• 1.29.-rasm Apirogen suv olish apparati
  • In’eksion moylar. Spirtlar.
  • Vazelin moyi
  • 29- Ma’ruza Mavzu 29. Kuchli asos va kuchsiz kislota, kuchli kislota va kuchsiz asosdan tashkil topgan tuzlardan inektsion eritmalar tayyorlash. Reja
  • VA + NON = V q ON 1- q N q A
  • Kuchli asos va kuchsiz kislota, kuchsiz kislota va kuchli asosdan tashkil topgan tuzlardan in’eksion eritmalar tayyorlash
  • In’eksion eritmalarga qo’yilgan talablar
  • IN’ Y EKSION DORILAR TEXNOLOGIYASI
  • DORIXONA SHAROITIDA ISHLAB CHI Q ARILADIGAN IN’ Y EKSION DORILAR
  • 1.30.-rasm Statsionar turdagi eritmalarni filtrlash kurilmasi sxemasi.
  • -rasm Apirogen suv olish apparati – AA - 1




    Download 1,18 Mb.
    bet17/20
    Sana31.12.2019
    Hajmi1,18 Mb.
    #6884
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20

    1.28.-rasm Apirogen suv olish apparati – AA - 1
    Bug’latish kamerasida suv miqdorini tekshirib turish uchun yiggich-tenglashtirgich shtutserda (26) suv miqdorini ko’rsatib turuvchi shisha oyna (27) bo’ladi. Yiggich-tenglashtirgich yana farmakopeya talablariga javob beruvchi yanada sifatli apirogen suv olish uchun qo’shiladigan ximiyaviy reagentlarni suv bilan aralashtiruvchi vazifasini ham bajaradi. SHu maqsadda bu erda ximiyaviy reagentlarni kameraga tushishi uchun maxsus naycha joylashgan. Ximiyaviy reagentlarni dozalarga bo’lish maxsus dozator kurilmasi orqali amalga oshiriladi. Bu dozator ikkita shisha idishdan (22) tomchilagich bilan (24), ikkita filtr va rezina trubka bilan ulangan ikkita dozatordan iborat. Dozalovchi kurilma yiggich-tenglashtirgich bilan tomchilagich orqali ulangan.

    Apparat A-10. Bu apparat yuqorida ko’rsatilgan AA-1 apparatiga o’xshash, faqat texnik jixatdan bir oz murakkabrok. Apirogen suv olinishi asosan bugni aylantirish, shuningdek, kerakli bo’lgan reagentlarni suvga qo’shish orqali olinadi. Bu apparatning yana bir afzalligi shundaki, unga suv sathini ko’rsatib turuvchi ko’rsatgich o’rnatilgan. Agar suv sathi belgilangan miqdordan past bo’lsa elektroisitgichlar avtomatik ravishda o’ziladi. Bu elektrisitgichlar kuyishining oldini oladi. Apparat o’lchami 400x540x630 mm.


    1.29.-rasm Apirogen suv olish apparati

     

    SANII apparati. Bu apparat ion almashinuv kolonkasi va xaydash apparatining birlashgan kurilmasidir. Bunda suv oldin tuzlardan tozalanadi, keyin esa xaydaladi va sterilizatsiya qilinadi (33-rasm).



