to’g’riligi

  3. Linimentlami talab darajada tayyorlanishi

  4. Linimentlami tashki ko’rinishi, o’ziga hos hidga ega bo’lishi.

  5. Linimentlami to’g’ri qadoqlanishi, jihozlanishi, saqlash muddati talab darajasida bo’lishi.



28- Ma’ruza
Mavzu 28. Aseptika. In'ektsion dori turlarini tayyorlash, ularga qo’yiladigan talablar, tayyorlash bosqichlari.

Reja:

  1. Aseptika sharoitini ta’minlash

  2. Sterilizatsiya usullari

  3. In’eksion dori turlari

  4. In’eksion dori turlarining o’ziga xos texnologiyasi


Aseptika

 

Aseptikaning moxiyati. In’eksion dori turlarini tayyorlash davomida maxsus sharoit — aseptik muxit yaratish lozim. Bu aseptik muxit dori turlarini tayyorlashda unga tushadigan mikroorganizmlardan saqlaydi. Aseptik sharoitga amal qilinmay tayyorlangan dori turlari mikroflora bilan ifloslanadi va bu dorilar termik sterilizatsiya paytida o’lgan mikroorganizmlar,ular ajratgan toksinlarni o’zida saqlab qoladi. O’z tarkibida o’lik mikroorganizm qoldiqlari yoki ulardan ajralib chiqqan toksinlarni saqlovchi dori turlari organizm uchun juda xavflidir. Bunday dori turlari bemorda haroratning ko’tarilishi (pirogen reaksiya)ga yoki nojo’ya ta’sirga olib kelishi mumkin. Ammo ba’zi dori turlari termik sterilizatsiyaga chidamsizdir. Bunday dori turlari termolabil (emulsiya, suspenziya va boshqalar) bo’ladi. Termik sterilizatsiya qilingan paytda ularda rekristallanish, flokulyasiya (suspenziyalarda) va koalessensiya (emulsiyalarda) xodisasi tezlashadi. SHuning uchun termolabil dori turlarini tayyorlashda boshqacha usuldan foydalanish kerak. Bu maqsadda erituvchi yoki mal­hamlar uchun asoslar, ish asboblari va idishlar alohida sterillanadi, yuqori haroratga chidamsiz bo’lgan dori moddalari esa aseptik sharoitda o’lchab olinadi va sterillangan erituvchida eritiladi (ba’zan konservant qo’shiladi) yoki sterillangan asboblar yordamida sterillangan asoslar bilan aralashtiriladi hamda steril idishlarga solinadi. Dori turlarining termolabil bo’lmagan komponentlari ham sterilizatsiyalanadi. Barcha in’eksion dori turlari aseptik bloklarda tayyorlanadi.

 In’eksion dori turlari alohida guruhni tashqil qilib, davolash profilaktika muassasalari karamogidagi dorixonalar retsepturasining deyarli 60% ni tashqil etadi.

In’eksion dori turlariga XI DF si tomonidan quyilgan umumiy talablar quyidagilardan iborat:

1) sterillik;

2) ko’zga ko’rinadigan mexaniq qo’shilmalardan amalda holi bo’lishlik;

3) apirogenlik;

4) turg’unlik;

5) xususiy maqola talabiga kura izotoniklik, izoioniklik va izogidriklik.

Sterilizatsiya bosqichi eng bosqichlardan hisoblanadi. Bu bosqichni amalga oshirishda GMP talablari asosida mumkin qadar mikroorganizmlardan xoli qilinadi. Sterilizatsiyada strelizatsiya qilinaetgan eritmlarga konservantlar qo’shish tavsiya etiladi.17


 ASEPTIK SHAROITDA DORI SHAKLLARINI TAYYORLASH

 Bizni kamrab olgan tabiat, xususan suv, xavo va er katlami turli-tuman mikroorganizmlar bilan to’la. Ayniqsa, ular er katlamida juda ko’pdir. Bir gramm tuprokda milliardlab bakteriyalar joylashgan. SHu sababli dori tayyorlash jarayonida tozalikka rioya kilish, xonalarni ifloslanishdan asrash dorixona sharoiti uchun birinchi navbatdagi vazifalardan ekanligini doimo yodda tutish va unga amal kilish zarur.

Dori shakllarini tayyorlash usullarini dori shakllarini organizmga yuborilishi, ularni kasallikni davolashdagi o’rni va ayniqsa shu dorilarni tayyorlash jarayonida tozalik darajasi hisobga olingan holda quyidagicha taksimlash mumkin.

1. Har xil kukunlar, miksturalar, emulsiyalar va x. k. SHuni kayd etish lozimki, odam organizmiga yuborilayotgan bu dori mahsulotlari steril bo’lishi shart emas. Ogiz bo’shligida mikroblar juda ko’p bo’ladi va me’dadagi kislotali sharoit mikroorganizmlarni bartaraf etadi hamda ichakdan badanga so’rilish vaqtida mikroorganizm­lar, ularning tanachalari tabiiy ravishda filtrlanib toza dori modda so’riladi.