    Apparat buglatgich (1), kondensator (2), apirogen suv yiggich (3), demineralizatsiyalovchi kolonka (4), elektroisitgich kabi aso­siy qismlardan iborat. Apparatning orqa qismida joylashgan demineralizatsiyalovchi kolonka organiq shishadan tayyorlangan va ion almashinuvi smola bilan to’ldirilgan. har bir kolonkaning yuqori qismi kationit, pastki qismi anionit bilan to’ldirilgan: bu har ikki qismni bir-biri bilan aloka qilib turishi uchun ular o’rtasida jo’mrak joylashgan. Apparat soatiga 12 l apirogen suv ishlab chiqaradi. In’eksion eritmalar tayyorlab chiqarish uchun ishlatiladigan suv distillangan suvga qo’yilgan talablarga javob berishi kerak. Bundan tashkari, bu suv pirogen moddalar saqlamasligi va yangi xaydalgan (24 soatdan o’zok saqlanmagan) holida ishlatilishi zarur. Sterillangan suv olish uchun tozalangan suv olingandan so’ng tezda neytral shisha idishda avtoklavda 115-120° haroratda 20 minut davomida sterillanadi. In’eksion suv o’zida karbonat kislota saqlamasligi kerak. Buning uchun tozalangan suvni sterillangandan so’ng 30 minut davomida qaynatiladi.

    Agar ko’p miqdordagi suvni sterillash zarur bo’lsa, yuqorida aytilganidek neytral shisha idishda avtoklavda 115-120°S harorat issiqlikda 20 daqiqa davomida sterillanadi. Dorixona sharoitida sterillash uchun bir vaqt­ning o’zida 40 l suvni yigib, saqlaydigan va sterillaydigan kurilma "In’eksion suvni yiggich S-40" dan foydalaniladi. CHexoslavakiyaning "Klever" firmasi ishlab chiqargan shishadan yasalgan apparatda soatiga 100 l in’eksion suv olish mumkin.

     

    In’eksion moylar. Spirtlar.

     

    O’simlik moylari. SHaftoli, o’rik va bodom moylarining yopishkokligi kam bo’lganligi uchun shprits ninasining tor kanallaridan ham o’tishi mumkin. Moylarda erimaydigan moddalar suspenziya holida kiritiladi. O’simlik moylarining kislotaligi 2,5 dan oshmasligi kerak. Sterillangan o’simlik moylarini olish uchun kichik hajm­li shisha idishlarga (500 ml hajmgacha) solib, keyin quruq xavo bilan idish hajmini hisobga olgan holda 180°S da 30-40 dak. yoki 200°S da 15-20 dak. sterillanadi.



    Vazelin moyi. Teri ostiga yoki muskullar orasiga yuborilganda turg’un shishlar hosil qilgani uchun in’eksion erituvchi sifatida ishlatilmaydi.

    Spirt. Spirt ba’zida shokka qarshi suyuqliklar tarkibida vena ichiga kuyish uchun ishlatiladi. Spirt bunda aldegid va sivush moylaridan tozalangan (rektifitsirlangan) bo’lishi kerak.

     

    DORI MODDALAR

     

    In’eksion eritmalar DF va boshqa me’yoriy texnik xujjatlar talabiga javob beradigan dorivor moddalardan tayyorlanadi. Ba’zi hollarda in’eksiya uchun mo’l­jallangan dori moddalarning o’ta tozaligi tekshiriladi. Masalan,geksametilentetraminning 5 ml eritmasiga (1:2, 5) 0,5 ml atseton va 10 tomchi 1%li yangi tayyorlangan natriy nitroprussidning suvli eritmasidan qo’shilganda 10 daqiqadan so’ng kizgish-binafsha rang hosil bo’lmasligi kerak (aminlar).



    Glyukoza, kalsiy glyukonat, natriy kofein benzoat, natriy sitrat, akrixin, kalsiy xlorid, magniy sulfat va boshqalar ham yuqori darajada toza bo’lishi kerak.

    In’eksion preparatlar maxsus idishlarda, ogzi yaxshi berkitilgan holda shkaflarda saqlanadi. SHtanglaslarni preparatlar bilan to’ldirishda har safar idish hamda tikinlar yaxshilab tozalanadi va sterilizatsiya qilinadi.

    YOrdamchi moddalar (stabilizator, solyubilizator, konservant va boshqalar) sifatliligi jixatidan DF ning ko’rsatilgan moddalari (agar bu moddalar rasmiy bo’lsa) yoki boshqa me’yoriy-texnik xujjatlar talabiga javob berishi kerak.