2. Odam organizmiga igna orqali yuboriladigan, kon tomiriga quyiladigan dorilar, albatta steril — ya’ni mikroblardan holi bo’lishi kerak. Bu maxsus dori guruhla­ri umumiy in’eksiya nomi bilan yuritiladi (injestiones). Bu xildagi dori sachratma (injectio) va quyiladigan (infusio) shakllarida bo’lishi mumkin. Birinchisida suyuqlik juda ko’p miqdorda bo’ladi va u Bobrov apparati yoki boshqa moslamalar bilan odam organizmiga yuboriladi.

Ko’zga tomiziladigan dorilar ham albatta steril bo’lishi lozim.

3. Nosteril holda beriladigan dorilar hisobiga turli-tuman surtma dorilar, kukunsimon (unga o’xshash) sepmalar va malhamlar kiradi. Lekin bu dorilarni ham mikroblardan tozalash foydadan holi emas. CHunki, bir necha bor nosteril sepilmalardan foydalanilganda kokshol (stolbnyak) kasalligiga chalinish mumkin.

4. YAngi tugilgan va bir yoshgacha bo’lgan bolalar uchun qo’llaniladigan dori preparatlari albatta steril holatda tayyorlanishi shart. Soglikni saqlash vazirligi tomonidan tasdiklangan ko’rsatmaga asosan yangi tugilgan bolalar uchun tayyorlanadigan hamma dori preparatlari va 1 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun tayyorlanadigan suyuq dori shakllari albatta steril holda tayyorlanishi shart. Dorixonalarni va ayrim shifoxona holidagi dorixonalarning dorixatlarini o’rganish shuni ko’rsatadiki, yangi tugilgan bolalar uchun ishlatiladigan dori tarkibi xilma-xil bo’lib, uning soni 130 ga yakin. Bundan 30 foiz tayyor turdagi zavod mahsuloti bo’lsa, 70 foizi dorixonada yakka buyurtma asosida tayyorlanadigan dori preparatlari hisoblanadi.

Adabiyotlarda keltirilishicha, qattiq dori shakllari mikrob rivojlanishida nokulay sharoit hisoblansa, dori tayyorlash jarayonidagi ayrim holatlar mikroorganizmlar rivojlanishi uchun kulayliklar yaratadi. Masalan, tabletka tayyorlashdagi xo’l granulyasiyalash. Pankreatin, talk, analgin, glyukoza, shakar va shunga o’xshash dori moddalar esa mikrob rivojlanishi uchun ayni sharoit hisoblanadi.

Dorixonalarda tayyorlanadigan elaki dorilar sepma dori shakllarning 45 foizini tashqil qiladi. Ularni steril holda tayyorlash ancha mushkul, chunki tarkibidagi ayrim qo’shilmalar termik ta’sirga chidamsiz bo’lsa, ba’zilari ayni shu keltirilgan tarkibda issiqlik ta’sirida buziladi. Bu hol yosh bolalar uchun ishlatilishi lozim bo’lgan tarkibdagi qattiq dori shakllarini o’rganish va ularni tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish masalasini ko’yadi. Bu soxada sterillash usullaridan kulayini tanlab, moddalarni alohida sterillab, so’ngra aseptik sharoitda tayyorlash ham mumkin.

Agar kukun tarkibi issiqka chidamli bo’lsa, uni tayyorlab, so’ngra sterillash kerak. Mikroblar rivojlanishi uchun eng kulay sharoit bu suyuq dori shakllaridir. Ularni albatta steril sharoitda tayyorlab, tarkibiga kiradigan dori va yordamchi moddalar sterillanib tayyorlangandan so’ng, mumkin bo’lsa yana sterillanishi kerak.

Xozirgi kunda yosh bolalar uchun ishlatiladigan bu dori shaklining 50 foizi tayyorlash usuli mukammal o’rganilib dorixonalarga tatbik etilgan. Ichishga mo’ljallangan eritmalar tozalangan suvda, aseptik usulda stabilizator va konservantlar ko’shmasdan tayyorlanadi.

Ish jihozlari, xonalar, asbob-uskuna, ishlovchi dorivorlar aseptik sharoitda ishlash talablariga mos, 581-buyruqdagi gigienik normalarga to’gri keladigan sharoitda tayyorlanadi. Eritmalar tayyorlangandan so’ng avtoklavda 1200S 1,1 ortiqcha atm bosimda sterillanadi.

SHifoxonalarda ishlatiladigan eritmalar bir martalik 10-20 ml iste’mol hajmda chiqariladi. Bir yo’la bir necha bolalarga mo’ljallangan hajmda ham chiqarilishi mumkin (50-100 ml), ammo bunday holda 200 ml gacha bo’lgan hajmda chiqariladi.

SHifoxona bo’limlarida flakonlarni ochish va kuyish aseptika sharoitida olib boriladi. Ochilgan idishlarda qolgan eritmalarni saqlash man etiladi. YAkka tartibdagi dorixonalar bilan dorixonadagi bunday eritmalar 100 ml gacha hajmda tayyorlanishi mumkin. Uni sovitgichda 2 sutkagacha saqlab ishlatish mumkin.

Surtma dori, suyuq surtmalar va sham dorilar tarkibi alohida sterillanib, aseptik usulda tayyorlanadi.

 



Download 1.18 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Download 1.18 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



5 semestr o’quv materiallari 1 Ma’ruza mavzu 1

Download 1.18 Mb.