    29- Ma’ruza
    Mavzu 29. Kuchli asos va kuchsiz kislota, kuchli kislota va kuchsiz asosdan tashkil topgan tuzlardan in'ektsion eritmalar tayyorlash.

    Reja:

    1. Kuchli asos va kuchsiz kislota hosilalaridan tashqil topgan tuzlardan in’eksion eritmalar tayyorlash.


    2. Kuchli asos va kuchsiz kislota, kuchsiz kislota va kuchli asosdan tashkil topgan tuzlardan in’eksion eritmalar tayyorlash
    Sterilizatsiya bosqichi eng bosqichlardan hisoblanadi. Bu bosqichni amalga oshirishda GMP talablari asosida mumkin qadar mikroorganizmlardan xoli qilinadi. Sterilizatsiyada strelizatsiya qilinaetgan eritmlarga konservantlar qo’shish tavsiya etiladi.18
    I. Kuchli asos va kuchsiz kislota hosilalaridan tashqil topgan tuzlardan in’eksion eritmalar tayyorlash.

     

    VA + NON = VqON1- q NqA-

     

    Rp: Sol. Coffeini natrii benzoatis 10 % — 100,0



    Sterilisetur !

    D. S. teri ostiga 1 ml dan kuniga 2 marta.

    0,4 ml 0,1n NaOH, eritmasi solib,

    120°S-121°S sterillanadi.

     

    Gidroliz natijasida reaksiya muxitida ishqoriy sharoit yuzaga keladi. Bunga misol qilib natriy nitrit, natriy tiosulfat va kofein benzoat natriy eritmalari keltirilishi mumkin. Reaksiyani to’xtatishni, ya’ni gidrolizni to’xtatishni birdan-bir usuli reaksiya muvozonatini orqaga qaytarish, ya’ni ishqoriy sharoit hosil kilish maqsadida 0,1 n natriy ishqori yoki natriy gidrokarbonat eritmasi qo’llash mumkin.



     

    NaNO2 1 litri uchun — 2 ml 0,1 n NaOH

    Kofein benzoat natriy 1 litri uchun— 4 ml 0,1 n NaOH

    Na2·S2O3 1 litr uchun —20 g NaHCO3
     

    Barbiturat kislotani natriyli tuzlari (geksenal, tiopental natriy) 0,05%-0,25% — NaOH yoki 5-6% — Na2CO3 solib turg’unlashtiriladi.

    II. Kuchsiz asos va kuchli kislota qoldiqlaridan tashqil topgan tuzlar.

     

    VA q NON= VON q Nq ¬ A-.



    Gidrolizni to’xtatish yoki yo’kotish maqsadida eritma tarkibidagi Hq ionlarining sonini oshirish kerak. YA’ni kislota solinadi. Suvda yomon eriydigan kuchsiz asos eritmalarida eritma pH muxitini siljishi ham eritma tarkibida cho’kma hosil kilishi mumkin (strixnin, papaverin, nikotin, omnopon). pH muxitni sezilarli darajada siljishi esa eritmada ancha kuchli asoslarni ham ajratib chiqaradi.

    Masalan: novokain asosi, agar shisha sifati past bo’lsa, sterillash vaqtida shishada moysimon qoldiq ko’rinishida ajraladi. Bunday tuzlar odatda 0,1 n. xlorid kislota bilan turg’unlashtiriladi va 1 litrga 4 ml solinadi. rN 3,0-4,0 (natriy strixnin morfin gidroxloridga, dikain, dibazolga) sovkain eritmasiga — 6 ml 0,1 N. HCl solinadi. 

    Novokain va dikain gidroxlorid eritmalarini tayyorlashda xlorid kislotadan turg’unlashtiruvchi sifatida foydalaniladi. Ammo shuni aytish kerakki, bu anestetiklarni og’riq qoldirish xususiyati faqat asos holida bo’lganda namoyon bo’ladi. Uni farmakologik xossasi yuzaga kelishi uchun muxit neytral yoki kuchsiz ishqoriy bo’lishi kerak. SHuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, bunday sharoitda novokainni saqlab bo’lmaydi, chunki novokain ishqoriy gidrolizga uchraydi, bu esa uni parchalanishiga olib keladi. Novokainni bu xususiyatlarini hisobga olgan holda uni ishlatiladi. Agar kam hajm 1-2-5 ml hajmda ishlatilganda, uni HCl bilan turg’unlashtirib tayyorlanadi pH (4,2-4,5) 2. 0,65% difosfatni osh tuzi bilan olingan aralashmasi eritmasida pH=7,2 3.

     

    Rp: Sol. Novocaini 0,5 % — 200,0



    Sterilisetur!

    D. S.


     Pasporti: Novokain 1,0

    In’eksion suv 200ml

    Xlorid kislota 0,8 ml

    4 ml — 1000ml

    x — 200ml

    Vum = 200 ml

    Dorixonalarda kulaylik uchun 0,01 xlorid kislota eritmalari tayyorlab qo’yiladi. Ularni 100 ml dan qilib, ya’ni 0,4 ml —8,3% li xlorid kislotani 100 gacha suyultirib 120°S — 8 min sterilizatsiyalab tayyorlanadi. Bunday turg’unlashtiruvchilarni saqlash muddati 45 kungacha.
    Kuchli asos va kuchsiz kislota, kuchsiz kislota va kuchli asosdan tashkil topgan tuzlardan in’eksion eritmalar tayyorlash
    Kuchli asos va kuchsiz kislotadan tarkib topgan tuz (natriy kofein benzoat, natriy nitrit, natriy tiosulfat va boshqalar) eritmalari uchun stabilizator sifatida ishqor eritmalari ishlatilishi mumkin.
    Rp: Sol. Coffeini - natrii benzoatis 10% - 50 ml

    Sterilisetur!

    D.S. 1 ml dan teri ostiga yuboriladi.

    Pasporti: Koffein benzoat natriy 0,5 g

    Natriy gidrooksid eritmasi 0,2 ml

    1000ml-4ml

    50ml-X


    In’eksiya suvi- 50ml

    Vum = 50 ml


    YUqoridagi retsept kuchli asos va kuchsiz kislotadan tashqil topgan tuz eritmasiga misol bo’ladi. XI DF si talabiga binoan eritmani tayyorlashda stabilizator sifatida bir litr eritmaga 0,1 M natriy ishqoridan 4 ml qo’shiladi. Bu retsept buyicha 0,2 ml natriy gidroksid eritmasi kushamiz. Eritmaning rN ko’rsatkichi 6,8—8,0 oraligida bo’ladi. Eritma 120°S da 8 daqiqa sterillanadi.

    Alkaloid va sintetik azot asos tuzlari eritmasi (morfin gidroxlorid, strixnin nitrat, novokain va b.) qadoqlanadigan shishaning ishqoriy muxiti ta’sirida gidroliz, fenol guruhining oksidlanishi, murakkab efir boglarining sovunlanishi kabi reaksiyalarga uchraydi. Bu eritmalarni 0,1 M li xlorid kislotasi qo’shib turg’unlashtiriladi.


    Rp: Sol Dibazoli 1%—10 ml

    Sterilisetur!

    D.S. 50 flakon.

    Steril ulchov kolbasiga aseptik sharoitda tortib olingan 5 g dibazol solinadi. Ustiga in’eksiya uchun ishlatiladigan suv, 5 ml 0,1 M li xlorid kislota eritmasi solib eritiladi va eritma hajmi 500 ml ga etkaziladi. Tayyor eritma steril filtr orqali hajmi 10 ml li idishlarga qadoqlanadi. Idishning og’zi rezina tikin va alyumin qopqoq bilan zich qilib berkitiladi. Mexaniq zarrachalar bor-yukligi tekshirilib, so’ng avtoklavda 120°S haroratda 8 daqiqa sterillanadi. YAna mexaniq zarrachalar bor-yukligi tekshirilib, tegishli yorliq epishtiriladi. Eritmani saqlanish muddati korongi va salqin erda 60 kun.

    XI DF buyicha, in’eksiya dori turlariga steril suvli va suvsiz eritmalar, suspenziyalar, emulsiyalar, yuborishdan oldin steril erituvchida eritiladigan quruq va qattiq moddalar (poroshoklar, govak massalar va tabletkalar) kiradi.

    Dorivor moddalarni erituvchisi sifatida DF va normativ texnik xujjatlar talablariga javob beruvchi in’eksiya uchun suv, o’simlik moylari, etiloleat ishlatiladi. Kompleks erituvchi tarkibida esa etil spirti, glitserin, propilenglikol, polietilenoksid 400, benzilbenzoat, benzil spirti va boshqa erituvchilar ishlatiladi. In’eksiya uchun ishlatiladigan suv XI DF ga asosan tozalangan suvga quyilgan talablardan tashkari apirogen bo’lishi kerak (FS 42 o’z - 0512 - 2002).

    Bu suv aseptik sharoitda tomchilarni ushlab qoladigan maxsus separator urnatilgan distillyasion apparat yordamida olinadi.

    In’eksiya uchun ishlatiladigan suv va in’eksion eritmalarning pirogenligini tekshirish XI DF, 2-tomining, 183 betida keltirilgan «Pirogenlikka tekshirish» maqolasiga kura olib boriladi.


    In’eksion eritmalarga qo’yilgan talablar
    In’eksion dori turlariga XI DFsi tomonidan qo’yilgan umumiy talablar quyidagilardan iborat: 1) absolyut tozaligi va apirogenligi; 2) dorivor preparatlar va yordamchi moddalar (stabilizator, solyubilizator, konservant va boshqalar) ning yuqori sifatliligi; 3) turg’unligi; 4) sterilligi. In’eksion eritmalar (chin eritmalar) da mayda zarrachalar bo’lishi DF ning "Suyuqliklarning tinikligi va loyqaligi darajasini aniqlash" usuli bo’yicha aniqlanadi. In’eksion eritmalar agar rangli bo’lsa, XDF sida ko’rsatilgan rangli eritmalar etalonlari bilan solishtiriladi.

    In’eksion eritmalar izotonik eritma (ba’zan gipertonik eritma) holida tayyorlanadi. In’eksion eritmalarning ba’zi turlari (izotonik eritmalar, kon o’rnini bosuvchi va shokka qarshi beriladigan suyuqliklar) ga asosiy dorivor modda qo’shilgandan so’ng ularning izotonikligi, buferligi, yopishkokligi va boshqa fizik-kimyoviy hamda biologik xossalari tekshirib ko’riladi. Suspenziya va emulsiyalarni in’eksiya kilish uchun XD F talablariga ular gomogenligi va ultradispersligi jixatdan javob berishi kerak. Suspenziyaning gomogenligini tekshirish uchun uni 35±01°S gacha qizdirib, so’ng 30 soniya chayqatib turiladi. Bunda suspenziya 3 daqiqa ichida tashqi ko’rinishi bo’yicha o’zgarmasligi kerak (agar boshqacha ko’rsatma bo’lmasa). Kolloid eritmalar, suspenziya va emulsiyalarning loyqaligi XDF ning "Suyuqliklarning tinikligi va loyqaligi darajasini aniqlash" yordamida aniqlanadi. qabul qilinishidan oldin eritib ishlatiladigan (kukun holidagi) in’eksion dorivor moddalar ham in’eksion eritmalarga qo’yilgan barcha talablarga javob berishi zarur. Agar maxsus ko’rsatma bo’lmasa kukun eritilgandan so’ng tayyor in’eksion eritma 3 daqiqadan ortiq saqlanmasligi kerak. Foizda berilgan dorivor modda yoki boshqa ingredientlar konsentratsiyasi og’irlik hajm bo’yicha tayyorlanadi. YOrdamchi moddalar va ularning konsentratsiyasi dorilar tarkibida ko’rsatilgan bo’ladi.




    IN’YEKSION DORILAR TEXNOLOGIYASI

     

    In’eksion dorilar yuborilish joyiga qarab, bir-biridan farqlanadi. 1. Teri ichiga (injectiones intracu­taneae). Bunda juda oz miqdordagi (0,2-0,5 ml) suyuqlik terining tashqi (epiderma) va ichki (derma) qavatlari orasiga yuboriladi. 2. Teri ostiga (injectiones subcutaneae). Bunda oz miqdordagi (1-2 ml) suyuqlik (muskullar orasiga) tomir va nerv tolalari kam joyga yuboriladi. Dorivor moddalar limfatik tomirlar orqali so’rilib kon aylanish sistemasiga tushadi. 3. Muskul orasiga (injectio­nes intramusculares). Oz miqdordagi (1-2 ml) suyuqlik muskul orasiga yuboriladi. Dorivor moddalar limfatik tomirlar orqali so’riladi. 4. Vena kon tomirlari ichiga (injectiones introvenosae). Bunda suvli eritmalar 1-500 ml miqdorda venaga yuboriladi. Ko’pgina dori eritmalar venaga sekinlik bilan (10-15 minut ichida 1 l), ko’pincha tomchilab (kanyula orqali har daqiqada 40-60 tomchi) yuboriladi. 5. Arterial kon tomirlarning ichiga (injectiones intraarachoid ales). Bunda dori eritmalar asosan son yoki elka arteriyasiga yuboriladi. 6. Orqa miya kanaliga (injectiones intraarhraid). 1-2 ml dorivor modda III-IV-V orqa umurtkaning yumshoq va pautin qavatlari orasiga yuboriladi. Dori moddalarni in’eksiya holida yuborish bir qancha afzalliklarga ega: 1) dori moddaning juda qisqa vaqt ichida ta’sirining yuzaga chiqishi; 2) me’da-ichak yo’li hamda jigarning dori moddani parchalovchi fermentlari ta’sirining yo’kligi; 3) ta’m bilish va me’da-ichak yo’li azolarining dori modda ta’siridan mustasnoligi; 4) dori moddaning to’liq so’rilishi; 5) dozalarga ajratishning osonligi va aniqligi; 6) bemor xushsiz yotganda ham dorivor moddani yuborish mumkinligi; 7) ko’p miqdorda kon yo’kotilganda ham konni har xil kon o’rnini bosuvchi suyuqliklar bilan almashtirish mumkinligi.

    Xozirgi zamon dorixatida in’eksion dorilar yuqori o’rinlardan birini egallaydi. Davolash muassasalarining dorixonalarida in’eksion dori turlari umumiy dorixatning 30-40% ini tashqil etadi. Dori moddalarni in’eksiya kilish uchun shprits va uning ninasi asosiy kurol bo’lib, ular 170 yildan beri xizmat kilmokda. Lekin shprits ham bir qancha kamchiliklardan holi emas, ishlab-chiqarish koeffitsientining pastligi, tez-tez va o’zok vaqt sterillanishi, qisqa vaqt ichida yaroksiz holatga kelishi va boshqalar.

    DORIXONA SHAROITIDA ISHLAB CHIQARILADIGAN IN’YEKSION DORILAR
    I. ERITISH. In’eksion eritmalar og’irlik hajm usulida tayyorlanadi. SHu sababli dorixonada har xil hajmdagi o’lchamli kolbalar bo’lishi kerak. Eritish jarayoni quyidagicha o’tkaziladi: kerakli miqdordagi dorivor modda o’lchov kolbasiga solinadi, bir qism suvda eritiladi, so’ngra eritma hajmi erituvchi bilan belgisigacha keltiriladi. Bunda silindrlar va menzurkalar,aniq o’lchov asboblari qo’llaniladi. In’eksion eritmalarni tayyorlashda o’lchov kolbalari bo’lmagan holda ham og’irlik hajm konsentratsiyasi bo’yicha tayyorlanadi. Bunda eritmalar suv miqdorini hisoblab to’grilash bilan (eritish uchun kerak bo’lgan suv miqdori hisoblanib) eritma og’irligi bo’yicha tayyorlanadi. Dorivor modda va suv og’irlik bo’yicha eritmaning zichligiga qarab tortib ham olinishi mumkin.

    In’eksiya uchun ishlatiladigan eritmalar tashqi yot moddalardan mutlako holi bo’lishi kerak,aks holda venaga yuborilganda emboliya paydo qiladi (kapilyarlarning tiqilib kolishi). SHuning uchun suspenziyalar faqat muskul orasiga yuboriladi. Moyli eritmalarni ham (masalan: kamfora moyi) moyli emboliyadan saqlash uchun filtrlashga kulay, oliy navli ishqoriy tuzlardan tozalangan filtr kogozlari ishlatiladi. Voronka bo’gziga bir bo’lak o’zun tolali paxta chimdimi qo’yiladi. Eritmalar koida bo’yicha ikki marta filtrlanadi. Oz miqdordagi in’eksion eritmalarni filtrlash uchun uchinchi o’lchamdagi shisha filtrlar ishlatish kulaydir (teshiklarini diametri 15-40 mkm). In’eksion eritmalarni shisha filtrlardan keng filtrlash muammosini xal etishda “Texnolog” eksperimental zavodida ikkita konstruksion kurilma ishlab chiqilgan. Statsionar turdagi apparat (43-rasm) ikkita cho’yan taglikdan iborat (1), traverziyga ulangan (2), metall fanelga (3) to’rttalik vakuumli ballon (4) bilan maxkamlangan. har kaysi ballonning asosida teshiklar bo’lib bu teshikcha asosan 4—5 mm chikib turadigan ximoya naychasi payvand qilingan, unga filtr bilan birlashtiriladigan trubka qo’yiladi. Filtr­ni birlashtiruvchi trubkasi kotirilganda germetik holat hosil kilish uchun qopqog’i markaziga rezina prokladka shtutser va kotirish gaykasi (6) o’rnatilgan.





    1.30.-rasm Statsionar turdagi eritmalarni filtrlash kurilmasi sxemasi.

     

    Kamera qopqog’ida kran bo’lib, u vakuum sistemani o’chirish uchun ishlatiladi. Vakuum ballon tagiga rezina yopishtirilgan. Filtrlash qaytar shisha filtrlar (9) orqali o’tkaziladi. Filtrlangan eritma quyiladigan 3-5 litrli bankaga (12) filtrlab joylashtiriladi. Banka qopqoq bilan berkitiladi va polietilen trubka (7) orqali vakuum-ballon bilan biriktiriladi. Panelni orqa qismidan vakuum taksimlagich trubka o’tadi. U (8) nasos va vakuum kamera bilan rezina trubka yordamida biriktiriladi. Filtrlangan eritma idishni vakuum ballonga qattiq kisilgan holatda yigib olinadi, bu eks­sentrikli kiskich (13) va echuvchi prujina (11) yordamida sozlanadigan ko’tariluvchi stolchada o’tkaziladi. Aylanma turdagi apparat (35-rasm) tik ustun podshipnikda aylanadigan asosdan tuzilgan, kronshteynlar ustunga payvand­langan ko’taruvchi stollar.






    Download 1,18 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




    Download 1,18 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm Apirogen suv olish apparati – AA - 1

    Download 1,18 Mb.